Foyda
Foyda - [korxona], pul daromadlaridan
sarflangan barcha [xarajat]lar chiqarib
tashlangandan keyin qolgan qismiga
aytiladi. Korxonalarda tovar va
xizmatlarni sotishdan olingan mablagʻlar
ularning pul tushumlari yoki pul
daromadlari deyiladi.
Foyda — tovarlar va xizmatlarni sotishdan
olingan daromadning bu tovarlarni ishlab
chiqarish va sotish xarajatlaridan ortiq
qismi. Korxonalar va tadbirkorlar xoʻjalik
faoliyati moliyaviy natijalarining asosiy
koʻrsatkichlaridan biri. F. pulda
ifodalanadi. F. bozor daromadi boʻlib,
uning qonunqoidalariga binoan vujudga
keladi, taqsimlanadi va ishlatiladi. F.
kapital, ishlab chiqarish omili sifatida
tovar va xizmatlar narxi tarkibiga kiradi,
ular sotilgach, pul shaklida kapital sohibi
ixtiyoriga keladi. F. topish tadbirkorlikning
asl maqsadi hisoblanadi, unga intilish
bozor iktisodiyotining rivojlanishini
taʼminlaydi. Amaliyotda F. (F) daromad
(D) bilan xarajatlarning (W) ayirmasi
sifatida qaraladi (F=D—W). F. 3 omilga
bogʻliq: a) bozorbop tovar va xizmatlarini
yarat i sh , natijada ularni sotishdan
kelgan pul tushumi koʻpayadi, buning
tarkibidagi F. ham ortadi; b)daromadlar —
tushumlar miqdori (D). Tushumlar
sotilgan tovarlar va xizmatlar miqdoriga
(Q) va ulardan har birining narxi (R)ga
bogʻliq (D=QP); v)xarajatlar miqdori.
Bozorda narxlar oʻzgarmay krlgan
takdirda xarajatlarning pasayishi F.ni
koʻpaytiradi, ularning ortishi esa uni
qisqartiradi. Xarajatlar dinamikasi
mehnat unumdorligiga bogʻliq. Meqnat
unumdorligining ortishi xarajatlarni
kamaytirish orqali F.ni koʻpaytiradi. Shu
sababli F.ni koʻp olish sharti — mehnat
unumdorligini muttasil oshirib borish
hisoblanadi. Xarajatlar pasaygan
sharoitda F.ning daromaddagi hissasi
ortadi, aksi yuz berganda bu hissa
qisqaradi. Bordiyu, tovarlarga talab hozir
boʻlib, ularning bozor narxi oshsa,
oʻzoʻzidan va xarajatlardan kati nazar, F.
ortadi. Narxning foydaga taʼsiri shundan
guvohlik beradiki, bozorgir tovarlarni
chiqarmay turib yaxshi F. koʻrish mumkin
emas. Har qanday firma F.ni eng koʻp
olishga, yaʼni uni maksimumlashtirishga
intiladi, F. miqdoriga taʼsir etuvchi
omillarni ishga soladi.
F.ning oʻz oʻlchami bor. Bu uning normasi
va massasidir. F. normasi (Gʻ") nisbiy
koʻrsatkich boʻlib, kapital qanday
ishlatilib, qanday F. koʻrilganini bildiradi va
u orqali F. (F) kapitalning (K) ning qanday
qismiga tengligi aniqlanadi.
F. koʻrilgan. F. normasi kapitalining
naqadar samarali ishlatilishini bildiradi. F.
koʻrish tadbirkorlikning maqsadi
boʻlganidan har doim F. normasini
oshirishga intilish saklanib qoladi.
F. massasi — bu foydaning mutlaq
miqdoridir. F. massasi qanchalik koʻp
boʻlsa, F. shunchalik maksimumlashgan
hisoblanadi. Agar F. normasi goqori
boʻlsa, oz kapital bilan ham koʻp F. olish
mumkin, bordiyu F. normasi past boʻlsa,
kapitalni koʻpaytirib F.ni koʻpaytirish
mumkin. F. maksimumlashtirish uchun
ham F. normasi, ham kapital summasi
katta boʻlishi zarur. F. normasini pasayishi
hisobidan F. massasi qisqargan chogʻda,
bu yoʻqotishni bartaraf etish uchun
investitsiyapar hisobidan kapital
koʻpaytiriladi. Olingan F.ning bir qismi
investitsiyaga aylanadi, bu bilan u
kapitallashadi. Amortizatsiya va kredit
hisobidan ham pul investitsiyalanganda
kapital koʻpayadi. Natijada F. normasi
pasaygan chogʻda ham olinadigan F.
miqdori qisqarmaydi. Agar F. normasi
pasayishiga nisbatan kapital tezroq
koʻpaysa F. massasining ortishi yuz
beradi.
Qayerda hosil boʻlishiga qarab sanoat,
tijorat, bank, servis, agrobiznes va
boshqa F. turlari mavjud. Qanday usul
bilan hosil boʻlishiga qarab oddiy va
ustama F.ga boʻlinadi. Oddiy F. erkin —
mukammal raqobat sharoitida koʻpchilik
tadbirkorlar oladigan F.dir. Us t am a F.ni
firmaning monopol mavqei, yaʼni tovarlar
taklifining tanho yoki ozchilik firmalar
qoʻlida toʻplanishi yuzaga keltiradi.
Monopol mavqe bozordagi hukmronlikni,
yaʼni narxlarga taʼsir etish imkoniyatini
beradi. Monopol firma narxlarni oshirish
hisobidan ustama F. oladi. F. nima
hisobidan yaratilishiga qarab normal,
iqtisodiy va omad F.dan iborat boʻladi.
Normal F.ni tadbirkorlik qobiliyati
yaratadi. Bu ishbilarmonlik uchun
mukofot tarzida eng kam deganda
malakali ishchi yoki mutaxassisning ish
haqiga teng boʻlishi kerak, aks holda
tadbirkorlik bilan mashgʻul boʻlish oʻrniga
yollanib ishlash maʼqul boʻladi. Bundam F.
xarajatlar tarkibiga kiradi, chunki tovarlar
xarajatlarga teng narx bilan sotilganda
ham tadbirkor daromad topadi va
biznesni tashlab ketmaydi. Biznesni
boshqarish kapital sohibidan
menejerlarga oʻtgan taqdirda normal F.
ularga mukofot shaklida tegadi. Iqtisodiy
F. xarajatlar bilan daromad oʻrtasidagi
farkdan iborat, uni kapital yaratgani
sababli bu F. kapital egasiga tegadi.
Omad F.si — bu F.ni bozor
konyuʼyunkturasidagi juzʼiy oʻzgarishlar
yuzaga keltiradi. Bozorda talab
vaqtinchalik oshib, narxlar koʻtarilganda
omad F.si hosil boʻladi. Iqtisodiyotda
tavakkalchilik F.si ham bor. Bu
tavakkaliga ish qilgani uchun biznes
egalariga tegadigan mukofot
hisoblanadi.
F. ishlatilishidan oldin taqsimlanadi,
undan soliklar toʻlanadi. Kapital qarzga
olinganda F.ning bir qismi foiz qarzlarini
toʻlashga ajratiladi. F.ning firmada qolgan
qismidan ishchi va xizmatchilarga
mukofot beriladi, agar firma aksiyadorlik
jamiyati boʻlsa, F.dan dividend toʻlanadi,
xayrehson ishlariga pul ajratiladi. Barcha
chegirilishdan soʻng qolgan foyda
taqsimlanmagan yoki tutib qolingan F.
hisoblanadi. Taqsimlanmagan foyda
qanchalik koʻp boʻlsa, firmaning oʻz
mablagʻi hisobidan investitsiyalash
imkoni shunchalik katta boʻladi.
Firmaning oʻzida qolgan foyda
investitsiya orqali kapitallashadi, yaʼni
asosiy va aylanma kapitalga kelib
qoʻshiladi. Bu firmalarning iqtisodiy
salohiyatini oshiradi.
F. bozor mexanizmidagi muhim iktisodiy
vosita hisoblanadi. F.ga intilish
resurslarni kerakli sohalar oʻrtasida
taqsimlanishiga olib keladi. Kapital talab
qisqargani uchun narx pasayib F. kam
olinadigan soxalardan chiqib talab
oshgan serfoyda sohalarga doimo
koʻchib turadi. Bu bilan kerakli tovarlar va
xizmatlar yaratiladi, iktisodiyot oʻsadi.
F.ning koʻp boʻlishi mamlakat iqtisodiy
salohiyatini va farovoshshgini oshirishga
xizmat qiladi.
Ahmadjon Oʻlmasov.
Ayrim adabiyotlarda bu iqtisodiy foyda
deb ham yuritiladi.
Foydaning tarkib topishi ikki bosqichdan
oʻtadi:
birinchi bosqichda foyda ishlab
chiqarish jarayonida yangi qiymatning
yaratilish chogʻida vujudga keladi.
Yangidan yaratilgan qiymat tarkibidagi
qoʻshimcha qiymat foydaning asosiy
manbai hisoblanadi, biroq u hali aniq
foyda shaklida namoyon boʻlmaydi;
ikkinchi bosqichda ishlab chiqarish
jarayonida yaratilgan foyda tovarlarni
sotilgandan soʻng olingan pul
daromadi bilan xarajatlarning farqi
koʻrinishida toʻliq namoyon boʻladi.
Demak, tovar va
xizmatlar
sotilganda
ularning umumiy qiymati pul
daromadlariga, undagi qoʻshimcha
qiymat esa foydaga aylanadi. Bundan
koʻrinib turibdiki, foydaning haqiqiy
manbai qoʻshimcha mahsulot yoki
qoʻshimcha qiymatdir. Odatda ishlab
chiqarish sohasidagi yirik korxonalar
tovarlarni katta hajmda ishlab chiqarib,
ularni savdo vositachilariga ulgurji
narxlarda sotadilar. Shunga koʻra, ular
tovarning ulgurji narxi uning tannarxidan
yuqori boʻlgan taqdirda foyda oladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |