10. O‘zgaruvchilar bo‘limi
Har qanday programmada o‘zgaruvchilar deb ataluvchi programma ob’ektlaridan foydalaniladi. O‘zgaruvchi - qiymat qabul qiluvchi ob’ektdir. Ularga qiymat programmani bajarilishi davomida beriladi. Har bir o‘zgaruvchiga uni qabul qiladigan qiymati va vazifasiga qarab ismlar beriladi. SHunday qilib, o‘zgaruvchi o‘zining nomi va qabul qiladigan qiymati bilan xarakterlanadi.
Programmada ishlatiluvchi har bir o‘zgaruvchi o‘zi qabul qiladigan qiymatlarining tiplariga mos holda o‘zgaruvchilar bo‘limida ehlon qilinib qo‘yilishi kerak:
::= Var ;
<ûzgaruvchilar ehloni>::=:
Misol:
Var
n,m,k : integer;
d : real;
x,y : real;
S : boolean;
Programmada ishlatilgan o‘zgaruvchilar faqat bir martagina ehlon qilinishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |