2. KURS ISHIGA MAVZU TANLASH
Kafedrada kurs ishi mavzulari va ularning taxminiy rejalari ishlab
chiqilgan. SHunga asoslanib, talaba oldingi ishlarni bajarishdagi tajribalarini,
o’z ilmiy manfaatlarini va shaxsiy imkoniyatini hisobga olib, mustaqil ravishda
kurs ishi uchun mavzu tanlaydi. Tanlangan mavzu xo’jalik yurituvchi
sub’ektlarning faoliyatini hisobga olish va tahlil qilish, ularni istiqbolda
rivojlanish muammolari bo’yicha ilgari bajarilgan ilmiy tadqiqot ishlarining
davomiyligini ta’minlashi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |