kreditning quyidagi asosiy shakllari kelib chiqadi:
1. Tijorat krediti.
2. Bank krediti.
3. Iste’molchi krediti.
4. Davlat krediti.
5. Halqaro kredit.
Tijorat krediti – bu sotuvchilarning haridorlarga tovar shaklida beriladigan
kreditidir. Bunda tovarlar ma’lum muddatda pulini tо‘lash sharti bilan nasiyaga
83
beriladi. Tijorat kreditini nasiyaga oluvchi uning egasiga veksel (qarzning
majburiyatnomasi)ni beradi.
Nasiyaga olish orqali berilgan qarz yig‘indisi tovarning о‘z narxi va mikdoriga
bog‘liq bо‘ladi. Masalan, 1000 metr duxoba nasiyaga har bir metri 2 dollardan
beriladi. Bunda duxoba egasining haridorga bergan qarzi 2000 dollarni (1000x2)
tashkil etadi.
Tijorat kreditida foiz nasiyaga sotilgan duxoba narxiga ustama shaklini oladi,
shu sababli, duxoba nasiyaga о‘z narxidan yuqori narxda beriladi. Masalan, duxoba
naqd pulga har metri 2 dollardan sotilsa, nasiyaga 2,5 dollar ustama foiz bо‘ladi.
Bizning misolimizda 1000 metr duxobaga ustama 500 dollarni tashkil etadi (1000 x
Do'stlaringiz bilan baham: |