Intеrfаоl usullаrdаn fоydаlаnish shаkllаri:
1.
Individuаllаshtirish;
2.
Kichik guruhlаrgа аjrаtish;
3.
Tаbаqаlаshtirish:
4.
O’rgаtish vа o’rgаnish jаrаyonidа dеmоkrаtik, do’stоnа muhitni
yarаtish;
5.
O’zаrо mulоqоt, hаmkоrlikni tаshkil etish.
Muammoli ta`lim texnalogiyalaridan foydalanish masalasi.
Umumta`lim, o’rta maxsus va kasb - hunar ta`limi, oliy ta`lim muassasalari
ta`limi jarayonida salmoqli o’rin egallagan muammoli dars, aqliy hujum,
bahs – munazarali, ilmiy munazarali va erkin fikrlash darslari muammoli ta`lim
texnologiyalariga misol bo’ladi. Mazkur darslarning o’ziga xos jihati dars
davomida vujudga kelgan muammoli vaziyatlarga asoslanadi.
Muammoli ta`lim deganda, o’qituvchi rahbarligida muammoli vaziyat
vujudga kelib, mazkur muammo o’quvchilarning faol mustaqil faoliyati
natijasida bilim, ko’nikma va malakalarni, ijodiy o’zlashtirish va aqliy
faoliyatini rivojlantirishga imkon beradigan ta`lim jarayonini tashkil etish
nazarda tutiladi. Muammoli ta`limning muvaffaqiyati quyidagi omillarga
bog’liq.
1.O’quv materiallarini muammolashtirish
2.O’quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish.
3.Ta`lim jarayonini o’yin, mehnat faoliyati bilan uyg’unlashtirish.
54
4.O’qituvchi tomonidan muammoli metodlardan o’z o’rnida va
samarali foydalanish ko’nikmasiga ega bo’lish.
5.Muammoli vaziyatni hal etish yuzasidan muammoli savollar zanjirini
tuzish va mantiqiy ketma- ketlikda o’quvchilarga bayon etish.
Muammoli metodlar muammoli vaziyatlarni vujudga keltirib, o’quvchilarni
muammosini hal etish, murakkab savollarga javob topish jarayonida alohida
ob`ekt, hodisa va qonunlarni tahlil qilish ko’nikmasi va bilimlarni
faollashtirishga asoslangan faol bilish jarayonini taqazo etadi.
Muammoli vaziyatlarni hal etishda o’qituvchi o’quvchilar faoliyatini fikr
yuritishning mantiqiy operatsiyalari tahlil, sintez, taqqoslash, anologiya,
umumlashtirish, tasvirlash va xulosa yasashga yo’naltiradi. Muammoli
vaziyatlardan o’quv jarayonini barcha bosqichlarida yangi mavzu bayoni,
mustahkamlash, bilimlarni nazorat qilishda muvaffaqiyatli foydalanish
mumkin. Muammoli vaziyatlar tizimi muvaffaqiyatli yaratilgan hollarda
mazkur mavzuni muammoli dars shaklida o’tish tavsiya etiladi. O’qitish
jarayoniga muammoli darslarni qo’llanishi uchun o’qituvchi quyidagi
masalalarni hal qilinishi:
1. O’quv dasturi bo’yicha qaysi mavzularni muammoli dars shaklida o’tish
mumkinligini.
2. Mavzu matnidagi masalalar bo’yicha muammoli vaziyatni keltirib
chiqaradigan savollar, topshiriqlarni aniqlash, bunda didaktikaning ilmiylik,
sistemalilik, mantiqiy ketma- ketlik, izchillik prinsiplariga amal qilish.
3.O’quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish va boshqarishni
ta’minlaydigan vosita va usullarni aniqlash, ulardan o’z o’rnida samarali
foydalanish usullarini belgilashi zarur.
Muammoli darslarda o’qituvchining faoliyati, avvalo mavzu mazmunidan
kelib chiqqan holda o’quv muammolarini aniqlash, muammoli vaziyatlar
tizimini yaratish, o’quvchilar oldiga o’quv muammolarini yuqori ilmiy va
55
metodik saviyada qo’yish darsda o’quv muammolaridan samarali
foydalanishga erishish, o’quvchilar faoliyatini muammolarini hal etishga
yo’naltirishdan iborat bo’ladi. O’quvchilarni faoliyati muammoli vaziyatlarni
idrok etish, hal qilish usullarini izlash, taxminlarni ilgari surish, taxminlarni
ilmiy mantiqiy nuqtai nazardan asoslash, taxminlarni tekshirish va xulosa
chiqarishdan iborat bo’ladi.
Hozirgi zamon muammoli darslarining didaktik maqsadi:
- o’quv muammolarini hal etishda o’quvchilar tomonidan avval o’zlashtirgan
bilimlarni ijodiy qo’llanib, yangi bilimlarni egallash ko’nikmalarini;
-bilimlarni ijodiy o’zlashtirish va amalda qo’llanish malakalarini;
-izlanuvchanligi, qiziqishi, motivlari, mantiqiy tafakkuri, ijodiy faoliyati aqliy
kamolati, zakovatini rivojlantirishdan iborat.
Geografiya ta’limining asosiy vazifalaridan biri o’quvchilarni geografik
hodisalarni to’g’ri tushunib yetishga, yangi bilimlarni mustaqil o’rganish va
egallagan bilimlarni amalda tadbiq eta olishga o’rganishdan iboratdir.
O’quv jarayonida muammo, muammoli savol, va muammoli topshiriq tarzida
bo’lishi mumkin. muammoli savol va topshiriqlar bitta umumiy xususiyatga ega,
ularni bajarish jarayonida, uning mazmunida muammoli vaziyatning potensial
imkoniyatlari yotadi.
Muammoli ta’limning asosiy tushunchalaridan bo’lgan muammo va bu
muammoni o’quvchilar yechishida quyidagi bosqichlarni ajratish mumkin:
1.Muammolarni isbotlash, qarama – qarshi fikrlarni yechish.
2.Dastlabki sharoitdan kelib chiqib, g’oyalarni shakllantirish.
3.G’oyalarni isbotlash.
4.Umumiy xulosa.
56
Geografiya darslarida muammoli ta’limning asosiy vazifasi fan mazmunini
tashkil etuvchi tasavvur, tushunchalar tizimi bilan qurollantirish, geografiya fani
asoslaridan puxta bilim olish va hayot uchun zarur bo’lgan amaliy ko’nikma va
malaka berishdan iborat. Maktab geografiyasida muammoli ta’lim asosan ilmiy
dalillarni yoritadi. O’rganiladigan hodisaning sababini tushuntiradi. Maktab
geografiyasida muammoli ta’lim mazmunida fanning murakkab va muhim
asoslarini aks ettirishga alohida etibor berilgan.Muammoli ta’lim jarayonini
quyidagi 3ta asosiy bosqichga ajratish mumkin:
1.Muammoli vaziyat hosil qilish.
2.Muammoni yechish taxminlarini shakllantirish.
3.Yechimning to’g’riligini tekshirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |