8-BOB. KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIK FAOLIYATINI
AXBOROT BILAN TA’MINLASH
8.1. Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatida axborotning ahamiyati
Biznes faoliyatini yetarli va aniq axborotlarsiz amalga oshirish mumkin emas.
Bu axborotlar biznes uchun zarur bо‘lgan ma’lumotlar, xabarlar majmuasidan
iborat bо‘ladi. Axborot ishlab chiqaruvchilar, tovarni sotuvchilar va haridorlar
о‘rtasidagi aloqa shaklidir.
Ishbilarmonlar asosan turli xil axborotlar statistik, moliyaviy, operativ, tashkiliy
axborotlar, farmoyish tarzidagi axborot, buxgalterlik, marketing axboroti, ta’minot
bо‘yicha, xodim-lar bо‘yicha, ma’lumotga oid axborot va boshqa axborotlar bilan
ishlaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |