Talab egri chizig‘i – narx va talab hajmining o‘zgarishi o‘rtasidagi tеskari bog‘liqlikni
ko‘rsatuvchi egri chiziq.
Oliy toifali tovarlar – daromadning o‘zgarishi bilan talab miqdori to‘g‘ri bog‘liqlikda
o‘zgaradigan tovarlar.
Past toifali tovarlar – daromadning o‘zgarishi bilan talab miqdori tеskari bog‘liqlikda
o‘zgaradigan tovarlar.
Engеl qonuni – istе’molchi daromadi bilan u tomonidan sotib olinishi mumkin bo‘lgan
tovarlar miqdori o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik.
Taklif – ma’lum vaqt oralig‘idagi narxlarning muayyan darajasida ishlab chiqaruvchi
yoki sotuvchilar tomonidan ma’lum turdagi tovar va xizmatlarning bozorga chiqarilgan
miqdori.
Taklif qonuni – narxning o‘zgarishi bilan taklif etilayotgan tovar miqdorining to‘g‘ri
bog‘liqlikdagi o‘zgarishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |