-umumiy doimiy хarajat (TFC)
-umumiy o’zgaruvchan хarajatlar (TUC)
Ishlab chiqarish xajmining o’zgarishiga (qisqarish yoki ortishi) bog’lik
bo’lmagan tovarlarning xajmiga ta’sir etmaydigan xarajatlar doimiy xarajatlar
deyiladi.
Doimiy xarajatlar ishlab chiqarish xajmiga bog’liq bo’lmaydi, uning
o’sishiga xam bevosita ta’sir etmaydi va ishlab chiqarishning xar qanday, xatto
nolinchi xajmida xam mavjud bo’ladi. Bunga korxonaning to’lov majburiyatlari
(zayomlar bo’yicha foiz va boshqa), soliqlar, amortizatsiya ajratmalari, ijara
xaqi, qo’riqlash xizmatiga to’lov, uskunalarga xizmat ko’rsatish sarflari,
boshqaruv xodimlari maoishi va shu kabilar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |