Qisqa xulosalar Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatining iqtisodiy samaradorligini belgilovchi barcha
kо‗rsatkichlarni quyidagi uchta guruhga birlashtirish maqsadga muvofiqdir: xо‗jalik faoliyatini
umumlashtiruvchi kо‗rsatkichlar; resurslarning ayrim turlaridan foydalanish samaradorligi
kо‗rsatkichlari; moliyaviy faoliyatni baholovchi kо‗rsatkichlar.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalarida samaradorlikni
oshirishning asosiy yо‗nalishlari bо‗lib quyidagilar hisoblanadi: ilg‗or texnologiya va uskunalardar
foydalanish; xom ashyo va materiallarning yangi turlarini qо‗llash; asosiy fondlardan unumli
foydalanish; mehnatni tashkil etishning samarali usullarini qо‗llash; xorij firmalarining ilg‗or
tajribalaridan foydalanish va h.k.