mumkinligini biladi va har bir sotuvchi uning mahsuloti boshqa sotuvchilarning
mahsulotlari bilan bir xilligini anglaydi. Natijada, har bir muzqaymoq narxi va soni
birgina xaridor yoki sotuvchi bilan aniqlanmaydi. Aksincha, har bir muzqaymoq
narxi va soni barcha sotuvchilar va xaridorlarning o`zaro ta’siri bilan aniqlanadi.
ishlatadilar. Har bir sotuvchining narx bilan nazorat qilishi cheklangan, chunki
bo`lgan mahsulot bilan savdo qilishadi. Sotuvchida narxni pasaytirishga asosli
sabab yo`q, ammo u kishi narxni birdan ko`tarsa, xaridorlar mahsulotni boshqa
joyda xarid qiladilar. Taqqoslab aytganda, biron bir xaridor narxga o`z ta’sirini
ko`rsata olmaydi, chunki ulardan har biri arzimas sonda mahsulotni xarid qiladi.
31
Bu bobda biz shartli ravishda barcha bozorlarni raqobatdosh deb hisoblaymiz.
Bu yuqori shaklga erishish uchun bozor ikkita xususiyatga ega bo`lishi kerak: 1)
savdoga taklif qilingan mahsulotlar bir xil bo`lishi shart; 2) sotuvchi va
xaridorlarni soni shunchalik ko`p bo`lishi kerakki, ular narxga hech qanday ta’sir
ko`rsatishlari kerak emas. Har bir sotuvchi va xaridor mutlaqo raqobatdosh bozor
o`rnatgan narxni qabul qilishga majbur bo`lgani uchun, ular narxga o`z ta’sirini
ko`rsatmaydigan, iqtisodiyot sub’ektlari deb ko`riladi. Bozor narxiga xaridorlar
xohlagan narsasini sotib oladilar, sotuvchilar esa xohlagan narsasini sotadilar.
Ba’zi bir bozorlarni mutlaqo raqobatdosh deb hisoblash maqsadga
muvofiqdir. Masalan, bozorda minglab bug’doy sotuvchilari va uning minglab
xaridorlari mavjud. Ular jiddiy ravishda narxga o`z ta’sirini ko`rsatmasligini
hisobga olgan holda, bozorning har bir ishtirokchisi narxni qanday bo`lsa
shundayligicha qabul qilishga majbur.
Ammo, barcha tovar va xizmatlar ham raqobatdosh bozor sharoitda
sotilmaydi. Ba’zi bozorlarda faqat bitta sotuvchi mavjud va u narxni aniqlaydi.
Bunday sotuvchi monopolist deb nomlanadi. Misol uchun, sizning mahalliy kabel
telekompaniyasi monopolist bo`lishi mumkin. Sizning shahringizda istiqomat
qiluvchilar shu xizmatni taqdim qiladigan faqat bitta kabel telekompaniyasi
mavjud bo`lgani uchun uni tanlashlari mumkin. Lekin boshqa bozorlar mutlaqo
raqobatdosh bozor va monopoliya orasida joylashgan.
Dunyo bozorlari ko`p ko`rinishga ega bo`lganiga qaramay, barcha bozorlarni
mutlaqo raqobatdosh bozor deb hisoblash qulay soddalashtirishdir. Mutlaqo
raqobatdosh bozorni tahlil qilish osondir, chunki uning har bir ishtirokchisi bozor
sharoitida narxni qanday shakllashtirsa, shunday qabul qiladi. Shuni aytib o`tish
lozimki, har bir bozorni qaysidir ma’noda raqobatdosh deb hisoblasa bo`ladi, shu
yo`lda biz mutlaqo raqobat sharoitida talab va taklifni o`rganishdan kelib chiqqan
xulosalarni murakkabroq bozorlarga ham qo`llashimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: