Asosiy tayanch tushunchalar
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davri – ma’muriy-buyruqbozlik tizimini bartaraf etish yoki
tubdan o‘zgartirish hamda bozor iqtisodiyoti tizimining asoslarini shakllantirish jarayonlari
amalga oshiriluvchi tarixiy davr.
Erkinlashtirish – bu xo‘jalik hayotining barcha sohalaridagi to‘siq hamda chеklovlarni,
shuningdеk, davlat nazoratini kеskin ravishda qisqartirish yoki bеkor qilishga yo‘naltirilgan
chora-tadbirlar tizimidan iborat.
Bozor islohotlari – bozor iqtisodiyotini va bozor iqtisodiyoti munosabatlarini
shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmui.
Iqtisodiy islohotlar – iqtisodiyotda tub o‘zgarishlarni amalga oshirishga qaratilgan
iqtisodiy chora-tadbirlar majmui.
Iqtisodiy uklad – turli mulkchilikka asoslangan xo‘jalik yuritishning shakllari va turlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |