h ok im iyatin in g
qonun chiqaruvchi va vakillik organi sifatida aksariyat
Yevropa mamlakatlarida konstitutsiyaviy jihatdan m ustahkamlandi. Bu
davrga kelib, qonun m am lakat aholisi yoki uning k o ‘pchilik qismi
u m u m iy
suveren irodasining ifodalanishi sifatida tushunila boshlandi va
unga
huqUqning
asosiy manbasi sifatida qarala boshlandi. Jumladan,
Inson va fuqaro huquqlari deklaratsiyasining
6 -m o d d a sid a
(1789-y.)
qonun - uni tuzishda shaxsan yoki o ‘z vakillari vositasida ishtirok etish
h uquqiga
ega bo‘lgan fuqarolam ing umumiy suveren irodasining
ifodalanishi degan prinsip m ustahkamlab q o ‘yildi.
XIX asr oxiri - XX asrda G ‘arbiy Yevropa olimlari o‘rtasida
qonunni dualistik talqin etish rivojlandi. Qonun davlatning qonun
chiqaruvchi hokimiyati akti sifatida emas, balki umuman davlat
hokimiyatining um um iy m e’yorlar xarakterini kasb etuvchi akti sifatida
amal qila boshladi. Rasmiy m a’noda qonun davlat hokim iyatining ijroiya
va qonun chiqaruvchi organlari tomonidan chiqarilgan har qanday
aktlarini o ‘z ichiga oldi. Bu bilan ijroiya va qonun chiqaruvchi organlar
o'rtasida tenglik, hattoki ijroiya hokimiyatni qonun chiqaruvchi
hokim iyatga
nisbatan
birinchiligi
asoslana
boshlandi.
Qonun
hodisalam ing cheklanm agan miqdorini nazarda tutgan huquq m e’yori,
umumiy qoida sifatida baholandi: huquq m e’yori hokim iyat organlari
irodasining to ‘g‘ridan to ‘g ‘ri ifodasini tashkil etadi: bu iroda belgilangan
tartibda ifodalanishi zarur.
M a’lumki, huquqiy davlat - m amlakatda yaqin davrdan buyon
muom alaga kirgan tushuncha hisoblanadi. Albatta, bu tushunchani
nihoyatda qisqacha ifodalaganda davlat huquqqa bo‘ysunishi zarur. Bu
amalda umuminsoniy qadriyatlam ing sinfiy qadriyatlardan ustunlik
qilishini anglatar edi. Chunki huquqiy davlatda davlat ustidan huquqning
hukmronligiga amal qilinadi.
Shuningdek, jam iyat hayotining barcha sohalarida qonun ustunligi,
hokimiyatlaming bo‘linishi, fikrlar plyuralizmi, oshkoralik, sudning
yuqori roli, fuqarolar va davlatning o‘zaro m as’ulligi taqozo etiladi.
Faqat ko‘rsatilgan belgilam ing mavjudligi va keng rivojlanganligi
sharoitidagina huquqiy davlatni shakllantirish to ‘g‘risida so 'z ketishi
mumkin.
Huquq ustunligi ikkita jihatning o 'zaro birikuvini taqozo etadi:
1) institutsiyaviy-huquqiy (davlat hokimiyati tizimini huquqiy
tashkil etish shaklida);
2) m e’yoriy-huquqiy (huquqiy qonunning ustunligi ko'rinishida).
Lekin davlat bilan huquqning o 'zaro aloqalari ancha murakkab
kechadi. Bir tomondan, huquqni obyektivlashtirishning asosiy yo'li
qonun - davlat akti orqali o'tadi. Davlat bir vaqtning o'zid a sud, tergov
boshqa organlar tizimi orqali huquqiy ko'rsatm alam i amalga oshirishni
ta’minlaydi. Davlat bu yo'l bilan o'zining irodasini, siyosiy manfaatlarini
hayotda amalga oshirishga intiladi.
Huquq bilan qonun o'rtasidagi jiddiy farqlanishlami tahlil etish
asnosida ulardan birinchisining davlat-huquqiy aktlar vositasida o'ziga
xos institutsiyaviy tuzilma xususiyatiga ega bo'lgan, huquq manbasi yoki
huquq shakli deyiladigan ijtimoiy kuchli boMishi va mustaqil qadriyatlari
bilan ajralib turadigan o'zig a xos noyob hodisa ekanligini ko'ramiz.
Yevropa
doktrinasi
huquq
manbalari
tizimida
qonunning
ustunligini rasmiy jihatdan mustahkamlashni va qonun ustunliginining
(hokimiyatlar bo'linishi, sud mustaqilligi, konstitutsiyaviy nazorat)
huquqiy-siyosiy kafolatlari tizimi, shuningdek, qator huquqiy bo'lmagan
sharoitlar (moddiy farovonlikning m a’lum darajasi, ijtimoiy qatlamlar va
sinflam ing
o 'zaro
sivilizatsiyalashgan
munosabatlari,
jamiyat
a’zolarining qanchalik axborotlashganligi) mavjud bo'lishini ko'zda
tutadi.
Mohiyatan, qonun ustunligi konsepsiyasi “sh affo f’ ko'rinishda
(uning an’anaviy tushunchasida) faqat klassik musulmon huquqida
amalga oshirildi. K o'pincha, qonun ustunligi prinsipi e’lon qilingan
huquqiy tizimlarda uning amal qilishi uzoq davom etmasligini ham
ko'rish mumkin. Bu kabi holatlar parlamentning vakolatlarini ijroiya
hokimiyati foydasiga cheklashga moyillik bilan bog'liqdir. Shuning
uchun qonunning huquq manbalari tizimidagi o 'm i k o 'p jihatlardan
parlam ent va hukum at o‘zaro nisbatiga qarab belgilanadi. Shuningdek,
qonun ustunligi prinsipi amal qilishining cheklanishi uning xalqaro
huquq m e’yorlari bilan o ‘zaro aloqalari oqibatida ham ro ‘y berishi
kuzatilgan.
Qonun ustunligi huquqiy davlatning belgisi sifatida shuni
anglatadiki, iqtisodiyot, siyosat, ijtimoiy, m adaniy sohalarda asosiy
ijtimoiy m unosabatlar, umuman, har doim ham nafaqat qonun bilan,
balki oliy organlar qabul qilgan oliy huquqiy hujjatlar bilan ham huquqiy
tartibga solinadigan holatlar ko‘p uchraydi. So'ngra, qonun ustunligi
uning barchaga baravar taalluqli ekanligini (ya’ni qonun talablarining
barcha huquqiy m unosabatlar subyektlariga teng darajada tarqalishini),
butun bir davr ichida va shaxslar doirasida, mamlakatning barcha
hududlarida to ‘la koMamli tarzda amal qilishini anglatadi. Huquqiy
davlatda qonunlar huquqiy tartibga solishga zarurat sezayotgan eng
muhim m unosabatlam i muvofiqlashtiradi. M e’yoriy-huquqiy aktlar
o'zlarining huquqiy kuchiga bog‘liq holda qonunchilik tizimini tashkil
etadi.
Huquqiy (yuridik) kuch - bu mazkur m e’yoriy-huquqiy aktning
bo‘ysunish darajasi, uning huquqiy aktlar iyerarxiyasidagi o ‘midir.
Konstitutsiya oliy yuridik kuchga egadir. Hokim iyatning hech bir
tarmog‘i K onstitutsiyani inkor etish huquqiga ega emas.
Yuridik kuch darajasi bo ‘yicha Konstitutsiyadan keyin qonunlar
turadi. Q onunlar jam iyatning asosiy masalalari bo ‘yicha qabul qilinadi.
Ular bevosita davlatning irodasini ifodalaydi. Barcha qolgan m e’yoriy-
huquqiy aktlar qonunlam i bajarish asosida qabul qilinadi. Qonunlam i
faqat oliy vakillik organi qabul qilishi mumkin. Qonunlar faqat boshqa
qonunlar bilan o'zgarishlarga uchrashi yoki bekor qilinishi mumkin.
Qonunchilik tizim iga qonunlardan tashqari hukumat, vazirliklar va
m uassasalam ing qonunosti hujjatlari kiradi. Ular o‘z kompetensiyalari
doirasidagi, iqtisodiyotning tegishli sohalari ichidagi va hokimiyatning
mahalliy organlari qonunosti aktlariga doir m unosabatlam i tartibga
soladi.
Huquqiy davlat sharoitida qonunlam i individual yoki guruhiy
irodalarining emas, balki umum xalq irodasi sifatida nam oyon bo‘lishini
nazorat qilish tizimi bo ‘lishi taqozo etiladi. Um um insoniy qadriyatlar
talablariga javo b bermaydigan qonunlar ustunligi diktaturani o ‘m atishga
olib kelmasligi uchun nazorat tizimi qonunchilikning saqlanishiga kafolat
berishi, o ‘zboshim chalikka y o ‘l qo ‘ymasligi lozim. Huquqiy davlatda bu
funksiyalar sud tizim iga topshirilgan. Sudlar Konstitutsiyani amal
102
qilishini ta’minlash vositasidir. Ular qonun chiqaruvchi va ijroiya
hokimiyatlari xatti-harakatining qonuniyligini tekshirish huquqiga ega
b o ‘lmog‘i lozim. Am aliyotda sud tizimi kiradigan Konstitutsiyaviy
nazoratning boMishi muhim ahamiyatga egadir. Qonunni adolat
g'oyalariga, um um insoniy qadriyatlar ustuvorligiga, o'zining huquqiy
tabiatiga m uvofiq boMishi uning huquqiy davlat shart-sharoitlari
talablariga javob berishini anglatadi. Qonunni xalqning ko'pchilik qismi
irodasini ifodalashini aniqlashning o ‘ziga xos mexanizmlari mavjud:
jam oatchilik fikrini to ‘liq ifodalash, oshkoralik, so‘z erkinligi. Davlat
amaliyotida saylovlar va referendumlar vositasida o ‘z qonunlarini xalq
irodasi asosida qabul qilinganligini, ulaming huquqiy ekanligini
mustahkamlash tajribasidan keng foydalaniladi.
Qonun ustunligi nafaqat qonunlam ing mazmunini aks ettiradi, balki
davlat, uning organlari va mansabdor shaxslarining ham barcha fuqarolar
bajarishi shart bo'lgan qonunlarga so'zsiz bo'ysunishini ifodalaydi.
Qonun ustunligi m e’yoriy aktlam ing o'zaro ziddiyatlarga kirishishiga
yo‘l bermaydigan m a’lum iyerarxiyasini anglatadi. Qonunlar xalqaro
huquq me’yorlariga muvofiq kelishi lozim. Asosiy qonun (Konstitutsiya)
iyerarxiya pog'onasida bosh b o lish i, boshqa barcha m e’yoriy aktlaming
unga muvofiq boMishi, unga qarshi ziddiyatlarda bo'lm asligi talab etiladi.
Qonun
ustunligi
mamlakat
aholisining
umumiy
irodasini
ifodalashdan tashqari qonunlam i qabul qilish va ularga amal qilish
jarayoni uni boshqa m e’yoriy aktlardan yuqori turishini, huquqning har
qanday tizimida alohida o'ringa ega ekanligini ta’minlashi lozim.
Qonunlam i hurm at qilish, ularga so‘zsiz amal qilish huquqiy davlatning
ajralmas belgisi, barcha luqarolar ongi va xulqining ajralmas qismidir.
O 'zbekistonda qonun ustuvorligi, inson huquq va erkinliklarini
ta’minlay
oladigan
sud
tizimi
mustaqillik
davrida
shakllandi.
0 ‘zbekiston Respublikasida sud tizimi 0 ‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyaviy sudi, 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, harbiy
sudlar, Qoraqalpog*iston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari
bo'yicha sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari bo 'y icha viloyatlar va
Toshkent shahar sudlari, Qoraqalpog*iston Respublikasi, viloyatlar va
Toshkent shahar iqtisodiy va m a’muriy sudlari, fuqarolik ishlari
bo'y ich a tum anlararo, tuman, shahar sudlari, jinoyat ishlari bo'yicha
tum an, shahar sudlari, tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudlari va
tuman, shahar m a’muriy sudlaridan iborat.
0 ‘zbekiston Respublikasida sud 0 ‘zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasi va boshqa qonunlarida, inson huquqlari to ‘g‘risidagi
103
xalqaro hujjatlarda e’lon qilingan fuqarolam ing huquq va erkinliklarini,
korxonalar, m uassasalar va tashkilotlam ing huquqlari ham da qonun bilan
qo ‘riqlanadigan manfaatlarini sud yo‘li bilan him oya qilishga da’vat
etilgan. Sudning faoliyati qonun ustuvorligini, ijtimoiy adolatni,
fuqarolar tinchligi va totuvligini ta ’m inlashga qaratilgandir.
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi fuqarolik, jinoiy va m a’muriy
sud ishlarini yuritish sohasida sud hokim iyatining oliy organidir.
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Q oraqalpog'iston Respublikasi oliy
sudlari, viloyat, shahar, tumanlararo, tum an sudlari va harbiy sudlam ing
sudlov faoliyati ustidan nazorat olib borish huquqiga egadir. 0 ‘zbekiston
Respublikasi Oliy sudi ishlami birinchi instansiya sudi sifatida va nazorat
tartibida ko'radi. U o ‘zi birinchi instansiya sifatida ko‘rgan ishlami
apellyatsiya
yoki kassatsiya tartibida shikoyat berish huquqiga ega
bo'lgan shaxslam ing xohishiga ko‘ra apellyatsiya yoki kassatsiya
tartibida ko'rishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |