4- usul: Tashkilotchilik qobiliyati psixodiagnostikasi (E.G„oziyev)
Ushbu taklif etilayotgan test sinaluvchining tashkilotchilik qobiliyatini, ya‘ni
odamlarga faol ta‘sir eta olish malakasini aniqlash imkonini beradi. Buning uchun quyidagi
keltirilgan savollarga ―HA‖ yoki ―YO‗Q‖ deb javob qaytaring. Javob berar ekansiz, yaqqol
vaziyatlarda o‗zingizni qanday tutishingizni xulqingizga ro‗y-rost idrok etishga (tiklashga)
harakat qiling.
1.
Sizda o‗rtoqlaringizni o‗z tomoningizga og‗dirib olish hollari tez-tez uchrab turadimi?
2.
Keskin vaziyatlarda o‗zinigizni yaxshi tutib, vaziyatni to‗g‗ri hal qila olasizmi?
3.
Sizga jamoatchilik ishlari yoqadimi?
4.
Agar niyatlaringizni amalga oshirishda ayrim xalaqit qiluvchi vaziyatlar, holatlar
yuzaga kelib qolsa, Siz ulardan osongina voz kechasizmi?
5.
Siz turli xil o‗yinlar, ko‗ngil xushliklar tashkil qilish yoki o‗ylab topishni
yoqtirasizmi?
6.
Bugun bajarilishi lozim bo‗lgan ishlarni boshqa kunga qoldirish hollari sizda tez-tez
uchrab turadimi?
7.
Siz do‗stlaringiz bilan fikringizga mos ravishda ish ko‗rishga intilasizmi?
8.
Sizda do‗stlaringiz bilan ular o‗z va‘dalari bilan majburiyatlari, vazifalarini
bajarmaganliklari tufayli nizolar bo‗lmaydi. Shu rostmi?
9.
Muhim ishlarni hal qilishda tez-tez tashabbuskorlik ko‗rsatasizmi?
10. Notanish holatlarda siz to‗g‗ri (yaxshi) yo‗l tuta olmaysiz, shu rostmi?
11. Agarda boshlagan ishingizni yakunlay olmasangiz, jahlingiz chiqadimi?
12. Siz do‗stlaringiz bilan tez-tez muloqotda bo‗lishdan toliqasiz, shuni tasdiqlaysizmi?
13. O‗rtoqlaringizga taalluli bo‗lgan masalalarni hal etishda tez-tez tashabbuskormisiz?
14. Siz kamdan-kam o‗zingizning haqligingizni isbotlashga intilasiz, shuni tasdiqlaysizmi?
15. Siz ishxona va yuqori tashkilotlarda o‗zingizni ro‗yobga chiqara olasizmi?
16. Agar, sizning fikringiz yoki qaroringiz o‗rtoqlaringiz tomonidan birdaniga qabul
qilinmasa, siz o‗z fikringizda turib olishga harakat qilasiz, shundaymi?
17. O‗rtoqlaringiz uchun turli xil tadbir (marosimlarni) tashkil qilishga bajonidil
kirishasizmi?
18. Siz biron-bir bitirilishi lozim bo‗lgan (ishchan) uchrashuvlarga tez-tez kechikib
kelasizmi?
19. Siz tez-tez o‗rtoqlaringiz diqqat markazida bo‗lib turasizmi?
20. Siz o‗z o‗rtoqlaringizning katta guruhida, jamoasida o‗zingizni juda ishonchli tuta
olmaysiz, shu rostmi?
Taklif etilgan savollarning hammasiga javob berib bo‗linganidan so‗ng, olgan
ballaringiz yig‗indisini hisoblab chiqing. Javoblarni baholashda shuni nazarda tutingki, toq
savollarga berilgan har bir ―HA‖ javobingiz va juft savollarga bergan har bir ―YO‗Q‖
javobingiz bir ball bilan baholanadi.
Bunda yig‗ilgan ballarning 15 ball va undan ko‗p bo‗lishi tashkilotchilik
qobiliyatining yuqori darajada ekanligidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |