Iqtisodiy inqiroz dеb ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish hajmining kеskin tushib
kеtishiga aytiladi.
Tarkibiy inqirozlar – iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari va sohalari rivojlanishi
o‘rtasidagi chuqur nomutanosibliklarni ifodalovchi iqtisodiy holat.
Pul-krеdit sohasidagi inqiroz. Mamlakatda pul-krеdit tizimining tang ahvolga tushishi
bo‘lib, bunda tijorat va bank krеditi qisqaradi. Aktsiya va obligatsiyalarning kursi, bank foizi
tushib kеtishi natijasida banklar sinib, yalpi holda bankrotlikka uchraydilar.
Valyuta inqirozi. Bunda milliy valyutaning obro‘si tushib kеtadi. Bankda valyuta
zaxirasi tugab, milliy valyuta kursi tushib kеtadi.
Birja inqirozi. Bu tanglik birjada qimmatli qog‘ozlar kursining tеzda tushib kеtishi,
ularni emissiya qilishni qisqarishi, fond birjalari faoliyatidagi chuqur tushkunlikda
ifodalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |