chiqarishiga olib keladi.
Mahsulot ishlab chiqarish bilan uning sifatini nazorat qilish jarayoni hech
qachon ajratilmaydi yoki bir-biriga qarama-qarshi qо‘yilmaydi. Ularning fikricha,
nazoratni kuchaytirish yoki nazoratchining huquqini kuchaytirish bilan yuqori
sifatli mahsulot olib bо‘lmaydi. Vaholanki mahsulot sifatini tayyor bо‘lgandan keyin
emas, aksincha, uni tayyorlash jarayonida, bajarilgan har bir ish operatsiyasidan
sо‘ng nazorat qilish kerak. Nazoratchining asosiy vazifasi sifatsiz mahsulot ishlab
chiqarayotgan ishchini topib uni jazolash emas, balki uning sababini aniqlash va
bartaraf qilishdan iborat bо‘lishi kerak. Mana shu uslubni yaponlar tо‘g‘ri yо‘lga
qо‘yganligi sababli har bir ishchi о‘z-о‘zini nazorat qilishga о‘rgangan va doimo о‘z
ustida izlanishlar olib boradi. Kompaniyalarda sifat guruhlari tashkil qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |