jamiyat barcha a’zolarining odil jamiyatdagi qonunlarga bo’ysunishi ijtimoiy
taraqqiyotning asosiy garovidir.
Qadimgi
Yunoniston
olimlari
ichida
eng
ko’zga
ko’ringan
mutafakkirlardan yana biri Arastu (er. avv.384-322 y ) edi. Arastu 20 yil
Aflotun
akademiyasida
ta’lim
olib,
uch
yil
mobaynida
Iskandar
Zulqarnaynning ustozi bo’lib xizmat qildi. Iskandar Zulqarnayn podsho
bo’lib , Sharqqa yurish qilishi bilanoq Arastu Afinaga qaytdi. Bu yerda u
Aflotun akademiyasi bilan birgalikda o’zining «Likkey» nomli falsafa
maktabini tuzdi va shu davrda o’zining asosiy ilmiy asarlarini yozadi.
172
Falsafani borliqning umimiy xususiyatlari to’g’risidagi fan hisoblab, unga
«birinchi falsafa» deb nom beradi (keyinchalik «meta-fizika»deb yurgiziladi.
Falsafaga doir «Metafizika», tabiiyot bilimlariga doir «Fizika» va jamiyat
hayotiga doir «Davlat», «Siyosat» Arastuning asosiy asarlari hisoblanadi.
Arastu zabardast olim bo’lib mantiq, psixologiya,falsafa, ahloq, notiqlik
san’ati, tabiiy fanlar bo’yicha o’lmas bebaho asarlar yozib qoldirgan. Uning barcha
asarlari borliqni o’rganishga qaratilgan. Mantiqqa oid asarlarning barchasini
“Organon” (“Нurol”) nomli asariga jamlagan. Faylasuf barcha fanlarni ikki turga
nazariy va amaliy fanlarga bo’lgan. Amaliy fanlar shogirdlarga yo’l yo’riq
ko’rsatishga ,biror bir foydali ishni amalga yo’naltirilgan. U nazariy fanlarni uch
qismga falsafa (metofizika) ,matematika va fizikaga ajratilgan.
Faylasuf ta’limotiga ko’ra, amaldagi narsa va hodisalar to’rtta sababga ega.
Bular moddiy sabab, ya’ni modda (materiya) ,shakliy sabab yoki shakl, yaratuvchi
sabab, piravar sabab yoki maqsad sabablardir. Yaratuvchi sabab, Arastu talqinicha,
harakat manbaidir. Masalan, ota va bolaning ulg’ayishiga sababchidir. Arastu
piravar sabab (maqsad sabab) vositasida insonga hos bo’lgan maqsadlarni tabiat
xodisalariga ham tatbiq etmoqchi bo’lgan. Harakat olam singari abadiydir. Ayni
paytda, olam o’zining abadiy sababi, ya’ni harakatlantiruvchikuchiga ega. Arastu
Aflotunning bilish bu g’oyaalar dunyosidagi o’lmas ruxni eslanishi degan qarashini
tanqid qilib, dunyoni bilish mumkinligini e’tirof etadi. u bilishning manbaini
tabiatni o’zidan, obyektiv borliqda kuradi. Bilish jarayonida u sezgilarga katta urin
beradi, seegilar orqali olingan hissiyotlar obyektiv mavjud bo’lgan va
hodisalarning obrazi, deb hisoblaydi.
Arastuning jamiyat va davlat to’g’risidagi ta’limoti “Davlat” “Siyosat” kabi
asarlarida bayon etilgan. Uning fikricha, davlat boshqaruvi jamiyat erkin va
farovon hayoti uchun xizmat qilishi lozim.
Bu davrning eng ko’zga ko’ringan mutafakkirlari Levkipp va Demokritdir.
Levkipp (er.av.500-440 yillar) qadimgi Yunoniston falsafasida deyarli birinchi
marta atomistik qarashlarni olg’a surdi. Uning ta’limoti bo’yicha dunyodagi butun
narsalar juda mayda bo’linmaydigan moddiy narsalardan, atomlardan («atomas»
grek tilida «bo’linmaydigan») iborat. Bundan tashqari, Levkipp dunyodagi
narsalarning paydo bo’lishi, yo’qolishini ma’lum zaruriyat va sababiyat bilan
bog’laydi.
Qadimgi Yunoniston falsafasi tarixida yangi yo’l ochgan buyuk olim
Demokrit (er.av.460-370) yillar. U Misr, Hindiston va Bobil kabi mamlakatlarga
173
sayohat qilib, bu mamlakatlar olimlarining ta’limotlarini o’rgandi. Demokrit o’z
davrining butun ilmiy boyligini o’zlashtirgan, har tmonlama keng bilimli
faylasuflardan edi. Demokrat ham Levkipp singari dunyoning moddiyligini e’tirof
qiladi va uning atomistik ta’limotiga tayanadi. Demokrit dunyoning birinchi va
dastlabki asosini atomlar va bo’shliq tashkil qiladi, deb ta’lim beradi.
Demokritning fikricha, atomlar ko’zga ko’rinmaydigan mayda, moddiy
bo’lakchalardani iborat bo’li, tabiatdagi butun narsalar, shu jumladan, odamlar
ham shu atomlardan tarkib topganlar. Demokrit harakatni atomlarning o’zlariga
xos xususiyati dem, harakatning realligini e’tirof qiladi va materiya bilan
harakatning ajralmas, bir-biriga bog’liq ekanligini ko’rsatadi. Demokrit olamning
cheksiz dunyolardan iborat ekanligini va biz yashab turgan yer koinotdagi bir
kichkina sayyora, deb hisoblaydi. Uning fikricha, olam «buyuk bo’shlik» bo’lib,
cheksiz fazoda atomlarning bir-biri bilan to’qnashishi turli dunyolarni keltirib
chiqaradi.
Demokrit tasodifiyatni inkor etgan. U «na tabiatda, na jamiyatda hyech bir
narsa tasodifan paydo bo’lmaydi», deb yozgan. Demokritning falsafiy qarashlarida
ahloqiy ta’minot muhim o’rin tutadi. Uning bu boradagi qarashlari bilan uzviy
bog’liqdir. Davlat manfaatlari qolgan barcha narsalardan ustun turmog’i lozim.
Me’yor, deydi faylasuf, axloqning tabiat insonlarga in’om etgan kuch va
qobiliyatga mos kelishidadir. Donolik uchta hosil keltiradi: yaxshi fikrlash; yaxshi
so’zlash; yaxshi harakat qilish. Uning ta’limoti bugungi kunda insonlarni axloq-
odobga, diyonatga da’vat etadi.
Antik davrning faylasufi Epikur (er.av.241-270 y.) edi. Epikur afinada
o’zining filosofik maktabini ochib, Demokrit tarafdori edi, uning atomistik
ta’limotlarini olg’a suruvchi sifatida maydonga chiqda.
Epikur falsafaning asosiy vazifasi-kishilarga baxtiyorlikka erishish yo’lini
ko’rsatishdan iborat, deb tushintiradi. Uning fikricha, kishi baxtiyor bo’lish uchun
tabiat va uning qoniniyatlarini o’rganishi lozim. Shunga asoslanib, u o’z falsafasini
uch qismga: fizikaga, kanonika yoki logika va etikaga bo’ladi.
Epikur o’zining bilish nazariyasida sezgilarga katta ahamiyat berib, ularni
bilishning birdan-bir manbai, deb hisoblaydi
Epikur ta’limotini rimlik Lukresiy Kar (ev.av.99.55 yillar) davom ettirgan. U
«Narsalarning tabiati to’g’risida» nomli asari bilan mashhur bo’lgan. Yashashdan
maqsad, deb yozgan Lukresiy, baxtli hayotl kechirishdan iboratdir. Jamiyat ham,
huddi tabiat singari, o’z qonunlariga ega hamda tabiat qonunlariga tayangan holda
174
rivoj topadi, deydi u. Uning falsafiy qarashlari o’z davri va o’rta asr falsafasiga
ta’sir ko’rsatgan.
Uning fikricha, modda (materiya) – abadiy, bir holatdan ikkinchi holatga
o’tib, shaklini o’zgartirib yashash-uning xossasi. Odamdagi barcha narsalar ikkiga
– oddiy va murakkab turga bo’linadi. Lukresiy Kar atom harakatining uchta turini
sanab o’tgan. Bular-narsalarning og’irlikka ega bo’lgani uchun to’g’ri chiziqli
harakati, narsaningo’zicha og’ish harakati, narsaga turtki bo’lgan asosga
qaratilgan
harakat.
Lukresiy
nazariyasi
mohiyatan
sodda
bo’lsa-da,
tabiatshunoslikka ulkan ta’sir ko’rsatgan.
Yevropada qadimgi Yunon va Rimdan o’rta asrlar falsafasigacha, ya’ni
miloddan ilgari 1 asrdan XIV asrigacha, bir yarim ming yil davomida bir qancha
oqimlar paydo bo’ldi va amal qildi. Bu davr falsafasida ikki xil jarayonni ko’rish
falsafasida ikki xil jarayonni ko’rish mumkin: 1. Xristianlikning shakllanib davlat
dini va mafkurasiga aylanishi; 2. O’rta asrlarga kelib inkvizisiyaning ustivor
yo’nalishga aylanishi. Gnostika, apologetika, partistika, realizm, nominalizm va
boshqa oqimlar o’ta davr falsafasining qiyofasini belgilaydi. Bu xususda keyingi
ma’ruzalarimizda batafsilroq to’xtalamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |