chakana va ulgurji savdolar о‘rganiladi.
Aytilganlardan kelib chiqib, xulosa qiladigan bо‘lsak, axborot biznesda, kichik
va xususiy tadbirkorlikda katta ahamiyatga ega bо‘lib, ular qabul qilinayotgan
qarorlarning manbai hisoblanadi. Haqiqatda axborotlarsiz, kerakli ma’lumotlarsiz
hech kim ishlay olmaydi. Qabul qilinayotgan qarorlarning amaliyligi, kichik va
xususiy tadbirkorlikning samaradorligi axborotlar sifatiga, uni о‘z vaqtida yig‘ish,
uzatish va qayta ishlashga bog‘liq.
8.2. Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatining axborot tizimi
Axborotlar majmui tadbirkorlik faoliyati axborot tizimini tashkil qiladi.
Tadbirkorlik faoliyatining axborot tizimi о‘z ichiga kerakli axborotlar, hujjatlar,
biznes tadqiqotlari tizimini, aloqa kanallari va texnik vositalarni qamrab oluvchi
murakkab axborot tuzilmasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |