30
Foyda normasi – foyda massasining ishlab chiqarish xarajatlariga bo‘lgan nisbatining
foizdagi ifodasi.
Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar:
1.
Ishlab chiqarish sarf-xarajatlarining mohiyatini va tarkibini tushuntiring.
2.
Ichki va tashqi xarajatlar o‘rtasidagi farq nimadan iboratligini misol orqali
tushuntiring.
3. O‘rtacha
doimiy,
o‘zgaruvchi
va
umumiy
xarajatlarning
mazmuni hamda ularning ahamiyatini tushuntirib bering.
4.
Ishlab
chiqarish
resurslari
tarkibidagi
quyidagi
o‘zgarishlardan
qaysilari
uzoq
muddatli
davrdagi
xarajatlarga
kiradi:
a)
kompaniya neftni qayta ishlovchi yangi uskunani o‘rnatadi;
b)
korxona yana 200 ishchini yollaydi;
v) fermer o‘z uchastkasida qo‘llaniladigan o‘g'it miqdorini ko‘paytiradi;
g) fabrikada uchinchi smena joriy qiiinadi.
5.
Sarflarning
quyidagi
turlari
xarajatlarning
qaysi
turkumga
tegishli
ekanligini
aniqlang:
mahsulot
reklamasiga
sarflar,
korxona
chiqargan
zayomlar
bo‘yicha
foiz
to‘lovlari;
xom
ashyoga
sarflar,
ko‘chmas
mulkka
soliq
to‘lovlari,
boshqaruv
xodimlari
maoshi;
ishchilarga
ish
haqi
to‘lovlari;
amortizatsiya ajratmasi.
6. Foydaning mazmunini va manbaini tushuntiring.
7. Iqtisodiy
foyda
va
buxgalteriya
foydasining
farqi
nimada? Ularning shakllanish tartibini tushuntirib bering.
8. Yalpi
foydaning
taqsimlanish
tartibini
tushuntirib
bering.
Mulkchilik
va
xo‘jalik
yuritish
shakllarining
turliligi
foydaning
taqsimlanish tartibiga qanday ta'sir ko‘rsatadi?
9. Foyda
massasiga
ta'sir
ko‘rsatuvchi
omillarni
izohlab
bering.
10. Quyida
keltirilgan
ma'lumotlarni
qo‘llab,
foyda
normasini har ikkala usulda hisoblang:
-
umumiy foyda — 250 ming so‘m;
-
ishlab chiqarish xarajatlari — 1250 ming so‘m;
-
avanslangan mablag'lar (asosiy va aylanma kapital) — 2500 ming so‘m;
-
natijalarni taqqoslab, izohlab bering.
11-Mavzu. ISH HAQI VA MЕHNAT MUNOSABATLARI.
Reja.
1.
Taqsimot nazariyasi va unin gevolyutsiyasi.
2.
Daromadlarning taqsimlanish tamoyillari.
3.
Ish haqi va uning iqtisodiy mazmuni.
4.
Ish haqini tashkil etish shakllari va tizimlari.
5.
Mehnat munosabatlarining iqtisodiy mazmuni va kasaba uyushmalariningroli.
Jamiyatda yoki alohida olingan mamlakatda yaratilgan mahsulotning taqsimlanish
tamoyillari, shakllari, usullari muhim rauammo bo‘lib, iqtisodchilar e'tiborini jalb etib hamda
ular o‘rtasida turli tortishuvlarga sabab bo‘lib keladi. Shunga ko‘ra, kishilarning hayot
kechirishi va turmush darajasini aniqlab beruvchi daromadlarning asosiy turi bo‘lgan ish
haqini tahlil qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu mavzuda ish haqining iqtisodiy tabiati
bilan bog'liq muammolar va uning shakllari hamda bozor munosabatlari sharoitida ish haqi
31
darajasiga ta'sir ko‘rsatuvchi omillar ko‘rib chiqiladi. Tahlil ish haqi stavkasini
tabaqalashtirishni tushuntirish bilan davom ettiriladi. Mavzuda mehnat munosabatlarining
iqtisodiy mazmuni va ularni shakllantirishda turli shartnomalarning hamda kasaba
uyushmalarining roliga alohida o‘rin beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: