WPS Spreadsheet
❖
Libre Office Calc
❖
Google Sheets
❖
Zoho spreadsheet
Maruzachi: Normatov Sulton Abdug‘ani o‘g‘li
Ushbu paket Word, Excel va Powerpoint o‘rnini bosuvchi 3 ta dasturiy ta’minot
variantini o‘z ichiga oladi: WPS Writer, WPS Spreadsheet va WPS Presentation.
WPS Writer doc, docx, txt, htm, dot va dotx kabi barcha asosiy hujjat fayl turlariga
mos keladi. U MS Word hujjatlarini muammosiz ochishi va tahrirlashi mumkin. U
tanish matnni formatlash vositalarini, shuningdek, turli shablonlarni o‘z ichiga
oladi. Buning ustiga, u o‘rnatilgan imlo tekshirgichga ega.
WPS Spreadsheet
elektron jadval vositasi sifatida xls, xlsx va csv kabi ko‘plab
elektron jadval fayl formatlarini ochish va tahrirlash imkoniyatiga ega. U
Microsoft Excel bilan 100% mos keladi, ya’ni siz Excel fayllarini WPS elektron
jadvalida muammosiz ochishingiz va tahrirlashingiz mumkin.
WPS elektron jadvalida yuzlab formulalar va funksiyalar mavjud. Tegishli toifani
tanlash orqali siz izlayotgan formulani osongina topishingiz mumkin. Bunday
funksiyalarga moliyaviy, mantiqiy, matn, sana, vaqt va boshqalarni misol
qilishimiz mumkin.
Libre Office Calc
ko‘p funksiyali elektron jadvallar bilan ishlovchi dastur
hisoblanadi. Calc da fon, chegaralar, tarkibni o‘zgartirish va moslashuvchan
formatlash opsiyalari mavjud. Shuningdek, u oldindan tayyorlangan shablonlarni
o‘z ichiga oladi va siz o‘zingizning oldindan sozlashlaringizni yaratishingiz va
keyingi foydalanishlar uchun saqlashingiz mumkin. Calc shuningdek, bir nechta
foydalanuvchilarni qo‘llab-quvvatlaydi, ya’ni siz o‘z ishingizda osongina
hamkorlikda bajarishingiz mumkin. Buning uchun elektron jadval havolasini
baham ko‘rishingiz kerak, shunda hamkorlaringiz yoki hamkasblaringiz uni
tahrirlashi va unga yangi kontent qo‘shish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Google Sheets
– bu hamkorlikda ishlash uchun qulay dasturiy vosita hisoblanadi.
Dastur orqali nafaqat bir nechta odam bir varaqda ishlashi va real vaqt rejimida
o‘zgartirishlar kiritishi mumkin, balki ular sharhlar va chat xususiyatlari orqali
muloqot qilishlari ham mumkin. Agar foydalanuvchi internetdagi nosozliklar sabab
dasturdan uzilib qolsa, kirish tiklanganidan so‘ng tahrirlash ishlarini davom etirrish
mumkin. Ma’lumotni saqlash har bir belgini kiritish yoki kichik o‘zgarishlarni
amalga oshirish jarayonida avtomatik amalga oshiradi.
Maruzachi: Normatov Sulton Abdug‘ani o‘g‘li
Do'stlaringiz bilan baham: |