Ilk qadam
Kecha-yu kunduzi duoda qo‘ling,
Ko‘zlaringdan oqqan yoshlar namida
Dengiz bo‘lar sahro bo‘lganda yo‘ling.
QALB O‘KINCHI
Yuragimni chulg‘ar firoq, dard, alam
O‘kinchdan baqirgim kelar erinmay.
Shu onlar qo‘limga olaman qalam
Dardlarim yozaman qog‘ozga tinmay.
Yagona dardkashim shu qog‘oz-qalam,
Yurakdagi barin shunga etdim jo
Ko‘zimga qorong‘u, hattoki olam
Azoblar ichimni qildiku ado.
Dard buncha shavqatsiz, alamli dunyo,
Hayot zarbalari bunchalik qattiq.
Meni azoblaydi bundayin g‘avg‘o
Yana ne qilayin bundan ham ortiq.
Sig‘mayman ba’zida keng bu olamga,
Ojizman, go‘yoki muzlagan tanam,
Parvo qilmas hech kim mening nolamga,
Achinadi faqat mushtipar onam.
* * *
Allohdan o‘zga bir do‘stim yo‘q mening,
O‘ylamang sira kam-ko‘stim yo‘q mening.
Siqilmang sizda hech qasdim yo‘q mening
“Dardimni ichimga yutib yashayman”.
Gar kulsam hasaddan g‘amga botasiz,
Haq bo‘lsamda tuhmat toshin otasiz.
Pul uchun vijdonni pulga sotasiz,
“Dardimni ichimga yutib yashayman”.
Hayotim zulmatdir, bardoshim chiroq,
119
Ilk qadam
Matonat mevasi bo‘lar totliroq.
Yoningizda kulib turaman, biroq,
“Dardimni ichimga yutib yashayman”.
Sabrimning nomini kuchsizga yo‘ymang
Andisham otini qo‘rqoq deb qo‘ymang.
Parvoyi falak deb siz sira kuymang
“Dardimni ichimga yutib yashayman”.
Bemorligimda hech yo‘qlab kelmaysiz,
Savlatli onimda yondan jilmaysiz.
Aslida siz buni aslo bilmaysiz
“Dardimni ichimga yutib yashayman”.
MEN SIZNI…
Ortimdan har xil gap, g‘iybat qilganlar,
Ko‘zimga tik boqib qalbim tilganlar.
Gar xato qilganda ordan kulganlar
Eshiting, men sizni Allohga soldim…
Sizni suydim Alloh uchun do‘stim deb,
Sizchi yashadingiz pul g‘amin yeb.
Dunyo abadiymas chiranmang hadeb,
Eshiting, men sizni Allohga soldim…
Kamsitdingiz ko‘p ichida ko‘rganda,
Gerdaydingiz ko‘cha-kuyda yurganda.
Dushmanim o‘ch ol deb aytib turganda,
Eshiting, men sizni Allohga soldim.
Yurak azob chekar, eslasam e-voh
Lek qasos olmadim, qilmadim gunoh,
Tepamda, tepamda turibdi panoh,
Eshiting men sizni Allohga soldim...
120
Ilk qadam
Yo‘ldosheva Dildora Sunnatulla qizi 2004-
yil 23-oktabrda Samarqand viloyati Past-
darg‘om tumani Temur Xo‘ja mahallasida
tug‘ilgan. Tumandagi 69-umumiy o‘rta ta’lim
maktabi 9-sinf o‘quvchisi. Samarqand yosh
ijodkorlar Kengashi a’zosi.
BAHOR
Qani-qani kel, bahor,
Senga farzand bo‘lgim bor.
Chuchmoma, yalpiz, jag‘-jag‘
Ne’matingdan tergim bor.
Qani-qani kel, bahor,
Eriy qolsin so‘nggi qor.
Navzo‘zning nafasidan
Yashnasin ozod diyor!
DO‘STLAR
Shunday do‘stlar bordir dunyoda
O‘z do‘stiga jonin beradi.
Shundaylar bor do‘stin kamsitar,
Davralarda ko‘krak keradi.
Yomonlarda nima qilsin or,
Yaxshilarning qalbida bahor.
Yomon odam keltirar nafrat,
Yaxshilikka intil sen faqat.
Yaxshilarga aytamiz rahmat,
Deydi doim o‘rtog‘im Ahmad.
Yomonlarga berar maslahat,
“Yaxshilikka ergashing faqat”.
121
Do'stlaringiz bilan baham: |