Ekspluatatsiyasi instituti transport vositalari kafedrasi transport vositalarining elektr


   O‘zgaruvchan tok generatorining tuzilishi va  ishlash printsipi



Download 4,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/108
Sana30.12.2021
Hajmi4,29 Mb.
#95796
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   108
Bog'liq
TVEJvaET-ММ

 2.2. 

 O‘zgaruvchan tok generatorining tuzilishi va  ishlash printsipi  

 

   Avtomobil  generatorlari  tuzilishi  sodda,    ishlatilish  jarayonidagi  chidamlilik  va  ishonchlilik  darajasi 

yuqori,  gabarit o‘lchamlari,  massasi, tannarxi mumkin qadar kichik va dvigatel aylanishlar chastotasi past 

bo‘lgan hollarda ham akkumulatorni zaryad qilinishini ta’minlash kabi xususiyatlarga ega bo‘lishi kerak. 

   Uzoq  vaqt  davomida  avtomobillarda  elektr 

energiyaning    asosiy  manbai  sifatida  o‘zgarmas  tok 

generatorlari  ishlatildi.  Avtomobillardagi  elektr  toki 

iste’molchilarining  tobora    ko‘payishi,  katta  shahar 

ko‘chalaridagi 

transport 

harakati 

qatnovining 

nihoyatda 

tig‘izlashishi 

natijasida 

avtomobil 

dvigatellarining    salt  ishlash  vaqtini  ancha  ortishiga 

olib  keldi,  va  bu  generatorlarning  quvvatini  va 

maksimal  aylanishlar  chastotasini    oshirish  ehtiyojini 

tug‘dirdi.  O‘zgarmas  tok  generatorining  jiddiy 

kamchiliklari va tuzilishining o‘ziga xos tomonlari bu 

masalani hal qilish imkonini bermaydi. Xususan:  

  o‘zgarmas    tok    generatorida    bir    fazali 



o‘zgaruvchan  tok  yakor  chulg‘amlarida,  ya’ni 

generatorning  aylanuvchi  qismida  induktsiyalanadi,    

uni    iste’molchilarga    uzatish  katta  qiyinchiliklar 

tug‘diradi; 

 o‘zgarmas    tok    generatorlarida  mexanik 



to‘g‘rilagich 

vazifasini 

bajaruvchi 

kollektor 

2.2-rasm. O‘zgaruvchan tok generatori 

(soddalashtirilgan ko‘rinishi) 

 

2.1-rasm. Elektr ta’minot tizimining tarkibiy 



sxemasi 

 



 

11 


generatorning  aylanishlar  chastotasini  va  quvvatini  oshirish  imkoniyatini  bermaydi,  chunki  yakorning 

aylanishlar  chastotasi  va  undagi  tok  qiymati  oshganda,    cho‘tka  bilan    kollektor  orasida  me’yoridan  ortiq 

uchqun hosil bo‘ladi va ular tez yeyilib, ishdan chiqadi; 

 o‘zgarmas  tok  generatorining  yuklama  toki  belgilangan  maksimal  qiymatidan  oshib  ketishi  tufayli,  



hamda  akkumulatorlar  batareyasini  (generator  ishlamay  turgan  holda)  generator  chulg‘amlari  orqali 

razryadlanish havfidan saqlash maqsadida kuchlanish rostlagichiga qo‘shimcha  ravishda  tok  cheklagich va 

teskari  tok  relelari  o‘rnatiladi.  Bu  rele-rostlagichlarning    konstruktsiyasini    murakkablashtiradi  va  ularning 

ishonchliligini pasaytiradi. 

Elektron  sanoatning  rivojlanishi  natijasida  tannarxi  arzon,  o‘lchamlari  kichik,  yuqori  haroratlarga 

chidamli va ishonchliligi baland bo‘lgan, kremniy yarim o‘tkazgichlar asosida yasalgan to‘g‘rilagichlarning 

paydo bo‘lishi, o‘zgarmas  tok  generatorlariga xos bo‘lgan  kamchiliklardan holi bo‘lgan o‘zgaruvchan tok 

generatorlarini avtomobillarda keng ko‘lamda ishlatish imkonini 

berdi. 

O‘zgaruvchan  tok    generatorlarining  tuzilishi    o‘zgarmas  

tok  generatorlariga  nisbatan  sodda,    quvvati  bir  xil  bo‘lgan 

holda,    gabarit  o‘lchamlari  va  massasi  2-3  marta  kichik, 

chidamlilik  va  ishonchlilik  darajasi  ancha  yuqori.  Ularda 

qimmatbaho  rangli  metall  bo‘lgan    mis    o‘zgarmas  tok 

generatoriga  nisbatan    ~  3  baravar  kam  ishlatiladi.  

O‘zgaruvchan    tok    generatorlarida  kollektor  yo‘q,  murakkab  

yakor  chulg‘ami  o‘rniga  o‘ralishi  oson  bo‘lgan  stator 

chulg‘amlari  ishlatiladi.  Uyg‘otish  chulg‘ami  ham  yaxlit  bitta 

g‘altakdan  iborat.    O‘zgarmas  tok  generatorlarining  solishtirma 

quvvati (ya’ni 1 kg massasiga to‘g‘ri keladigan quvvat) 45 Vt/kg 

dan  oshmagan  holda,  o‘zgaruvchan  tok  generator-aridagi  bu  

ko‘rsatkich 150 Vt/kg dan ortib ketdi. 

O‘zgaruvchan  tok  generatorlarida  kollektorning  yo‘qligi 

hisobiga  uning  maksimal  aylanishlar  chastotasini  12000-15000 

min 

-1

  ga  yetkazish,  dvigatel  bilan  generator  orasidagi  qiyiq 



tasmali  uzatmaning  uzatish  sonini  2,0-2,5  gacha  oshirish 

mumkin.  Bu    dvigatel  salt  ishlagan  holda  ham  generatorning 

50…60  %    quvvatini  iste’molchilarga  berish  va  akkumulatorni 

zaryadlash imkonini beradi. 

O‘zgaruvchan  tok  generatorlari  yuklama  tok  qiymatini 

cheklash  xususiyatiga  ega  bo‘lganligi  va  ularda  to‘g‘rilagich 

sifatida  yarim  o‘tkazgichli  diodlar    ishlatilganligi  sababli  tok 

cheklagich  va  teskari  tok  relelariga  zarurat  yo‘qolad.  Bu 

generatorning 

kuchlanishini 

rostlash 

tizimini 

ancha 

soddalashishiga va uning  ishonchlilik  darajasini  ortdishiga olib 



keldi.   

O‘zgaruvchan  tok  generatori  (2.2-rasm)  asosan  quyidagi 

qismlardan    tashkil  topgan:  qo‘zg‘almas  stator  1,  aylanuvchi 

rotor  9,  kontakt  halqalari  13,    cho‘tkalar  12,  cho‘tkatutqich  14, 

to‘g‘rilagich  bloki  7,  parrakli  shkiv  4    va    qopqoqlar  3,  10.   

Stator elektrotexnik po‘lat plastinalardan yig‘ilgan bo‘lib  uning 

ichki yuzasida stator g‘altaklari o‘rnatish uchun mo‘ljallangan va 

2.3-rasm. Uch fazali ikki yarimdavrli to‘g’rilagich sxemasi 

2.4-rasm.  Замонавий  генераторлар-

нинг тўғрилагич блоки 

2.5-rasm.  Faza  kuchlanishi  U

  ni  



birinchi 

U



va 

 

uchinchi 



U

  



garmonika sinusoidalarning yi-g’indisi 

shaklidagi ko‘rinishi 

 



 

12 


oralig‘i  bir  hil    bo‘lgan  tishchalari  mavjud.  Tishchalarni  soni    18,  36  yoki  72  bo‘lishi  mumkin.  Hozirgi 

zamon  generatorlarida ko‘proq  36  tishchali  statorlar ishlatilmoqda. Bu  tishchalarga  18  (yoki 36, 72)  stator 

g‘altaklari joylashtirilib,   ular  uch  fazaga  bo‘linadi.   Har  bir  fazaga  oltita ketma-ket  ulangan  g‘altak kiradi. 

Fazalar o‘zaro  «yulduz»  yoki  «uchburchak» sxemasi bo‘yicha mumkin. Stator chul’amlarini «uchburchak» 

sxemasi bo‘yicha ulanganda undagi faza tokining  qiymati chiziqli tokga nisbatan 

3

 martaga kam bo‘ladi. 



«Yulduz»  sxemasida  esa  faza  va  chiziqli  toklar  bir-biriga  teng  bo‘ladi.  Bu  esa  «uchburchak»  sxemasi 

bo‘yicha  o‘ralgan  stator  chulg‘amlari  uchun  diametri  kichikroq    bo‘lgan  sim  ishlatish  imkonini  beradi. 

Shuning  uchun  oxirgi  vaqtda  generatorlarning  zarur  quvvatini  saqlagan  holda  uni  o‘lchamlarini  ixchamroq 

qilish  maqsadida  stator  chulg‘amlarini  «uchburchak»  sxemasi  bo‘yicha  o‘rash  tobora  keng  qullanilmoqda. 

Xuddi shu maqsadda, ba’zi generatorlarda “qo‘sh yulduz” sxemasi ham ishlatiladi.     

    Rotor qarama-qarshi qutbli, olti uchli tumshuqsimon po‘lat o‘zak 9 va  ular orasidaga po‘lat vtulka 15 ga 

o‘ralgan  uyg‘otish  chulg‘ami  8  dan  iborat.    Uyg‘otish  chulg‘amining  uchlari  valdan    va    bir-biridan 

izolyatsiya  qilingan  mis  halqalar  13  ga  ulangan.  Rotor  vali  alyuminiy  qotishmalaridan  tayyorlangan 

qopqoqlarga o‘rnatilgan zo‘ldirli podshipniklarda aylanadi. 

   Kontakt halqalar tomonidagi qopqoq 10 ga  plastmassadan  tayyorlangan,  ikkita mis-grafit cho‘tkalar 12 

joylashtirilgan,  cho‘tkatutqich  14  va  to‘g‘rilagich  bloki  7  o‘rnatilgan.  Valga    shponka    yordamida  parrakli 

shkiv   4    mahkamlangan.  Generator  rotori  harakatni  shkiv  va tasmali  uzatma    orqali   dvigatelning   tirsakli  

validan oladi. 


Download 4,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish