65
- naqd pullarni rejalashtirish va tartiblashtirish bilan bog‗liq jarayonlar rivojini oldindan kо‗ra
bilishni;
- oliy boshqaruv bо‗g‗inini unga bо‗lgan muhtojlikdan oldin tuzishni.
Agar mahsulot muayyan maqsadlar uchun ishlatilishiga mо‗ljallab chiqarilgan bо‗lsa, u bozorda о‗z
о‗rnini topadi. Shu bilan birga, kiritilayotgan yangiliklar yangi turdagi bozorlarni shakllantiradi. Masalan,
kо‗p yil mobaynida barcha ishlarda nusxa kо‗chirish qо‗llanilmas edi. «Kseroks» firmasi nusxa kо‗chirish
apparatini ixtiro qilib, bozorga chiqargandan keyin nafaqat AQShda, balki dunyoning boshqa mamlakatlarida
ham ushbu yangilik juda keng tarqalib ketdi.
Shuni ta‘kidlash kerakki, «bozorni о‗rganish» atamasi dinamik jarayon tushunchasi bilan bog‗liqdir.
P.Druker «Yunivem» kompaniyasi bilan bog‗liq bir misolni keltiradi. Taxminan 1950 yillarda bozorni
ilmiy tahlil qilish asosida 2000 yilga kelib kompyuterlar soni 1 mingga yetadi, degan faraz qilingan. Lekin
1984 yilning о‗zidayoq 1 milliondan ortiq kompyuter sotilgan edi. О‗sha davrda о‗tkazilgan tadqiqotlarda
kompyuterlar faqat jiddiy ilmiy ish olib borish uchun qо‗llaniladi, degan fikr ustuvor edi. Shu voqea
«Kseroks» kompaniyasi bilan ham sodir bо‗ldi. Chunki о‗tkazilgan tadqiqotlarda poligrafiya korxonalari
nusxalash avtomatlariga muhtoj emas, degan fikr asosiy о‗rin egallagan edi. Lekin hech kim bu asboblar
idora, maktab, universitet, kollejlarga ham kerak bо‗ladi, deb о‗ylamagan.
Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, yangi korxona tashkil etilganda uning mahsuloti yoki
xizmati rejalashtirilmagan bozorlarda о‗zining yangi iste‘molchilarini topadi. Faqat an‘anaviy qotib qolgan
ishbilarmonlik dunyoqarashni о‗zgartirish kerak. xolos. Agar ma‘lum maqsad uchun chiqarilayotgan
mahsulotga yangi iste‘mol-chilar tomonidan qiziqish bildirilsa, kompaniya shu qiziqishga jiddiy e‘tibor
berib, tahlil qilib chiqishi lozim.
Agarda bozordan uzilish yangi korxonalar uchun dastlabki vaqtda «kasallik» bо‗lsa, moliyaviy omil,
ya‘ni notо‗g‗ri moliyaviy siyosat olib borish bunday korxonalar taraqqiyotining keyingi bosqichlarida jiddiy
xavf tug‗diradi. Muammo shundan iboratki, ishbilarmonlar yangi korxonalarni tashkil yetganda, birinchi
navbatda, katta daromad olishga intiladi. Lekin, dastlabki vaqtda, asosiy e‘tiborni ishlab chiqarish,
rivojlanish, faoliyat, pul oqimini tartiblashtirish uchun moliyalashtirish manbaini topish lozim. Yangi korxona
qо‗shimcha kapital bilan ta‘minlangandagina rivojlanishi mumkin, ya‘ni ishbilarmonlik moliyani
boshqaruvisiz bо‗lmaydi.
Korxonaning rivojlanishi va muvaffaqiyatida oliy boshqaruv tizimi yoki maxsus boshqaruv guruhi
tuzish muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu guruh ishni о‗z korxonasining ishlab chiqarish xо‗jalik faoliyatini
tahlil qilishdan boshlashi lozim. Ular korxona muvaffaqiyatini belgilab beruvchi yо‗nalishlarni aniqlab,
maqsad va vazifalarini belgilashi zarur. Korxona rahbari о‗z xodimlari bilan hamkorlik qilib, talabni
bо‗shashtirmasdan, ularga ishonch bildirib, faoliyat kо‗rsatishi lozim. Rahbar doimo yetakchi bо‗lishi kerak.
О‗z kuch va qobiliyatini samarali ishlatish sohalarini aniqlash yangi korxonani boshqaruv omillaridan
biridir. Yangi korxona rivojlanib, taraqqiy etishi bilan birga tadbirkorlarning vazifalari ham о‗zgarib boradi.
Kо‗p ishbilarmonlar sodir bо‗layotgan о‗zgarishlarni doimo anglay ololmay, yangi sharoitda nima qilishini
bilmay qoladilar. Mana shu sharoitda tadbirkor о‗ziga: «Mening qobiliyatim va qiziqishim nimalarga moyil?»,
«Qaysi ishda men о‗zimni kо‗rsata olaman?», «Korxonaning qaysi bir ish yо‗nalishida men foyda
keltiraman?» kabi savollar berib, tegishli qaror qabul qilishi muhim ahamiyatga ega.
Masalan, «Polaroid» fotokamerasining ixtirochisi Yedvin Lend о‗z kompaniyasiga 13 yil rahbarlik
qilgan. Uning rahbarligida kompaniya nihoyatda tez rivojlanib ketgan. Sharoitni tahlil kilgach,
YE.Lend ma‘lum vaqtdan keyin о‗zi kompaniyaga rahbarlik qilolmasligini, bu ishni professional
mutaxassislar boshqarishi kerakligini tushundi. О‗zi esa ilmiy izlanishlar bilan shug‗ullana boshladi,
ya‘ni kо‗proq samara keltiradigan sohada faoliyat kо‗rsatishga о‗tib ketdi. YE.Lend о‗ziga laboratoriya
qurib, kompaniyada olib boriladigan fundamental tadqiqotlarni boshqardi, firmaning tezkor boshqaruvini
maxsus tayyorlangan mutaxassislarga topshirdi. Bu kabi misollar ishbilarmonlik sohasida talaygina.
Do'stlaringiz bilan baham: