Keywords: Simulator, imitation, computer network, model, Cisco Packet tracer, virtual reality, server,
client, switch.
Respublika oliy ta’lim muassasalarida axborot – kommunikasiya texnolo-
giyalarini ta’lim jarayoniga qo‘llashni yangi usul va vositalar yordamida tashkil
etish, masofadan turib o‘qitish va kompyuterlashtirilgan anjumanlar o‘tkazishga
erishish, elektron darsliklar yaratish va ularni o‘quv-tarbiya jarayonida qo‘llashga
qaratilgan tadbirlar, ta’limni isloh qilish bo‘yicha nufuzli loyihalar, ilmiy
tadqiqotlar olib borilmoqda.
Hozirgi axborotlashgan jamiyatda axborotlarni boshqarish texnikasi va
texnologiyalari bilan ishlovchi mutaxassislarni tayyorlashda pedagogika oliy ta’lim
muassasalari informatika o‘qitish metodikasi ta’lim yo‘nalishida “Tarmoq
texnologiyalari” fanining ahamiyati nihoyatda katta. Bu borada respublikamizda
mutaxassislar tayyorlashni davr talablari darajasiga ko‘tarish bo‘yicha samarali
ishlar olib borilayotganligiga qaramasdan, hozirgacha quyidagi muammolar o‘z
yechimini kutmoqda:
- “Tarmoq texnologiyalari” fanidan o‘zbek tilidagi darslik va qo‘llanmalar,
shu jumladan, ularning elektron variantlarning yetarli emasligi yoki umuman
yo‘qligi va mavjudlarining talab darajasida emasligi;
- fan bo‘yicha elektron ta’lim resursilarning yo‘qligi;
- “Tarmoq texnologiyalari” fanidan ma’ruza, amaliy, laboratoriya va mustaqil
ta’lim
mashg‘ulotlari
uchun
zamonaviy
axborot
–
kommunikasiya
texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha uslubiy ko’rsatmalar mavjud emasligi;
- soha yo‘nalishidagi mutahassislarni tayyorlash bo‘yicha o‘qitishning uslubiy
jihatlari, ilmiy mazmunini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqotlar yetarli darajada
olib borilmayotganligi.
“Tarmoq texnologiyalari” fanini o‘qitishda o‘quv materiallari mazmuniga va
uni o‘qitishning metodik usullarini tanlashga tizimli yondashish kerak. Asosiy
muammo o‘quv kursi mavzularini aniq, mantiqiy va ilmiy asoslangan holda tanlash
masalasi bo‘lib, u o’z navbatida quyidagilar bilan bog’liq: predmetlararo va ichki
predmetaro aloqadorlik; o‘quv vaqtini taqsimlash; bilimni tizimli shakllantirishdagi
asosiy qoida, qonun va tushunchalar; o‘quv materialining mantiqiy tahlil.
“Tarmoq texnologiyalari” fanidan laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlar olib
borishda, talabalarda, asosan, kasbiy sohasida uchraydigan tarmoqqa doir
muammolarni bartaraf etish yo‘llarini o‘rganish, mintaqaviy, lokal va global
kompyuter tarmoqlarining imkoniyatlarini ochib berish, kompyuter tarmoqlaridagi
ma’lumotlardan qanday hollarda va qanday maqsadlarda ishlatish tushunchalarini
shakllantirish, global tarmoqqa joylashtiriladigan ma’lumotlarni hosil qilish
yo‘llari bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish kerak.
Oliy ta’lim Davlat ta’lim standarti va malaka talablari informatika o‘qitish
metodikasi ta’lim yo‘nalishi bakalavrlarining tayyorgarlik darajasi va zaruriy
bilimlar mazmuniga qo‘yiladigan talablarga asosan kursni o‘zlashtirish natijasida
talabalar quyidagi bilim, ko’nikma va malakalarga ega bo’lishi zarur: tarmoq
texnologiyalarining zamonaviy usullari va vositalari; kommunikatsion kanal va
aloqa protsessori; signallarning modulasiyasi va demodulasiyasi, tarmoq
xizmatlari, ko‘prik va shlyuzlar, tarmoq topologiyalari, ma’lumotlarni uzatish
bayonnomalari, IP (Internet Protocol), TCP (Transmission Contrel Protocol) va
UDP (User Dataram Protocol) protokollari, tarmoq operatsion tizimlari, lokal
kompyuter tarmoqlari va ularni boshqarish, Intranet va Intranet tarmoqlararo
birlashmasini tashkil etish, Internet interfoal resurslarini yaratish.
1
Mustaqil ta’lim mashg‘ulotlari topshiriqlarini har bir talaba mustaqil ishlarni
bajarishda ijodiy yondashadigan qilib, masalan, mavzuning mohiyati bo‘yicha
topshiriqlarni yozma referat, imitasion modellar (simulyatorlar), trenajyor
dasturlari va multimediali taqdimotlardan foydalangan holda individual amaliy
shaklda tayyorlashi maqsadga muvofiq.
“Tarmoq texnologiyalari” fanini o‘qitishdagi asosiy muammolar quyidagilar
hisoblanadi:
- internetdan zarur materiallar, yangi adabiyotlarni olish va fandagi
ma’lumotlarni yangilash;
- materiallar yangilanishini inobatga olib, fanning elektron axborot ta’lim
resursilarini ishlab chiqish;
- fanni o‘qitishga doir elektron darslik, elektron qo‘llanma va elektron o‘quv-
uslubiy majmualarini yaratish;
- fandan laboratoriya, amaliy va mustaqil ta’lim mashg‘ulotlarini o‘tkazishda
SMART – texnologiyalar asosida yangi pedagogik va axborot texnologiyalaridan,
imitasion modellar va trenajyorlardan foydalanish metodikasini ishlab chiqish
orqali yechish mumkin.
1
Оliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2016 yil 137-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan Malaka talabi.
Tarmoq texnologiyasiga doir bo‘lgan imitasion modellar dasturlarni yaratish
jarayonlari, xabarlarni paketlarga va muayyan protokollarning kadrlariga bo‘lish,
operatsion tizim ichida xabarlar, paketlar va freymlarni ishlash bilan bog‘liq
kechikishlar, kompyuterni umumiy tarmoq muhitiga kirish jarayoni, mashrutizator
tomonidan kiruvchi paketlarni qayta ishlash va hakozo. Tarmoqni imitasion
modellashtirishda qimmatbaho asbob-uskunalarni sotib olishning hojati yo‘q -
uning ishlashi bunday uskunaning barcha asosiy xususiyatlarini va parametrlarini
to‘g‘ri tarzda takrorlaydigan dasturlar bilan taqlid qilinadi.
Imitasion modellarining afzalligi, dasturning tezligida sodir bo‘lgan
voqealarni tezlashtiruvchi jarayon bilan real vaqtda tadqiq qilinayotgan tizimdagi
o‘zgaruvchan hodisalar jarayonini o‘zgartirishi mumkin. Natijada, bir necha
daqiqada siz tarmoqni bir necha kun davomida qayta yaratishingiz mumkin, bu
tarmoqni o‘zgarmaydigan parametrlarning keng doirasini baholash imkonini
beradi.
Imitasion modelining natijasi sifatida, tarmoqdagi eng muhim xususiyatlarga
nisbatan sodir bo‘lgan voqealarni kuzatish davomida to‘plangan statistik
ma’lumotlar ya’ni, ta’sir vaqtlari, kanal va tugunlarni ishlatish koeffitsientlari,
paketni yo‘qotish ehtimoli va boshqalar aniqlanadi.
Imitasion modellashtirish kompyuter tarmoqlarini modellashtirish uchun ko‘p
imkoniyatlar ega, shuning uchun ular asosida tarmoq modellarni yaratish
maqsadga muvofiq bo‘ladi. Shunday imkoniyatlarni yaratuvchi dasturiy
mahsulotlardan biri bu Cisco Paket Tracer simulyator dasturidir.
Cisco Packet Tracer – “Cisco” tarmoq qurilmalari bilan ishlash hamda
tarmoqlarni qurish uchun mo‘ljallangan simulyator dasturi. Bu dastur grafik
simulyator bo‘lib, virtual tarmoq qurilmalari, server va mashinalar yordamida
virtual tarmoqlarni tuzish, grafik stendlar yaratish, kompyuter tarmoqlarini tashkil
qilishni o‘rganishda va tarmoqlarni tekshirishda didaktik vosita sifatida
qo‘llaniladi. Cisco, Cisco ASA (Cisco Systems, Inc)
2
, Juniper
3
tarmoq qurilmalari
2
Cisco Systems, Inc. – 1984 yilda tashkil etilgan va jahonda telekommunikasiya qurilmalari sohasida etakchi
bo’lgan amerika kompaniyasi.
va tarmoq operatsion tizimlari yordamida boshqariladigan serverlar hamkorligida
kompleks loyihalar tashkil etish mumkin.
“Tarmoq texnologiyalari” fanidan laboratoriya mashg‘ulotini Cisco Packet
Tracer simulyator dasturidan foydalanib olib borish bo‘yicha amaliy dars
ishlanmasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |