Aylanma fondlar – bu fondlar odatda ishlab chiqarish jarayonlarida bir marta ishlatilib, ularning
har birida yangilanadi va о‗z qiymatini ishlab chiqarilgan mahsulotga tо‗la о‗tkazadi.
Asosiy fondlar – bu fondlar ishlab chiqarish jarayonida qayta-qayta ishlatiladi. U uzoq muddat
davomida foydalanishga mо‗ljallangan bо‗lib, yemirilishi darajasiga qarab ishlab chiqarilgan mahsulot
qiymatiga о‗z qiymatini asta-sekinlik bilan о‗tkazib boradi.
Assortiment – sotish xonasidagi turli-tuman mollarning tо‗planishi; ba‘zida bir molning turlar,
navlarining tо‗plami.
Assotsiatsiya – tо‗planma, uyushma; biron maqsadga erishish uchun (xо‗jalik, siyosiy, ilmiy,
madaniy yoki boshqa maqsadlar) birlashish. Assotsiatsiya yuridik shaxs bо‗lib hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |