Xulosa.
Ma’lumotlarning davrlararo qiyosiyligini oshirish foydalanuvchilarga
iqtisodiy qarorlarni qabul qilishda, ayniqsa bashorat maqsadlarida, moliyaviy
ma’lumotlardagi tendensiyalarni baholash uchun imkoniyat yaratadi.
Ba’zi holatlarda, joriy davrga nisbatan qiyoslanuvchanlikka yerishish uchun
muayyan oldingi davrdagi qiyosiy ma’lumotlarni qayta tasniflashning imkoni
bo‘lmaydi. Masalan, tadbirkorlik subyekti qayta tasniflashga imkon beradigan
tarzda oldingi davr(lar)dagi ma’lumotlarni yig‘magan bo‘lishi mumkin va
ma’lumotlarni qayta yaratish imkoni bo‘lmasligi mumkin.
Minimum darajada, moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobot quyidagi
summalarni aks yettiradigan satrlarda ko‘rsatiladigan moddalarini o‘z ichiga olishi
lozim: (a) asosiy vositalar; (b) investitsion mulk; (d) nomoddiy aktivlar; (ye)
moliyaviy aktivlar; (f) ulush bo‘yicha hisobga olish usuli bo‘yicha hisobga olingan
investitsiyalar; (ye) biologik aktivlar; (j) tovar-moddiy zaxiralar; (z) savdo bo‘yicha
va boshqa debitorlik qarzlari; (i) naqd pullar va naqd pul yekvivalentlari; (y) sotishga
mo‘ljallangan sifatida tasniflangan aktivlar va sotishga mo‘ljallangan sifatida
tasniflangan hisobdan chiqariladigan moddalarning guruhlariga kiritilgan aktivlari;
(k) savdo bo‘yicha va boshqa kreditorlik qarzlari; (l) rezervlar; (m) moliyaviy
majburiyatlar; (n) joriy soliq bo‘yicha majburiyatlar va aktivlar; (o) muddati
uzaytirilgan soliq majburiyatlari va muddati uzaytirilgan soliq aktivlari; (p) sotish
uchun mo‘ljallangan sifatida tasniflangan hisobdan chiqariladigan moddalarning
guruhlariga kiritilgan majburiyatlar; (r) kapital tarkibida aks yettirilgan, nazorat
kuchiga yega bo‘lmagan ulushlar; (s) bosh tashkilotning mulk yegalariga tegishli
bo‘lgan, chiqarilgan kapital va kapitaldagi rezervlar.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarining moliyaviy holatini tushunishda o‘rinli
bo‘lsa, moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobotning satrlarida ko‘rsatiladigan
qo‘shimcha moddalarini, sarlavhalarni va jamilarni taqdim yetishi lozim.
Agar xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘zining moliyaviy holati to‘g‘risidagi hisobotida
joriy va uzoq muddatli aktivlarni hamda joriy va uzoq muddatli majburiyatlarni
34
alohida turkumlar sifatida aks yettirsa, u muddati uzaytirilgan soliq aktivlarini
(majburiyatlarini) joriy aktivlar (majburiyatlar) sifatida tasniflamasligi lozim.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobotda alohida
taqdim yetilishi o‘rinli bo‘lgan mohiyati yoki vazifasi jihatidan yetarlicha
farqlanadigan moddalarning ro‘yxatiga quyidagilarni kiritish mumkin:
(a) moddalar hisobotning alohida satrlarida ko‘rsatiladi, qachonki moddaning yoki
o‘xshash moddalar guruhining hajmi, xususiyati yoki vazifasi xo‘jalik subyektining
moliyaviy holatini tushunish uchun ushbu moddalarning alohida taqdim yetilishini
talab yesa;
(b) xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy holatini tushunishda o‘rinli bo‘lgan
ma’lumotlarni ta’minlash uchun foydalanilgan tavsiflar va moddalarning yoki
o‘xshash moddalar guruhining tartibi xo‘jalik yurituvchi subyekt va uning
operatsiyalarining mohiyatidan kelib chiqib o‘zgartirilishi mumkin.
35
Do'stlaringiz bilan baham: |