ASOS VA QO‘SHIMCHALAR IMLOSI
103
vujudi bilan band bo‘lmagan odam olamning vakili bo‘la
oladimi?
Bunday
odam o‘z yurtini tashlab ketgan, be-
gona yurtda uylangan va qaynonasini ona deb yurgan
bevatanga o‘xshaydi. Sendan, kimsan, deb surishtirgan-
da, sen pasportingni ko‘rsatasan. Unda hamma narsa
yozig‘liq
. Agar biror xalqdan, kimsan, deb surishtirsa, u
pasport sifatida o‘z vakilini, olimini, shoirini, bastakorini,
arbobini, lashkarboshisini ko‘rsatadi.
Har bir odam dunyoga kelganda shu narsani bili-
shi kerak: u dunyoga o‘z xalqining vakili bo‘lmoq uchun
kelgan. Har daqiqa ana shu vazifani bajarmoqqa shay
bo‘lmog‘i
kerak.
(R. Hamzatov)
28.3-mashq.
She’rni o‘qing. Unda tilga olingan muammoning dolzarbligiga ahamiyat
qarating. Siz ham shunday belgilardan foydalanasizmi? Sababini tushuntiring.
Tuyg‘ular-la bo‘lsang yuzma-yuz,
Topilgaymi buning iloji?!
Kunda o‘lar millionta so‘z,
Kunda paydo o‘nta "emoji".
Ermak bo‘ldi ishq degan savdo:
Bu kun titroq, bayt-u g‘azal xor.
Bir "yurakcha" yo‘llanadi yo
"Kopirovat - vstavit`" - izhor.
Ajab bozor - bu mobil bozor,
Hislaringni yerga ko‘maylik.
Kulgi, g‘azab, hayrat... ne darkor,
Jazzasidir bitta "smaylik"...
"Onlayin"da jam "talab-taklif",
"Jonlayin"dan arib borar taft.
Mehr uchun tayyor lab shakli,
Qarsaklarmi - bor qo‘shaloq kaft.
Har yon Suvrat turar qad kerib,
Topolmaysan bironta Siyrat.
Kim tanirdi: sen ham ber firib,
"El qatori" ur, yiqit, qiyrat...
Sevgi, do‘stlik, hamkorlik, biznes,
Uchrashuv, to‘y, majlis... - "onlayin".
Bul o‘rgimchak to‘rlarini kes,
Yeb bo‘lmasdan bizni xomlayin.
Tavallud kun, ayyom... telefon -
"Ting-ting" etar, qara - SMS.
Samimiy SO‘Z topolmay dil qon,
"Gif"chalarga qurbon hisimiz...
Ey Navoiy, bu sho‘r manglayga
Munosib bir voris bitmadi.
Bul g‘ariblar tili - tanglayda,
"G‘urbatda... "dan nari o‘tmadi.
Tilimizdan ketdi fayz arib,
Tashbehlar hayf "opashka"larga.
Bir suyakday "guhari sharif"
Irg‘itildi "sobachka"larga.
Ayo Bobur, bu "yuz qarolig‘",
Har kim yasar o‘zicha imlo.
Alifbomiz bag‘ri yarolig‘,
"Xatti Net"ga kun qoldimi yo?
Ay, Julqunboy, Otabegingga
Yozdirmagin behuda xatlar.
Bir harf bitmas bu kun tekinga
"Tuproqbibi" bo‘lgan avlodlar.
Bir So‘z bilan yaralgan olam,
So‘z-la aziz erur bandasi.
Ogoh bo‘lgin, virtual odam,
"Emoji" lar - til kushandasi.
Faryodiga bir zum quloq ber,
Yuragimni bir sas burg‘ular.
Ayyuhannos,
"101"ni ter,
Yonyapti...
So‘z va
Tuyg‘ular...
(Nuriddin Egamov)
TIL VA TELEFON
Do'stlaringiz bilan baham: |