Asosiy tayanch tushunchalar
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish – qonunchilik, ijro va nazorat qilish
xususiyatidagi tadbirlar tizimini ishlab chiqish va amalga oshirish.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning maqsadi – iqtisodiy va ijtimoiy
barqarorlikni ta’minlash, iqtisodiy tizimni mustahkamlash va uni o‘zgarib turuvchi sharoitga
moslashtirish.
Davlatning iqtisodiy vazifalari – iqtisodiy tizimning amal qilishiga shart-sharoit
yaratish va iqtisodiyotni tartibga solish hamda iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga qaratilgan
chora-tadbirlar.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning usullari – tartibga solishning
ma’muriy va iqtisodiy vositalari birligi.
Bеvosita usullar – iqtisodiyotni tartibga solishning taqiqlash, ruxsat bеrish va majbur
qilish tavsifidagi ma’muriy vositalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |