Mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti


―Kadrlarni tanlash va ularni joy-joyga quyish  jarayonidagi  muammolar va ularning yechimi‖



Download 9,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/392
Sana30.12.2021
Hajmi9,09 Mb.
#95110
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   392
Bog'liq
2020. 2-tuplam 03.02.2020

Kadrlarni tanlash va ularni joy-joyga quyish 
jarayonidagi  muammolar va ularning yechimi‖ 
 
Kichik guruhlarda ishlash 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Kadrlar zahirasi bilan ishlash 
Yana  bir  kadrlar  ishi  bilan  bog‗liq  masalani  ko‗rib  chiqamiz  -  bu  boshqaruv 
xodimlarini zaxirasining oldindan tayyorlashdir. 
muammo 
 
yechimi 
 
yechimi 
muammo 
1-amaliy mashg‗ulot 
 


 
28 
2017-2021  yillarda  O‗zbekiston  Respublikasini  rivojlantirishning  beshta  ustuvor 
yo‗nalishi bo‗yicha Harakatlar strategiyasida davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish, 
davlat  xizmatining  sifati  va  samarasini,  davlat  xizmatchilarining  esa  kasbiy  tayyorgarlik 
darajasini  oshirish  orqali  davlat  boshqaruvi  tizimini  isloh  qilish  muhim  ahamiyatga  molik 
vazifalar sifatida alohida belgilangan. 
O‗tgan  davr  mobaynida  Harakatlar  strategiyasi  talablari  asosida  amalga  oshirilgan 
keng ko‗lamli ishlarning ko‗pgina qismi ayni vazifalar ijrosiga qaratilganligi bilan e‘tirofga 
sazovordir.  Ayniqsa,  mamlakatimiz  Prezidentining  joriy  yil  8  avgustdagi  ―O‗zbekiston 
Respublikasi  Prezidenti  huzuridagi  Davlat  boshqaruvi  akademiyasida  boshqaruv  kadrlarini 
tayyorlash,  qayta  tayyorlash  va  ularning  malakasini  oshirishning  samarali  tizimini  yanada 
rivojlantirish  chora-tadbirlari  to‗g‗risida‖gi  farmoni  islohotlarning  hozirgi  yangi  bosqichi 
yo‗lida o‗ziga xos qadam bo‗ldi. 
Qo‗yilgan  talab  esa  jamiyat  taraqqiyotini  ta‘minlash  uchun  tizimli  tahlil  qiluvchi, 
strategik  rejalashtiruvchi,  murakkab  sharoitda  ham  oqilona  qaror  qabul  qila  oluvchi, 
tashabbuskor  va  lider  rahbar  kadrlarga  nisbatan  ehtiyojning  oshib  borayotgani  bilan 
izohlanadi.  Shundan  kelib  chiqib  hozir  akademiya-da  asosiy  e‘tibor  jahon  standartlariga 
to‗liq javob beradigan bilimga, yurtimizni har bir sohada oldingi safga olib chiqishga, aholi 
hayot  sifatini  yanada  yaxshilashga  qaratilgan  ezgu  maqsadni  amalga  oshirish  salohiyatiga 
ega,  izlanuvchan  rahbar  kadrlarni  tayyorlash,  qayta  tayyorlash  va  malakasini  oshirishga 
qaratilmoqda. 
Kadrlar  ishining  mohiyatli  tomoni  -  bu  kadrlar  zaxirasini  tayyorlash  vaa  o‗qitishdir. 
Kadrlar  zaxirasi  turli  lavozim  saviyalariga  mo‗ljallangan  shaxslarning  o‗z  ichiga  oladi: 
bo‗lim  boshlig‗i,  ularning  o‗rinbosarlari  va  boshqa  mutaxassislar  kiradi.  Har  bir  lavozim 
boshqasidan o‗zining faoliyat ob‘ekti va ish tavsifi bilan farqlanadi. 
Kadrlar  zaxirasining  tayyorlashning  yetakchi  taraqqiyot  topgan  davlatlardagi 
ahamiyatini  quyidagi  misol  bo‗yicha  ko‗rish  mumkin.  Qandaydir  g‗arbiy  firma  o‗z 
direktorlarining  bir  vaqtda  2  oyga  ta‘tilga  jo‗natib  yubordi.  Shu  vaqtda  ularning  o‗rinlari 
rezerv hisoblangan o‗rinbosarlari egalladi. Ta‘tildan qaytgandan keyin har bir rahbarga ular 
o‗rinbosarlarining muvaffaqiyatli ishiga qarab baho berildi. Korxonalarning rahbarlari yo‗q 
vaqtda  yaxshi  ishlagan  o‗rinbosarlar  direktorlari  lavozimdan  bo‗shatiladilar  yoki  quyi 
lavozimga o‗tkaziladilar. 
O‗zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2018  yil  30  maydagi  "Istiqbolli  boshqaruv 
kadrlarini  tanlov  asosida  tanlab  olishning  zamonaviy  tizimini  yaratish  chora-tadbirlari 
to‗g‗risida‖gi qarori qabul qilindi. 
Qarorga ko‗ra, endilikda 3 yilda bir marta istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlab olish 
bo‗yicha "Taraqqiyot‖ respublika tanlovi o‗tkaziladi. 
Tanlovda tayanch oliy ma‘lumotga va tegishli sohada rahbarlik lavozimida kamida uch 
yil  ish  tajribasiga  ega,  30  yoshdan  45  yoshgacha  bo‗lgan  (45  yosh  ham  qo‗shilgan  holda) 
O‗zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etishlari mumkin. 
Davlat  tashkilotlarida  mehnat  qilayotgan  ishtirokchilarning  tanlovda  ishtirok  etish 
davrida ularning egallab turgan lavozimi va o‗rtacha oylik ish haqi saqlab qolinadi.  
Tanlov  g‗oliblariga  eng  kam  ish  haqining  50  baravari  miqdorida,  final  bosqichining 
qolgan ishtirokchilariga esa – eng kam ish haqining 25 baravari miqdorida bir martalik pul 
mukofoti to‗lanadi. Bunda tanlov final bosqichining qolgan ishtirokchilari tegishli sohaning 
boshqaruv kadrlari zaxirasiga kiritiladi.  
Tanlov  g‗oliblari  "Boshqaruv  kadrlarini  tayyorlash  bo‗yicha  Prezident  dasturi‖ga 
muvofiq  uch  oylik  kurslarda  o‗qishi  hamda  mazkur  kurslarni  o‗tagandan  keyin  tegishli 
yo‗nalishlar bo‗yicha davlat tashkilotlarida rahbarlik lavozimlariga tayinlanishi belgilandi. 


 
29 
Hozirgi  vaqtda  kadrlar  qo‗nimsizligi  oldini  olish,  ular  bilan  sifatli  ishlash,  yuqori 
malakali xodimlarni tarbiyalash uchun kadrlar zahirasini tuzish katta ahamiyatga ega.  
  Bo‗sh rahbar lavozimlarni egallash uchun kadrlar zahirasi o‗rnatilgan talablar asosida 
mavjud  yoki  hosil  bo‗layotgan  bo‗sh  lavozimlarni  egallash  uchun  tayyorgarlikdan  o‗tgan 
mutaxassislarning tanlangan kontingentidan iborat bo‗ladi. Bugungi kunda har bir bo‗lg‗usi 
rahbar  ―zahira  kadr‖  uchun,  shuningdek,  ta‘lim  muassasasi  rahbari  uchun  ham  kasbiy  va 
boshqaruv faoliyati bo‗yicha ma‘lum bilimlar hajmiga ega bo‗lish yetarli emas, zamonaviy 
rahbar o‗z faoliyatini va rahbarlik qilayotgan muassasasi faoliyatini qayta qurish bo‗yicha, 
o‗z  ishini  muntazam  takomillashtirish,  mustaqil  o‗qish,  o‗zini  o‗zgartirishga  intilish,  kelib 
chiqadigan muammolarni bartaraf qilish uchun  ijodiy qarorlar qabul qilish yuzasidan bilim 
va ko‗nikmalarni egallashi zarur.  
Bo‗sh  lavozimlarni  egallashga  nomzodlar  (―zahira  kadrlar‖)ga  bu  bilim  va 
ko‗nikmalarning  barchasini  xalq  ta‘limi  tizimining  kadrlar  va  metodik  xizmatlari 
o‗rgatishlari lozim. 
Kadrlar zahirasini shakllantirish va tayyorlash bo‗yicha rejali ishlar tahlili ko‗rsatdiki, 
Kadrlar  zahirasi  bilan  ijodiy  va  savodli  ishlashni  tashkil  qilishda  quyidagi  imkoniyatlar 
kelib chiqadi: 
- respublika  xalq  ta‘limi  organlari  va  ta‘lim  muassasalarining  bo‗lg‗usi  rahbarlarini 
tanlashni va maqsadga yo‗naltirilgan tayyorlashni yaxshilash; 
- Zahiraga  kiritilgan  mutaxassisning  tegishli  rahbarning  lavozim  majburiyatlarini 
bevosita bajarish imkoniyatlarini tekshirib ko‗rish; 
- rahbar  lavozimlar  uchun  nomzodlarga  ehtiyojni  zarur  sifatlarga  ega  va  Kadrlar 
zahirasi  tarkibida  tegishli  nazariy  va  amaliy  tayyorgarlikdan  o‗tgan  mutaxassislar  bilan 
qondirish; 
- respublika ta‘lim  muassasalariga yangi tayinlangan  xodimlarning  moslashuv davrini 
qisqartirish. 
Kadrlar  zahirasini  xalq  ta‘limi  organlarida  va  ta‘lim  muassasalarida  shakllantirish  va 
tayyorlash  har  bir  xalq  ta‘limi  organlari  va  ta‘lim  muassasalari  rahbarlarining  bevosita 
vazifasi  hisoblanadi.  O‗zbekiston  Respublikasi  Xalq  ta‘limi  vazirligi  tomonidan  Kadrlar 
zahirasi  bilan  ishlash  bo‗yicha  yo‗riqnoma  ishlab  chiqilgan  bo‗lib,  u  xalq  ta‘limi  vaziri 
tomonidan tayinlanadigan rahbar lavozimlardan boshlab, maktablar  va  maktabgacha ta‘lim 
muassasalari  rahbarlarigacha  bo‗lgan  barcha  nomenklatura  lavozimlari  Kadrlar  zahirasi 
bilan ishlash imkoniyatini beradi. 
  Direktor  ish  beruvchi  sifatida  maktabni  kadrlar  bilan  ta‘minlash  choralarini  ko‗rib 
borishi lozim. Zarur bo‗lganda ishlayotgan har qanday xodimni almashtirish zarur bo‗lgan 
hollar  uchun  zahira  tayyorlashi,  zahira  xodimlar  faoliyatidagi  muvaffaqiyatlar  va 
kamchiliklarni tahlil qilib borishi kerak. Bunda zahira rahbar kadrlarni: maktab direktorlari, 
direktor  o‗rinbosarlari,  psixologlar,  kutubxonachilar  hamda  metodika  birlashmalari 
rahbarlarini o‗qitish rejasi muntazam tayyorlab borilishi lozim.  
Bu  rejani  quyidagi  muammolarni  hisobga  olgan  holda  va  quyidagi  mavzular  asosida 
tuzish maqsadga muvofiq.  
- pedagogik  jamoaning  kundalik  va  istiqboldagi  faoliyatini  rejalashtirishni  tashkil 
qilish; 
- maktab  ish  rejasini  ishlab  chiqish,  o‗qituvchilar  va  boshqa  pedagog  kadrlar 
tomonidan o‗quv rejalar va dasturlarning bajarilishi bo‗yicha ishlarni muvofiqlashtirish; 
- zarur o‗quv-metodik hujjatlarni ishlab chiqish bo‗yicha o‗quvlar tashkil qilish; 
- o‗quv jarayoni sifatini va o‗quvchilarning ta‘limiy tayyorgarligi natijalarini xolisona 
baholash,  to‗garaklar  va  fakultativlar  ishini  muntazam  nazorat  qilish,  maktab  pedagog 


 
30 
kadrlari  tomonidan  o‗tkaziladigan  darslarni  kuzatish,  ularning  shakl  va  mazmunini  tahlil 
qilish, tahlil natijalarini pedagoglarga ma‘lum qilish; 
-  imtihonlarga tayyorgarlik ko‗rish va o‗tkazishni tashkil qilish; 
- o‗quv-tarbiya  jarayonini  tashkil  qilish  masalalari  bo‗yicha  ota-onalar  yoki  ular 
o‗rnini bosuvchi shaxslarni qabul qilish; 
- yangi (innovatsion) dasturlar  va pedagogik texnologiyalarni o‗zlashtirishda pedagog 
kadrlarga yordam ko‗rsatish; 
- o‗quv  mashg‗ulotlari  va  boshqa  ta‘lim  jarayonlari  jadvallarini  tuzish,  ishda 
bo‗lmagan  o‗qituvchilarni  o‗z  vaqtida  almashtirishni  ta‘minlash,  qoldirilgan  va  ishda 
bo‗lmagan  o‗qituvchi  o‗rniga  boshqa  o‗qituvchi  tomonidan  o‗tilgan  darslar  jurnalini 
yuritish; 
- o‗rnatilgan  tartib  bo‗yicha  hisobot  hujjatlarining  o‗z  vaqtida  tuzilishini  ta‘minlash, 
pedagoglar  tomonidan  sinf  jurnallari  va  boshqa  hujjatlarning  yuritilishi  va  to‗ldirilishini 
nazorat qilish; 
- pedagog kadrlarni tanlash va ularni taqsim qilishda ishtirok etish, ularning malakasini 
oshirish va kasbiy tayyorgarligini orttirish bo‗yicha ishlarni tashkil qilish; 
- maktab  pedagoglari  va  boshqa  xodimlarining  attestatsiyasini  tashkil  qilish  va 
o‗tkazishda ishtirok etish, pedagoglar, texnik xodimlar tarkibining ish vaqtini hisobga olish 
tabellarini yuritish, xodimlarning ish haqini belgilaydigan tarifikatsiya hujjatlarini imzolash 
va yuqori tashkilotga taqdim qilish; 
- o‗quv xonalari, ustaxonalar, sport zali va yordamchi xonalarni direktorning ma‘muriy 
xo‗jalik  ishlari  bo‗yicha  o‗rinbosari  ishtirokida  tashkil  qilish  va  pasportizatsiyasini 
o‗tkazish; 
- o‗quvchilar bilimini nazorat qilish; 
- kasaba  uyushmasi  bilan  hamkorlikda  o‗quv  jihozlari,  ximiyaviy  reaktivlar, 
ko‗rgazmali  qurollar,  maktab  mebelidan  foydalanish  va  saqlash  havfsizligi  bo‗yicha 
ma‘muriy-jamoatchilik nazoratini olib borish; 
- yuqorida  ko‗rsatilgan  masalalar  bo‗yicha  zahira  xodimlarga  konsultatsiyalar  berish 
uchun har haftaning ikkinchi kunida amaliy mashg‗ulotlar o‗tkazish. 
Zahira kadrlar bilan ishlashni tashkil qilishda albatta Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 
noyabrdagi №321 –XDFU qarorini inobatga olish zarur. Ushbu qarorda zahira kadrlar bilan 
ishlash tartibi va ushbu faoliyat mexanizmlari belgilab berilgan. 
 ―Zaxira  kadrlarni  tayerlash‖  konsepsiyasini  ishlab 
chiqish 
―Zaxira  kadrlarni  tayerlash‖  konsepsiyani  joriy  etish: 
muommalar va yechimlar 
―SWOT-tahlil‖ metodi. 
 
 

Download 9,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   392




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish