Ma’lumotlar toifalari
Paskal tilida ma’lumotlarning toifalari ikki xil bo’ladi oddiy-skalyar va murakkab. Skalyar toifa o’z navbatida o’zgaruvchi va standart toifalarga bo’linadi. O’zgaruvchi toifaga qayd qilingan va chegaralangan toifalar kirsa, standart toifaga butun - INTEGER, haqiqiy - REAL, mantiqiy - BOOLEAN, xarakter yoki simvol - CHAR toifalar kiradi. Bundan tashqari Turbo Paskalda qator - STRING toifasi kiritilgan. Murakkab toifalarga esa ma’lumotlarning muntazam (massiv), to’plam, aralash (yozuvlar), murojaat va faylli toifalari kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |