4-bosqich. Amaliy mashg‗ulot yakuni (10 minut)
Interfaol usullar yordamida tashkil qilingan mashg‗ulotlar natijasida ta‘lim tizimida
marketingni rivojlantirish masalalari qanday bo‗lishi yuzasidan tinglovchilarda tasavvur
paydo bo‗ladi.
Mavzu yuzasidan tinglovchilar tomonidan berilgan savollarga javob beriladi. Barcha
taklif va mulohazalar inobatga olinadi. Interfaol o‗yinlar davomida yuzaga kelgan tanqidlar,
mavhum holatlar, turli vaziyatlar yoki fikrlar to‗qnashuvi ham muhokama qilinib, trener
tomonidan mashg‗ulotga yakun yasaladi.
Ta‘lim va uni boshqarish ahamiyatini ochib berish orqali tinglovchilarning pullik
ta‘lim xizmatlari ko‗rsatish, budjetdan tashqari mablag‗ topish tartibi va uni
takomillashtirish istiqbolida rejalashtirishni amalga oshirishdagi ko‗nikma va malakalarini
rivojlantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |