A. G. Abdukadirov 2017 y


lash tarmog‘ining tasnifi



Download 1,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/46
Sana22.06.2023
Hajmi1,6 Mb.
#952941
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   46
lash tarmog‘ining tasnifi
Abonent tizimining xududiy joylashuviga ko‘ra hisoblash tarmog‘ini uchta 
asosiy sinfga bo‘lish mumkin: 

global tarmoqlar (WAN - Wide Area Network); 

mintaqaviy tarmoqlar (MAN - Memrorolitan Area Network); 

lokal tarmoqlar (WAN - Local Area Network). 
Global 
hisoblash tarmog‘i turli mamlakatlarda, turli qit’alarda joylashgan 
abonentlarni birlashtiradi. Abonentlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqa telefon tarmog‘i, 
radio-aloqa va yo‘ldosh orkali aloqa tizimi bazasida amalga oshiriladi. Global 
hisoblash tarmog‘i barcha insoniyatning axborot resurslarini birlashtirish va ushbu 
resursga kirishni tashkil etish muammosini xal etadi. 
Regional
(mintaqaviy) tarmoqlar bir-biridan ma’lum bir masofada joylashgan 
abonentlarni bog‘laydi. U aloxida mamlakatning katta shaxridagi, iqtisodiy 
mintaqadagi abonentlarni o‘z ichiga oladi. Mintaqaviy hisoblash tarmog‘ining 
abonentlari orasidagi masofa o‘nlab, yuzlab km ni tashkil qiladi.
Lokal
hisoblash tarmog‘i uncha katta bo‘lmagan xududda joylashgan 
abonentlarni birlashtiradi. Hozirda lokal hisoblash tarmog‘i tarqalgan xududda aniq 
chegara yo‘q. Odatda bunday tarmoq aniq bir joyga bog‘langan. Lokal hisoblash 
tarmog‘iga mansub sinfga aloxida korxonalar, firmalar, banklar, ofislar tarmog‘i 
kiradi. Bunday tarmoq 2-2,5 km xududni qamrab oladi.


Global, mintaqaviy (regional), lokal hisoblash tarmoqlari ko‘p tarmoqli 
ierarxiyani tashkil etadi. Ular ulkan axborot to‘plamini qayta ishlovchi kuchli 
iqtisodiy vositani yaratib, cheksiz axborot resursiga kirish imkonini beradi. Lokal 
hisoblash tarmog‘i mintaqaviy tarmoq tarkibiga komponent sifatida kirishi mumkin. 
Mintaqaviy tarmoq global tarmoqqa kirishi va nixoyat, global tarmoq murakkab 
tuzilmani tashkil etishi mumkin.
Misol.
INTERNET kompyuter tarmog‘i mashxur global tarmoq hisoblanadi. 
Uning tarkibiga ko‘pgina erkin birlashgan tarmoqlar kiradi. INTERNETga kiruvchi 
xar bir tarmoq ichida aniq aloqa tuzilmasi va ma’lum boshqaruv tarkibi mavjud. 
INTERNET ichida ma’lum bir foydalanuvchi uchun turli tarmoklar o‘rtasidagi 
birlashish tuzilmasi va usullari xech qanaqa axamiyatga ega emas.
Hozirdagi kunda xar qanday boshqaruv tizimining ajralmas unsuri bo‘lib 
qolgan shaxsiy kompyuterlar lokal hisoblash tarmog‘i yaratish borasida shov-shuvga 
sabab bo‘lmoqda. Bu xam o‘z navbatida zamonaviy axborot texnologiyasini ishlab 
chiqish zaruriyatini keltirib chiqardi.
SHaxsiy kompyuterlar fan va texnika, ishlab chiqarishning turli tarmoqlarida 
qo‘llash amaliyoti shuni ko‘rsatdiki, hisoblash texnikasini tatbiq qilishda aloxida 
SHK emas, balki lokal hisoblash tarmoqlari ko‘proq samara beradi. 
Xar 
qanday 
kommunikatsiya 
tarmog‘i 
albatta 
quyidagi 
asosiy 
komponentlarni: uzatish (peredatchik), xabar, uzatish vositasi, qabul qilish 
(priyomnik)ni o‘z ichiga oladi. 

Download 1,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish