5. Do‟konda 7 xil ko‟ylak, 5 xil shim va 4 xil galstuk sotiladi. Komplektni
necha xil usulda tanlab olish mumkin? (140)
6. A shahardan B shaharga 2 ta yo‟l, B shahardan C shaharga 5 ta yo‟l,
C shahardan D shaharga esa 3 ta yo‟l o‟tkazilgan bo‟lsa A shahardan
D shaharga necha xil usulda borish mumkin.
Javob: 30
7. Beshta yo‟lovchi uchun poyezdning 10 ta bo‟sh vagonlaridan birida ketish
imkoniyati bor. Agar yo‟lovchilar o‟zlari istagan vagonlarda ketishi mumkin
bo‟lsa ular vagonlarga necha xil usulda joylashishlari mumkin? (100000)
8. Do‟konda 5 xil daftar, 10 xil ruchka va 17 xil kitob sotiladi.
a) Necha usul bilan kitob va ruchka sotib olish mumkin? (170)
b) Necha usul bilan kitob, daftar va ruchka sotib olish mumkin? (850)
c) Necha usul bilan ikki turli nomli o‟quv qurollari sotib olish mumkin?
(305)
Do'stlaringiz bilan baham: |