Partiyaning markaziy matbuot nashri - “Vatan” ijtimoiy-siyosiy haftalik
gazetasi 2000-yil aprelga qadar faoliyat ko‘rsatdi.
Mamlakatda 0 ‘zbekiston Xalq demokratik va “Vatan taraqqiyoti”
partiyalarining tashkil topishi bilan bir partiyaviylik tizimiga butunlay
barham berildi. Shuningdek, jamiyatdagi ijtimoiy qatlamlaming qonun
chiqaruvchi hokimiyatdagi manfaatlarini ifoda etadigan siyosiy oqimlar
va tashkilotlar shakllandi. 0 ‘zbekiston Konstitutsiyasidagi demokratik
tamoyillar, shuningdek, amalga oshirilgan huquqiy va siyosiy islohotlar
mamlakatda yangi partiyalaming tuzilishiga keng imkoniyatlar yaratib
berdi. 2000-yilning aprel oyida “Vatan taraqqiyoti” partiyasi “Fidokorlar”
Milliy Demokratik partiyasi bilan birlashdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |