Tayanch iboralar:
xudud, tarmok, maxalliy byudjet, iktisodiy infrastruktura, vakolatlar, maxalliy kengashlar,
xokimiyat.
Nazorat uchun savollar
1.Xududiy boshkaruvning ijtimoiyg‗iktisodiy rivojlanishi deganda nimani tushunasiz?
2.Maxalliy byudjet tushunchasi?
3.Ijtimoiy-iktisodiy infrastrukturaning tushunchasi?
4.Maxalliy kengashlar vakolatlari?
MAVZU 4. MENEJMENT NAZARIYASI VA AMALIYOTINING
RIVOJLANISHI.
1.
Menejmentning vujudga kelishi va rivojlanishi.
2.
Menejmentning turli xorijiy maktablari tabakalanishi.
3.
Menejmentning nazariya va amaliyotini Rossiyada rivojlanishi.
4.
Menejment rivojlanishida yangi boskich.
4.1.Menejmentning vujudga kelishi va rivojlanishi.
146
Xorijiy menejment monopolistik kapitalizm davrida vujudga kelgan. Uning
shakllanishidan oldin boshkaruv vazifalarining ajratilishi, unga xos bulgan boshkaruv
mexnatining tarkalishi, uning maxsus nazariy asos yaratilishiga extiyoj usishi yuz berdi.
Menejment nazariyasini asoschilari Teylor, Ford, Gilbert, Emerson, Fayol va boshkalardir.
Boshkaruv nazariyasining tarixan dastlabki yunalishi «klassik» (an‘anaviy) maktab nomini
olgan. Bu maktabning vujudga kelishida amerikalik muxandis va tadkikotchi Frederik
Teylorning xizmati katta. Teylor xizmat pogonasining barcha darajalarini AKShdagi
Bstlegemdagi
yirik
metallurgiya
korxonasining
kichik
xizmatchisidan
boshkaruvchisigacha bulgan lavozimlarni egallagan. U birinchilar karorida ishlab
chikarishning ayrim jarayonlarini tashkil etish xamda butun korxonani boshkarishga ilmiy
yondoshishni kulladi.
Uning «korxonani ilmiy boshkarish asoslari», «Boshkarishni ilmiy
tashkil etishning tamoyil va usullari», «Sanoat korxonalarini ma‘muriy-texnikaviy tashkil
etish» kabi ashxur asarlari xorijda chop etilgan ishlab chikarishni boshkarishni ilmiy
tashkil etish buyicha adabiyotlarning katta tuplamiga asos soldi. Teylor mexnat
jarayonlarini maxsus funksional boshkarish zarurligini asoslab berdi, jismoniy mexnat
bilan bir katorda ishlab chikarishni tashkil etishni tarkibiy unsurlarga ajratib kursatishga
xarakat kilgan tomonidan ishlangan sxemada ulda-julda, pala-partish ishlash mumkin
emasligi, xar bir narsa oldindan uylangan, ishning barcha shartlari va usullari oldida anik,
belgilangan bulishi aks ettirilgan.
Teylor kishi akl-zakovatiga katta e‘tibor bergan. Masalan, u korxona ustasi kuyidagi
tukkiz sifatga ega bulishi kerakligini ta‘kidlagan:
1)
akl-zakovatga;
2)
ma‘lum m‘lumotga;
3)
ish tajribasiga;
4)
odobga;
5)
gayratga;
6)
ziyraklikka;
7)
xalollikka;
8)
tugri fikr yuritishga;
9)
yaxshi saomatlikka;
shu bilan birga Teylor bu sifatlarning barchasiga ega bulgan kishini topish juda mushkul
ekanligini aytgan. Kupchilik fakat uchta sifatga ega buladi - ular oddiy ish xaki
tulanadigan ishga olinishi mumkin. Bu sifatlarning turttasiga ega bulgan kishi nisbatan kup
xak tulanadigan ishga olinishi kerak. Beshta sifatni uzida jam etgan kishini topish ancha
mushkul, olti, yetti, sakkiz sifatga ega kishini topib bulmaydi. Agar yukorida sanab utilgan
tukkiz sifatga ega bulgan kishi topilsa, uni usta lavozimiga emas, boshkaruvchi lavozimiga
kabul kilish lozim. Teylor ayniksa ish joylarini tashkil etish ishlashning makbul usullarini
tanlash, anik vazifalarni belgilash, kishilarni tugri tanlash va ishga kuyishga aloxida
axamiyat berardi. U tomonidan ishlab chikarishni boshkarish buyicha kator tavsiyalar
ishlangan. Masalan, u boshkarish buyicha faoliyatning 8 ta vazifasini ajratib kursatgan:
1.
Ishlarni bajarish va taksimlash tartibi;
2.
Chizmalar va kullanmalarni tuzish;
3.
Vaktni meyorlash va mexnatga xak tulash;
4.
Intizomga rioya kilish;
147
5.
Ish uslublarini belgilash;
6.
Uskunalar ish tartibiga rioya kilish;
7.
Uskunalarni ta‘mirlash va saklash
8.
Sifatni nazorat kilish.
Teylorning funksional boshkaruv tizimi xozirgi davrda sanoatda kullanmasada, boshkarish
jarayonini funksional taksimlash goyasidan boshkarishning tartibli (lineyniy) tizimidan
xam foydalanadi. Teylor ma‘muriyat va ta‘minlovchi ijtimoiy jixatlarni xisobga olish
muximligini ta‘kidlab, bu ishlab chikarishni tashkil etish va boshkarishning muxim
tamoyillaridan biri ekanligini aytgan. U ijtimoiy demagogiya usullarini inkor etmay,
ulardan foydalanishni tavsiya kilgan. U ishchilar va tadbirkorlar urtasida «sinfiy
xamjixatlik»ni ta‘minlash, ular urtasida munozaraga yul kuymaslik zaruriyatiga tayangan
va uni menejmentning eng mexim vazifalaridan biri deb xisoblagan.teylor fikriga binoan,
bunday vazifani fakat ilmiy jixatdan tashkil etilgan boshkaruv tizimi - menejment
nazariyasigina xal etishi mumkin.
Teylorizm ilmiy boshkaruv xarakatini boshlab berdi. Bu xarakat AKShni kamrab olib,
boshka kapitalistik mamlakatlarga xam yoildi. Teylor tizimi ilmiy menejment rivojlinishi
uchun asos bulib xizmat kildi.
Iktisodiyotni boshkarish soxasining yana bir yirik nazariyotchisi - Garrington Emerson
(1853-1931) edi. U «Unumdorlikning un ikki tamoyili» asarini yozib, bu asarda u birinchi
bulib inson faoliyatini makbullashtirishga karashlar tizimini bayon kilib berdi. Emerson
kuyidagi tamoyillarga asoslangan maksimal mexnat unumdorligiga erishish usulini ishlab
chikdi.
1.
Anik belgilangan goya va maksudlar;
2.
Akli rasolik;
3.
Asosli maslaxat;
4.
Kat‘iy intizom;
5.
Xodimlarga nisbatan adolatli munosabat;
6.
Markazlashtirish;
7.
Tezkor, ishonchli, tulik, anik va doimiy xisob;
8.
Meyor va tartib;
9.
Sharoitni normallashtirish;
10.
Operasiyalarni meyorlash;
11.
Yozma standart kullanmalar;
12.
Unumdorlik uchun ragbatlantirish.
Uz xulosalariga kushimcha kilib boshkarish uslubini bayon kilish bilan muallif klassik
konsepsiyaga salmokli xissa kushdi.
Sanoat korxonalarini tashkil etish va boshkarish masalalarini urgangan yana bir amerikalik
iktisodchi Gamilton Cherch (1866-1936) uz dikkat e‘tiborini boshkarishning umumiy
nazariy tamoyillariga karatdi. Amerikalik boshka nazariyotchilardan farkli G.Cherch
tayyor konun - koidalarni tavsiya kilmagan. U barcha sanoat korxonalarini boshkarishning
umumiy nazariy tamoyillarini belgilab berdi, boshkaruvning umumiy vazifalari bilan uni
tashkil etish tamoyillarini kursatib berdi. Uzining «ishlab chikarishni boshkarish asoslari»
kitobida u boshkarish vazifalarining kuyidagi klassifikasiyasini bayon kilib bergan:
loyixalashtirish, uskuna bilan ta‘minlash, buyuruvchilik, xisob va amalga oshirish.
148
G.Cherch kitobining ayrim nazariy koidalar xozirgi davrda xam ilmiy va amaliy kimmatga
egadir.
Ilmiy boshkaruv rivojlanishiga xisob va rejalashtirishning chizma usulini ishlab chikkan
Genri Gant (1861-1919) va ishini makbullashtirish uchun standart xarakatlarni kullab
ayrim ishlarni bajarish usullarini taklif etgan Frenk Gilbert (1868-1924) salmokli xissa
kushganlar. Shuningdek menejment nazariyasiga Fransuz muxandisi Anri Fayol muxim
xissa kushgan, u boshkaruv vazifalari makbullashtirish - oldindan kura olish, tashkil etish,
buyurish, kelishuv, nazorat kilishga tenglashtirgan 1916 yilda uning «Umumiy va sanoat
boshkaruvi», 1924 yilda «Mexnatni ilmiy tashkil etish» va «Ijobiy boshkaruv»
asarlari chop etildi. Genri Ford ishlab chikarish korxonalarini boshkarishning tashkiliy-
texnikaviy tamoyillarini yaratgan. Fordizm fakat boshkaruv texnikasi va tashkil etish
rivojlanishida emas, balki mexnat unumdorligi usishida xam yangi boskich buldi. Ford
xam Teylor singari kam xarajat bilan yukori mexnat unumdorligiga erishishni maksad
kilib kuygan bulsada, unga boshka yul bilan erishishga xarakat kildi. Teylor inson
mexnatini tashkil etishga aloxida e‘tibor bergan bulsa, Ford texnika, texnologiya, ishlab
chikarishni takomillashtirishga e‘tibor bergan.
Shunday kilib, Teylor va uning izdoshlari burjua boshkaruv nazariyasi rivojlanishining
boshkaruv konsepsiyasi vujudga kelgan XIX-XX asrlar chegarasidanasrimizning 20-
yillarigacha davom etgan davrni kamrab olgan birinchi boskichi namoyondalaridir.
XX asrning 20-yillaridan menejment rivojlanishining yirik kapitalistik ishlab chikarish
extiyojlariga asoslangan yangi boskichi boshlandi. Nazariyotchilar Teylorizmni nisbatan
moslashuvchan tizim bilan almashtirishga xarakat kildilar. Ular boshkarishning sosiologik
va psixologik jizatlariga e‘tibor berib, ularni ilmiy menejment tarkibiga kiritdilar.
Davlat va iktisodiyotni boshkarish nazariyasining ayrim jixatlari sharkning iktisodiy goya
rivjlanishiga xissa kushgan yirik alloma va davlat arboblari - Farobiy, Ibn Sino (IX-X asr),
Xos Xojib (XI-XII asr), Amitr Temur. Ibn Xoldun (XIII-XIY asr), Bobur, Alisher Navoiy
asarlarida yoritilgandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |