115
3.2. Modul: Ta'lim sifat-samaradorligi va xalqaro baholash dasturlari
1-MAVZU:
Tanlov sinfi o‗quv jarayonini tashkil etishda kompetensiyaviy yondoshuv
(2 soat ma‘ruza).
Reja:
1. Ta‘lim samaradorligitga erishishda zamonaviy yondashuvlar va ilg‗or xorijiy tajribalarni
qo‗llash masalalari.
2. Variativ o‗quv rejasi. Tanlov sinfini tashkil etishning maqsad va vazifalari.
3. Variativ o‗quv rejalarini amaliyotga tatbiq etishning asosiy yo‗nalishlari, shakl va
metodlari.
4. Variativ ta‘lim jarayonida innovatsion yondashuv.
O‗zbekiston xalq ta‘limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida ilg‗or
xalqaro tajribalar va jamiyatning zamonaviy talablariga muvofik sifatli ta‘lim olish hamda
ta‘lim berishning zamonaviy nazariyalarini o‗zlashtirish pedagogik texnologiyani tushunish,
ta‘lim berishga kompetentlik va shaxsga yo‗naltirilgan yondashuvlar asoslarini egallashga
jiddiy e‘tibor berilgan.Shuningdek, ta‘lim muassasalarida o‗quv-tarbiya jarayonini samarali
tashkil etish maqsadida yangi yondashuvlarni o‗rganishga va ilmiy asoslashga yo‗naltirilgan
amaliy tavsifdagi ilmiy izlanishlarni rivojlantirish asosida o‗quvchilarning bilim olishga
bo‗lgan motivatsiyasini oshirish maqsadida hamda qiziqish va talablarini e‘tiborga olgan
holda yuqori sinflarda majburiy va tanlov asosidagi fanlarni joriy etish orqali yuksak
samaradorlikka erishish nazarda tutildi. Bu yo‗nalishdagi ishlarni muvaffaqiyatli amalga
oshirish ta‘lim sifatini amalga oshirishga xizmat qiladi. Eng muhimi tanlov sinfi o‗quv
jarayonida o‗quvchilarning o‗zlashtirishi yuqori bo‗ladi, yuqori darajadagi ijtimoiy faolligi
,reproduktivligi oshadi,innovatsion harakatida real o‗zgarishlar sodir etiladi,faol faoliyati
davomida
yangi
natijalarga
erijadi,ehtiyoji
ta‘minlanadi,yangiliklarni
samarali
o‗zlashtiradi,ta‘lim sifatiga ko‗ra o‗quvchilarning bilimi boyitiladi,intellektual rivojlanishiga
erishiladi. Natijada ta‘lim berishda raqobatlashishga erishiladi. Ta‘lim jarayoni
takomillashadi,ta‘lim maksadi va sifati amalga oshadi. Demak,variativlik va undan
kuzlangan maqsad shuki, bunda variativlik- ta‘lim sifati bo‗lib o‗quvchilarning ta‘limga
bo‗lgan ehtiyoji,imkoniyatlarini o‗zgarishi,kengayishini tavsiflaydi.Pedagogik jarayonni
esa imkon darajada ko‗proq individuallashtirishga erishiladi,har bir o‗quvchi qiziqishi va
moyilligiga ko‗ra yo‗naltiriladi.Bu esa o‗z o‗rnida ijtimoiy foydali faoliyat sifatida ijobiy
natijalarni yuzaga keltiradi.Ayniqsa,innovatsion faoliyat orqali uzluksiz ravishda yangiliklar
asosida ishlash, pedagogik faoliyatga yangiliklar olib kirish bilan ta‘lim rivojiga hissa
qo‗shadi.
Ta‘lim tizimining variativligi:
1. O‗quvchilarning ta‘lim olishlariga imkoniyat yaratish uchun yagona ta‘lim
makoni yaratiladi.
2. Ta‘lim mazmuni va va natijalariga qo‗yilgan talablarning yagonaligini ta‘minlay
digan holatda namoyon bo‗ladi.
3. O‗quvchilarning qobiliyati o‗qituvchining shaxsiy maxoratiga bog‗liq bo‗ladi.
4. O‗qituvchi yuqori darajada natijalarni egallaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: