A. G. Abdukadirov 2017 y


 Himoyalangan virtual xususiy tarmoqlarning turkumlanishi



Download 1,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/46
Sana22.06.2023
Hajmi1,6 Mb.
#952941
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   46
3.2. Himoyalangan virtual xususiy tarmoqlarning turkumlanishi 
Himoyalangan virtual xususiy tarmoqlar VPNni turkumlashni turli variantlari 
mavjud. Ko‘pincha turkumlashning quyidagi uchta alomati ishla-tiladi: 
-
OSI modelining ish sathi; 
-
VPN texnik echimining arxitekturasi; 
-
VPNni texnik amalga oshirish usuli. 
OSI modelining ish sathi bo‘yicha VPN
H UH Z 
turkumlanishi. 
Ushbu 
turkumlash anchagina qiziqish to‘g‘diradi, chunki amalga oshiriluvchi VPNon^ 
funksionalligi va uning korporativ axborot tizimlari ilova-lari hamda himoyaning 
boshqa vositalari bilan birgalikda ishlatilishi ko‘p hollarda tanlangan OSI sathiga 
bog‘liq bo‘ladi. 


OSI modelining ish sath alomati bo‘yicha kanal sathidagi VPN, tarmoq 
sathidagi VPN va seans sathidagi VPN farqlanadi. Demak, VPN^ odatda OSI 
modelining pastki sathlarida quriladi. Buning saba-bi shuki, himoyalangan kanal 
vositalari qanchalik pastki sathda amalga oshirilsa, ularni ilovalarga va tatbiqiy 
protokollarga shunchalik shaf-fof qilish soddalashadi. Tarmoq va kanal sathlarida 
ilovalarning himoya protokollariga bog‘liqligi umuman yo‘qoladi. SHu sababli, 
foydalanuvchi-lar uchun universal va shaffof himoyani faqat OSI modelining pastki 
sathlarida qurish mumkin. Ammo, bunda biz boshqa muammoga-himoya proto-
kolining muayyan tarmoq texnologiyasiga bog‘liqligi muammosiga duch kela-miz. 
Kanal sathidagi VPN. 
OSI modelining kanal sathida ishlatiluvchi VPN 
vositalari uchinchi (va yuqoriroq) sathning turli xil trafigini in-kapsulatsiyalashni 
ta’minlashga va "nuqta-nuqta" tilidagi virtual tunnel-larni (marshrutizatordan 
marshrutizatorga 
yoki shaxsiy kompterdan lokal hisoblash tarmog‘ining 
shlyuzigacha) qurishga imkon beradi. Bu guruhga L2F (Layer 2 Forwarding) va 
PPTP (Point-to-Point Tunneling Protocol) protokol-lari hamda Cisco Systems i 
MicroSoft firmalarining birga ishlab chiqqan L2TP(Layer 2 Tunneling Protocol) 
standartidan foydalanuvchi VPN-mahsulotlar taalluqli. 
Himoyalangan kanalning protokoli PPTP "nuqta-nuqta" ulanishlari-da, 
masalan, ajratilgan liniyalarda ishlaganda keng qo‘llaniluvchi PPP protokoliga 
asoslangan. PPTP protokoli ilovalari va tatbiqiy sath xiz-matlari uchun himoya 
vositalarining shaffofligini ta’minlaydi va tarmoq sathida ishlatiluvchi protokolga 
bog‘liq emas. Xususan, PPTP pro-tokoli ham IP tarmoqlarida, ham IPX, DECnet 
yoki NetBEUL protokollari asosida ishlovchi tarmoqlarda paketlarni tashishi 
mumkin. Ammo, PPP protokoli hamma tarmoqlarda ham ishlatilmasligi sababli 
(aksariyat lo-kal tarmoqlarida kanal sathida Ethernet protokoli ishlasa, global 
tarmoqlarda ATM, Frame Relay tarmoqlari ishlaydi), uni universal vosi-ta deb 
beo‘lmaydi. Yirik birikma tarmoqning turli qismlarida, umuman aytganda, turli 
kanal protokollari ishlatiladi. SHu sababli bu geterogen muhit orqali kanal sathining 
yagona protokoli yordamida himoyalangan ka-nalni o‘tkazish mumkin emas. 
L2TP protokoli, ehtimol, lokal hisoblash tarmoqlaridan foydala-nishni tashkil 
etishda ustunlik qiluvchi echim bo‘lib qolishi mumkin (chun-ki u, asosan, Windows 
operatsion tizimiga tayanadi.) 


Tarmots sathidagi VPN. 
Tarmoq sathidagi VPN-mahsulotlar №ni IPra 
inkapsulyasiyalashni bajaradi. Bu sathdagi keng tarqalgan protokol-lardan biri SKIP 
protokolidir. Ammo bu protokolni autentifikatsiyalash, tunnellash va IP-paketlarni 
shifrlash uchun atalgan IPSec(IPSecurity) pro-tokoli asta-sekin surib chiqarmoqda. 
Tarmoq sathida ishlovchi IPSec protokoli murosaga asoslangan vari-ant 
hisoblanadi. Bir tomondan u ilovadar uchun shaffof, ikkinchi tomon-dan keng 
tarqalgan IP protokoliga asoslanganligi sababli barcha tarmoqlarda ishlashi mumkin. 
SHu orada esdan chiqarmaslik lozimki, IPSecning spetsifikatsiyasi IPra 
mo‘ljallanganligi sababli u tarmoq sathining boshqa protokollari trafigi uchun to‘g‘ri 
kelmaydi. IPSec protokoli L2TP protokoli bilan birgalikda ishlashi mumkin. 
Natijada bu ik-ki protokol ishonchli identifikatsiyalashni, standartlangan shifrlashni 
va ma’lumotlar yaxlitligini ta’minlaydi. Ikkita lokal tarmoq orasidagi IPSectunneli 
ma’lumotlar uzatuvchi yakka tarmoqlar to‘plamini madadlashi mumkin. Natijada bu 
xildagi ilovalar masshtablanish nuqtai nazaridan ikkinchi sath texnologiyalariga 
nisbatan ustunlikka ega bo‘ladi. 
IPSec protokoli bilan masofadagi qurilmalar orasida kriptogra-fik kalitlarni 
xavfsiz boshqarish va almashish masalalarini echuvchi IKE (Internet Key Exchange) 
protokoli bog‘langan. IKE protokoli kalitlarni almashishni avtomatlashtiradi va 
ximoyalangan ulanishni o‘ranatadi, IPSec esa paketlarni kodlaydi va "imzo chekadi". 
Undan tashqari, IKE o‘rnatilgan ulanish uchun kalitni o‘zgartirish imkoniyatiga ega. 
Bu uzatiluvchi axborot-ning konfidensialligini oshiradi. 
Seans sathidagi VPN. 
Ba’zi VPN^ "kanal vositachilari" (circuit proxy) deb 
ataluvchi usuldan foydalanadi. Bu usul transport sathi ustida ishlaydi va har bir soket 
uchun alohida trafikni himoyalangan tarmoqdan umumfoydanuvchi Internet 
tarmog‘iga retranslyasiyalaydi. (IP soketi TCP-ulanishning va muayyan port yoki 
berilgan port UDP kombinatsiyasi orqali identifikatsiyalanadi. TCP/IP stekida 
beshinchi-seans sathi bo‘lmaydi, am-mo soketlarga mo‘ljallangan amallarni 
ko‘pincha seans sathi amallari deb yuritishadi.) 
Tunnelning initsiatori va terminatori orasida uzatiluvchi axborot-ni shifrlash 
transport sathi TLS(Transport Layer Security) yordamida amal-ga oshiriladi. 
Tarmoqlararo ekran orqali autentifikatsiyalangan o‘tishni standartlash uchun 


SOCKS deb ataluvchi protokol aniqlangan va hozirda SOCKS protokolining 5-
versiyasi kanal vositachilarini standart amalga oshirilishida ishlatiladi. 
SOCKS protokolining 5-versiyasida mijoz kompyuteri vositachi (proxy) 
vazifalarini bajaruvchi server bilan autentifkatsiyalangan soket (yoki seans) 
o‘rnatadi. Bu vositachi-tarmoqlararo ekran orqali bog‘lanishning yagona usuli. 
Vositachi, o‘z navbatida, mijoz tomonidan so‘ralgan har qanday amalni bajaradi. 
Vositachiga soket sathidagi trafik ma’lumligi sababli, u sinchiklab nazorat qilishi, 
masalan, muayyan ilova-larni, agar ular zaruriy vakolatlarga ega bo‘lmasa, 
blokirovka qilishi mumkin. 
Agar IPSec protokoli mohiyati bo‘yicha, IP tarmoqni himoyalangan tunnelga 
tarqatsa, SOCKS protokoli asosidagi mahsulotlar uni alohida har bir ilova va har bir 
soketga kengaytiradi. Ikkinchi va uchinchi sathning yaratilgan tunnellari ikkala 
yo‘nalishda birday ishlasa, 5 sathning VPN tarmog‘i har bir yo‘nalishda uzatishni 
mustaqil boshqarishga ruxsat beradi. IPSec protokolga va ikkinchi sath 
protokollariga o‘xshab 5 sathning VPN tarmog‘ini virtual xususiy tarmoqlarning 
boshqa turlari bilan birga ishlatilishi mumkin, chunki bu texnologiyalar bir-birini in-
kor qilmaydi. 



Download 1,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish