Mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti


  Ta‘lim  muassasasi  rahbariga  qo‗yiladigan  talablar  va  ularning  funksional



Download 9,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/392
Sana30.12.2021
Hajmi9,09 Mb.
#95110
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   392
Bog'liq
2020. 2-tuplam 03.02.2020

2.  Ta‘lim  muassasasi  rahbariga  qo‗yiladigan  talablar  va  ularning  funksional 
vazifalari
 
Maktabda samarali rahbarlik qilish malakalarni rivojlantirish: 
-  Rahbarlikka  uzluksiz  jarayon  sifatida  qarash,  rahbarlikka  boshlang‗ich  o‗quvlarini 
rag‗batlantirish;  
-Rahbarlik    lavozimiga  kirishish  rejasini  tuzish;  extiyojlarni  qamrab  oluvchi  va 
mavjud  vaziyatdan  kelib  chiqib  mehnat  faoliyatidan  ajralmagan  holda  o‗quvlarni  tashkil 
etish;  
-ushbu o‗quvlarni turli muassasalar tomonidan taqdim etilishini kafolatlash; 
-Samarali o‗qish uchun turli xil shakl va mazmunni ta‘minlash. 
-Yevropa  ta‘lim  muhitida  ta‘lim  tizimiga  rahbarlikning  axamiyati  tobora  o‗sib 
borayotganini  kuzatish  mumkin.  2009  yilda  Yevropa  Kengashi  quyidagi  murojaatni  qabul 
qildi: 
         “Maktabga samarali rahbarlik qilish – ta‟lim berishning barcha jabhalarini va 
o„qish  muhitini  shakllantirishda,  o„quvchilar,  ota-onalar,  o„qituvchi  hamda  boshqa 
hodimlarning  intilishlarini  qo„llab-quvvatlashda,  shu  bilan  birga,  yuqori  natijalarga 
erishishda  asosiy  omildir.  Shuning  uchun,  bugungi  talablar  maktab  rahbarlaridan,  ular 
duch keladigan muammolarni anglab yetish va ularni yechish uchun muayyan qobiliyat va 
sifatlarga  ega  bo„lishlarini  yoki  o„zlarida  shularni  rivojlantira  olishlarini  taqozo  etadi. 
Maktab rahbarlari ma‟muriy topshiriqlar bilan ortiqcha yuklanmasdan, ta‟lim sifati, o„quv 
dasturi,  pedagogik  masalalar  va  kadrlarning  sifati  va  salohiyati,  rag„batlantirish  va 
rivojlantirish  kabi  muhim  ishlarga  ko„proq  ahamiyat  qaratishlari  xam  o„ta  jiddiy 
ahamiyatga egadir. (Yevropa Kengashi 2009, 8 bet). 
   2010  yil  oktabrida  Yevropa  Kommissiyasining  Kiprda  bergan  hisobotida  ta‘lim 
ekspertlari  tomonidan  o‗tkazilgan  tadqiqot  natijalari  tahlil  qilinib,  quyidagi  fikrlar 
bildirilgan:  “Maktabga  rahbarlikning  yagona  usuli  yo„qdir,  lekin  rahbarlik  maqomidagi 
insonlardan  talab  qilinadigan  asosiy  bilim  va  malakalarni  belgilab  chiqish  mumkin. 
Ularning  ba‟zilari  mazmun  bilan,  ba‟zilari  esa  madaniy  jihatlarga  tegishlidir,  biroq 
umumiy  holda,  asosiy  rahbarlik  malakalari  ma‟lum  bir  tartibga  solinmagan  bo„lsa  ham, 
ta‟lim siyosati asosiy e‟tiborni maktabni samarali boshqaruviga qaratishi va ushbu g„oyani 
qo„llab-quvvatlashi kerak”. (Yevropa Kommissiyasining hisoboti, 2010 y., 5 bet). 
Aniqlangan  asosiy  rahbarlik  sifatlari  quyidagilardir  (Yevropa  Kommissiyasining 
2010 yil hisobotidan olingan). Ularning barchasi teng ravishda muhimdir. 
 Uzoqni ko‗ra olish, xodimlar  va o‗quvchilarni ruhlantirish qobiliyati  Strategik fikr 
yuritish,  to‗laqonli  tasavvur  hosil  qila  olish  qobiliyati  Ta‘lim  berishni  va  o‗qish 
natijalarini yaxshilay olish qobiliyati  
 O‗qish  muhiti  va  o‗qish  madaniyatini  takomillashtira  olish  qobiliyati  Zaxiralardan 
samarali foydalana olish qobiliyati  
 Ta‘lim tizimini puxta bilish  
 Kuchli kommunikativ ko‗nikmalar, ochiqlilik  
 Muammolarni yecha olish qobiliyati 
 
Yuqoridagi sifatlar ta‘lim rahbarlarining quyidagi shaxsiy sifatlarini ko‗zda tutadi 
(Yevropa Kommissiyasining 2010 yil hisobotidan olingan): 
 Jasorat 
 Optimizm va moslashuvchanlik 


 

 Tolerantlilik (toqatli bo‗lish) 
 Emotsional madaniyat, o‗z-o‗zini idrok etish  
 Harakatchanlik 
 Intiluvchanlik (ambitsiya) va burchga sadoqat  
 Bilimga tashnalik 
Yuqorida  ko‗rganimizdek,  maktab  rahbarlik  lavozimlaridagi  xodimlar  keng  talablar 
doirasiga  javob  berishlari  kerak.  Maktab  boshqaruvi  o‗ziga  hosligi  bilan  ajralib  turadi 
hamda  vaziyatning  murakkabligi  ko‗pgina  xolatlarda  biznesda  yoki  boshqa  tashkilotlarda 
rahbarlik  lavozimida  bo‗lishdan  anchagina  yuqoridir.  Ta‘lim  jarayoni  ishtirokchilarining 
(o‗qituvchilar,  o‗quvchilar,  ota-onalar  va  ta‘lim  tizimining  ma‘muriy  tuzilmalari)  talablari 
ko‗pgina hollarda bir-biriga mos kelmasligi va faqatgina yuqori darajadagi muloqot qilish, 
muzokaralar olib borish va muomala ko‗nikmalari, muqimlik, egiluvchanlik xamda boshqa 
shaxslar  guruxida  norozilikka  olib  kelishi  mumkin  bo‗ladigan  qarorlarni  qat‘iy  qabul  qila 
olish qobiliyatini xam talab qiladi. Boshqa sohalardagi rahbarlardan farqli o‗laroq, maktab 
rahbarlari o‗zlarining faoliyatida mablag‗, infratuzilma, tegishli kadrlar va boshqa resurslar 
bilan yetarli darajada ta‘minlanmagan holda strategik yechimlarni qabul qilishga va shunday 
sharoitda  kutilayotgan  natijalarga  erishishni  talab  qiluvchi  holatga  tushadilar.  Natijada, 
boshqaruvda  improvizatsiya  (nostandart  harakat  qilish)  maktab  rahbarining  muammolarni 
yechish  xamda  resurlarni  izlash  kabi  ko‗plab  vazifa  va  javobgarliklarining  uzviy  qismiga 
aylanmoqda. 
Maktab  rahbarini  insonlar  tomonidan  qabul  qilinishi  va  ular  tomonidan  tan  olinishi, 
maktabning  muhiti  va  muvaffaqiyati  uchun  o‗ta  muhimdir.  Maktab  rahbarining  yuqori 
malakasi  maktabda  yuksak  darajadagi  ta‘lim  muhitini  shakllantirishda  xamda  salmoqli 
yutuqlarga erishishda ahamiyati o‗ta muhimdir. 
2006 yildan 2008 yilgacha Iqtisodiy Xamkorlik va Rivojlantirish Tashkiloti (OECD) 
tomonidan o‗tkazilgan dunyo bo‗ylab maktab rahbarlik siyosatlari va amallarining tadqiqot 
natijasida  shunday  hulosaga  kelindiki,  ko‗pgina  mamlakatlarda  maktab  rahbarlari  ortiqcha 
vazifalar bilan yuklangandirlar, yetarli darajadagi yaxshi malakaga yoki tayyorgarlikka ega 
emaslar  yoki  nafaqa  oldi    yoshidadirlar.  Tadqiqot  shuni  xam  ko‗rsatdiki,  kam  sonli 
mutaxassislar  maktab  rahbarligini  egallashga  qaror  qiladi  (Pont  va  boshqalar.  2008, 
2208a).2 Bu muammolarni yechish uchun OECD maktabda rahbarlik amaliyotini yaxshilash 
uchun to‗rtta strategik qatlamni belgiladi (Pont va boshqalar 2008 dan olingan):  

 Maktabga rahbarlikni qayta (boshqatdan) belgilash;  

 Maktabga rahbarlikni targ‗ibot qilish;  

 Maktabga samarali rahbarlik uchun talablar (standartlar) ishlab chiqish; 
 

 Maktabda rahbarlikni jozibador kasbga aylantirish. 
Ushbu strategik qatlamlarining xar biri uchun bir qancha tadbirlarni amalga oshirish 
kerak: 

Download 9,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   392




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish