VI-BOB. ISTE'MOLCHILAR, ISHLAB CHIQARUVCHILAR VA
BOZORLAR SAMARADORLIGI
8
Iste'molchilar shukronalik kuni ziyofati uchun kurka sotib olish uchun oziq-
ovqat do`konlariga borganda kurkaning narxi ularning hafsalasini pir qilishi
mumkin. Shu o`rinda fermerlar ham o`zlari bozorga olib kelgan kurkalarning
narxlari yanada yuqoriroq bo`lishini istashadi. Bu hech ham xayratlanarli holat
emas: xaridor olayotgan mahsulotini imkon qadar arzonroq sotib olishni istaydi,
sotuvchilar esa ularning maxsuloti bundan ham qimmatroq narxda sotsa bo`ladi
deb o`ylashadi. Lekin bu o`rinda kurkaning rosmana narxi qanday bo`lishi
kerakligi haqida jamiyatda qanday mulohazalar mavjud?
Avvalgi boblarda biz bozor iqtisodiyoti, talab va taklif darajasi tovarlar va
xizmatlar narxini va miqdorini belgilab berishini ko`rib chiqqan edik. Shuningdek,
biz bozorlarda noyob resurslarini taqsimlashni istak - xohishga asoslanmagan
holda taqsimlanishi yo`lini tasvirlab bergan edik. Boshqacha aytganda, bizning
tahlillarga ko`ra, bu holat qoida asosida (nima bo`lishi kerak,) emas, balki tabiiy
(nima) bo`ldi. Biz kurkaning narxi kurkaga bo`lgan talabga mos ravishda taklifni
ta'minlashga moslanganligini bilamiz. Biroq, bu muvozanatda tayyorlangan kurka
va iste’mol miqdori ozmi, ko`pmi yoki tengmi?
Bu bobda biz farovon iqtisodiyot mavzusini muhokama qilamiz, bu holat
mavjud zahiralarni taqsimlash qanday qilib iqtisodiy farovonlikka ta'sir qilishini
o`rganamiz.
Biz
bozor
jarayoni
ishtirokchilari bo`lgan
xaridorlar va
sotuvchilarning foydalarini o`rganamiz. Undan so`ng bu jarayonda jamiyat
qanchalik ko`p foyda olishi mumkinligini tahlil qilamiz. Bu tahlil quyidagi
xulosaga olib keldi: bozorda talab va taklif muvozanati xaridorlar va
sotuvchilardan qabul qilinadigan umumiy foyda miqdorini yuqori darajaga
oshiradi.
Iqtisodiyotning 10 tamoyillaridan biri, 1-bobni eslasangiz, bozorlar, odatda,
iqtisodiy faoliyatini tashkil etishning eng yaxshi yo`lidir. Farovon iqtisod ta’limoti
8
Ushbu bob G. Menkyuning “Mikroiqtisodiyot tamoyillari” (N. Gregory Mankiw “Principles of Microeconomics” 7 e.)
kitobining VII bobi asosida tayyorlangan.137-159 bet
94
bu tamoyilni to`liq tushuntiradi. Bu, shuningdek, kurkaning mos narxlari haqida
bizning savolga javob beradi: talab va taklifning muvozanatidagi narx keng
ma'noda, kurkaga qo`yilgan eng munosib narx, chunki u kurka iste'molchilari va
kurka yetkazib beruvchilarning umumiy farovonligini eng yuqori darajaga olib
chiqadi. Kurka iste'molchilari va kurka yetkazib beruvchilar bu maqsadga
erishishganini aytishadi, lekin ularning hamkorlikdagi harakatlarini go`yoki
ko`rinmas qo`l nazorati ostidagi bozor narxi tomonidan boshqariladi va bu harakat
ularni farovonlikni-maksimallashtirish natijasiga qarab yo`naltiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |