Ona tarbiyasi: roman va hikoyalar / Aziz Nesin



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/69
Sana30.12.2021
Hajmi1,29 Mb.
#98255
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69
Bog'liq
2 5328110383288813878

AMERIKANI QURGAN ME’MOR
Qadrdon do‘stim Zaynab!
Xatingni olib, juda xursand bo‘ldim. Yashavor. 
Ochig‘ini aytsam, Anqaraga borgandan keyin bizni 
esdan chiqarib yuborasan, deb o‘ylagandim. Xa­
tingni sinfdagi hamma bolalarga o‘qib berdim. Toza 
xursand bo‘lishdi. Hammalari senga salom aytishdi.
Men ham so‘zimning ustidan chiqaman. Bu yer­
da yuz beradigan muhim voqealar haqida senga al­
batta yozib turaman.
Sen Anqaraga ko‘chib ketganingdan keyin men 
qiziq bir hodisaning guvohi bo‘ldim. Hozir senga 
shuni hikoya qilib beraman.
O‘qituvchimiz bir kuni ertalab sinfga hovliqib 
kirib keldi­da, bizni tekshirgani inspektor kelayot­
ganmish, dedi. O‘qituvchining rang­ro‘yini ko‘rib, 
bizni battar qaltiroq bosdi.
O‘sha kuni eshitsak, inspektor qo‘shni maktab­
larda ham bo‘lgan ekan. U yerda nima ishlar qilgani­
ni darrov tanish bolalardan surishtirib, bilib oldik. 
Ma’lum bo‘lishicha, u to‘g‘ri sinfga kirib borarkan­da, 
o‘qituvchiga doskaga biror masala yozib, o‘quvchilar­
ga yechishni buyurarkan. Shundan keyin o‘qituvchi­
ga aytib, bolalardan diktant oldirarkan. Diktantlarni 
yig‘ishtirib, shaxsan o‘zi tekshirib chiqarkan. Oxiri 
u savol­javobga o‘tarkan. Nima savol berishini ham 
bilib oldik. So‘raydigan narsalari shu ekan: «Amerika 
qachon kashf etilgan?», «Eng sevgan odaming kim?», 
«Istanbulni kim zabt qilgan?», «Sulaymoniya machi­
tini kim qurgan?»
O‘qituvchimiz bizga yangi daftar tutishni buyur­
di. Shundan keyin u doskaga qiyin bir masalani 
yozib, shu yerning o‘zidayoq uni o‘zi yechdi­da:


8
Aziz Nesin
– Mana endi buni yaxshilab ko‘chirib olinglar, – 
dedi.
Masalani yechimi bilan boplab ko‘chirib oldik. 
O‘qituvchimiz uni o‘chirib, o‘rniga she’r yozdi.
– Buniyam aynan ko‘chirib olinglar!
Yana aytganini qildik. Shundan keyin u ham­
maning daftarini ko‘rib berdi. Xatolari bo‘lsa, tu­
zatib chiqdi.
– Bolalar, janob inspektor sinfimizga kirsa, men 
sizlarga mana shu masalani berib, shu she’rni dik­
tantga yozdiraman, – dedi u oxiri.
Buyog‘idan ko‘ngli xotirjam bo‘lgach, o‘qituv­
chimiz masalaning ikkinchi tomoniga o‘tdi.
– Endi ba’zi savollarga beriladigan javoblar bilan 
tanishib chiqamiz. Inspektor janoblari nimani so‘rab 
qolsa, shuni sharillatib javob berishingiz kerak.
Biz savol­javoblarni yodlashga o‘tdik.
– Amerika qachon kashf etilgan? Butun sinf 
baravariga guvillaydi:
– 1492­yilda.
– Sen uchun eng aziz odam kim?
Bu savolga har kim har xil javob bergani uchun 
sinfda qiy­chuv ko‘tarildi. Ba’zilar Otaturkning nomi­
ni aytishsa, qolganlari oyisi bilan dadasini tilga oladi.
O‘qituvchimiz keyingi savolga o‘tadi:
– Istanbulni kim zabt qilgan? 
Darhol javobni yopishtiramiz:
– Sulton Mehmed Fotih!
– Sulaymoniya machitini kim qurgan?
Hali u so‘rab ulgurmasdanoq, sharillatib javob 
beramiz:
– Me’mor Sinon.
Savol­javoblarni yodlashga ikki kun vaqtimiz 
ketdi. O‘qituvchimiz har ikki gapning birida: 


9
«Ona tarbiyasi»
«Javoblarga ehtiyot bo‘linglar, tag‘in adashib­netib 
o‘tirmanglar», deb ogohlantirib qo‘yardi.
Hammasini qoyillatib yodlab oldim. Javoblarni 
bir safga tizib, o‘zimcha qaytaraman: «1492. Da­
dam. Sulton Mehmed Fotih. Me’mor Sinon. 1492. 
Dadam. Sulton Mehmed Fotih. Me’mor Sinon. 
1492. Dadam...»
Azbaroyi bular miyamga qattiq o‘rnashib qol­
ganidan yurgan yo‘limda pichirlab gapiradigan 
odat chiqaribman.
– Ha, o‘g‘lim, tobing yo‘qmi? – so‘rab qoldi oyim 
bir kuni ertalab.
– Yo‘q, tuzukman.
– Hayronman. Tuni bilan «1942, dadam, sul­
ton Mehmed Fotih, me’mor Sinon...» deb alahlab 
chiqding.
Biz kutgan inspektor o‘sha kuni erta bilan sinf­
ga kirib keldi. O‘zing bilasan­ku, menda hovliqish 
odati yo‘q. Lekin o‘sha kuni nimagadir ichimdan 
titroq kelib, yuragim hapriqib ketaverdi. Balki 
o‘qituvchimizning ahvolini ko‘rib, shunday bo‘lgan­
dirman. Boyoqishni qaltiroq bosib, qo‘li titrayot­
ganini birinchi marta o‘shanda ko‘rdim.
– Qani, o‘quvchilarga diktant yozdiring­chi! – 
dedi inspektor.
O‘qituvchimiz bizga ma’lum bo‘lgan she’rni 
diktant qila boshladi. Bolalar uning aytganini 
yozayotgandek bo‘lib, ruchkalarini jo‘rttaga qitirla­
tib qo‘yishardi. Vaholanki, bu diktant daftarimizga 
allaqachon bexato ko‘chirib qo‘yilgan edi.
Diktant tugagach, inspektor daftarlarimizni bir­
ma­bir tekshirib chiqdi. Birortamizdan ham zarra­
cha xato topolmadi.
– O‘quvchilarga yaxshi saboq beribsiz, tashak­
kur! – dedi u boshi osmonga yetib.


10

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish