“Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi


Geografik atlaslar ta’rifi, tasnifi va xususiyatlari. Atlaslar



Download 117,93 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/10
Sana22.06.2023
Hajmi117,93 Kb.
#952760
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
KqK0mMkzM80CSpuqEYZOkNxRF9tRgIooLSNOrsjv

Geografik atlaslar ta’rifi, tasnifi va xususiyatlari. Atlaslar
- ma’lum bir 
mavzuda va yo‘nalishlarda tuzilgan kartalar jamlanmasidir. Yagona dastur asosida 
bir butun (yaxlit, bo‘linmas) asar sifatida bajarilgan geografik xaritalarning tizimli 
to‘plamiga geografik atlas deb aytiladi. 
Qadimgi yunon olimi Klavdiy Ptolemeyning geografik xaritalar to‘plamini 
(eramizning II asri) birinchi geografik atlas deb hisoblash mumkin. Xaritalar 
to‘plami uchun “Atlas” nomi Merkator tomonidan (1595-yili) taklif etilgan. Maktab 
geografik atlaslari — bu o‘quvchilarning mashg‘ulot vaqtida mustaqil bajariladigan 
ishlari uchun mo‘ljallangan eng muhim kartografik qo‘llanmadir.
Atlaslar tuzilishi va mazmuniga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:



Egallagan maydoniga ko‘ra: 
yulduzlar atlasi;
dunyo tabiy geografik atlasi; 
dunyo iqtisodiy geografik atlasi;
alohida materik va okeanlar atlasi; 
alohida davlatlar atlasi; va x.k.;
Mazmuniga ko‘ra:
tabiiy geografik;
iqtisodiy;
temir yo‘l;
o‘quv atlaslari va x. k. 
Har bir sinf uchun o‘quv atlaslari mavjud. Masalan, 5-sinf atlasi, 6-sinf atlasi, 
7-sinf atlasi, 8-sinf atlasi, 9-sinf atlasi.
O‘quv atlaslari quyidagi talablarga javob berishi lozim:
- atlasda ko‘rsatilgan geografik borliq va voqealar soni darslikdagidan ko‘proq 
bolmog‘i lozim;
- atlas o‘quvchilar uchun ma’lumotnoma vazifasini bajarishi lozim;
- atlasda geografik nomlar ro‘yxati albatta bo‘lishi zarur; 
Atlasda kartalar soni 40-45 tadan kam bo‘lmasligi lozim. Chiziqli kartalar. Ular 
geografiya ta’limida keng qo‘llaniladi. Ular asosan o‘quv va nazorat maqsadlarida 
ishlatiladi.
Chiziqli kartalar o‘quv maqsadlarida quyidagi hollarda qo‘llaniladi: 
- chiziqli xaritaga tabiiy geografik borliq nomlarini tushirish ( daryo, ko‘l, 
dengiz va x.k.), bu esa geografik nomlarni o‘quvchilar tomonidan yaxshi eslab 
qolinishiga imkon beradi;
- tog‘lar, daryo xavzalari, izotermalar, tabiat zonalari chegaralarni chiziqli 
xaritaga tushirish;
- davlatlarni chegaralarini chiziqli xaritaga tushirish; 
- iqtisodiy rayonlarni chiziqli xaritaga tushirish;
- qishloq xo‘jaligi ekinlari chegaralarini chiziqli xaritaga tushirish. Chiziqli 
xaritalar nazorat maqsadida ham ishlatiladi. Buning uchun quyidagi shartlar 
bajarilishi lozim:
-sinfdagi barcha o‘quvchilarda bir xil chiziqli karta bo‘lmog‘i lozim;
-barcha o‘quvchilar uchun bir xil shartli belgilar berilishi zarur;
-barcha o‘quvchilar chiziqli kartalarida masshtab, legenda, o‘quvchining ismi 
sharfi bir xil joyda ko‘rsatilgan bo‘lmog‘i lozim. 
Umumta’lim maktablarida kartalarni tuzilishini tushuntirish o‘quvchilarga 
o‘rgatish geografik bilimlarni egallashda muhim o‘rin tutadi. O‘quvchilarni 
geografik kartalarni tuzilishini tushuntirishga o‘rgatish uchun joyda amaliy ishlar 



olib boriladi, joy rejasi bilan ishlanadi, gorizontallarni o‘qish bo‘yicha amaliy ishlar 
bajariladi, daraja to‘ri bilan mashq qilinadi, turli kartalar solishtiriladi, nuqtalarni 
geografik koordinatalari aniqlanadi, turli masshtablar bilan mashq qilinadi va x.k. 
Kartalarni tushunishini eng yaxshi yo‘li joyni o‘rganish va uni kartada qanday 
tasvirlanganligini aniqlashdir. Bundan tashqari globusdan kartaga o‘tish, rejadan 
geografik kartaga o‘tish orqali ham geografik kartalarni tuzilishini tushunishga 
yordam beradi. Mazkur usullar yordamida o‘quvchilarni daraja to‘ri, kartografik 
yiriklashtirish (generalizatsiyalash) va geografik kartalarni tushuntirishga imkon 
beradi. Joyda va sinfda olib boriladigan amaliy mashg‘ulotlar (yo‘nalishlarini 
aniqlash, masofani o‘lchash va ularni chizmada tasvirlash hamda ularni joy rejasiga 
tushirish) o‘quvchilarni geografik kartalarda haqiqatda borliq va hodisalar 
tasvirlanganligiga ishonch xosil qilishiga undaydi.
Geografik kartalarni tuzilishini tushunishga faqat joyda olib borilgan ishlargina 
emas, balki joyning xomaki rejasi bilan ishlash ham yordam beradi. Bunday ishlar 
o‘quv sayohatlari, turistik poxodlarda va joyda amaliy ishlar olib borganda 
bajariladi.
O‘quvchilar yirik masshtabli kartalarni tuzilishini gorizontallarni o‘qish 
bo‘yicha olib boriladigan mashqlarda, topografik kartalar yordamida relyefni 
tasvirini tushirish jarayonida joyni rejasini tuzish davomida o‘rganishadi. O‘z 
yashash joyini tuzilishi va joy rejasini o‘rganish davomida o‘quvchilar asta-sekin 
yirik va mayda masshtabli kartalarni tuzilishini anglay boshlashadi. Ular topografik 
va geografik kartalarni solishtirish asosida joy rejasi va geografik karta o‘rtasidagi 
farqlarni tushuna boshlashadi.
O‘quvchilar kartografik andozalarni (proyektlarni) turlarini o‘rganish 
davomida geografik xaritalardagi xatoliklar va ularning miqyosini tushuna 
boshlashadi, xatoliklarni qanday sodir bo‘lishini o‘quvchilar tushunishi uchun 
globusdagi va ma’lum bir xaritadagi borliqni o‘lchami solishtiriladi. Masalan, 
Chukotka yarim oroli yoki Grelandiya orolini globusda va xaritada tasvirini 
solishtiradi. Ularning tasviri kartada globusdagiga ko‘ra kattaroq tasvirlangan, ana 
shu farqlarning asosiy sababi kartalardagi xatoliklar ekanligi tushuntiriladi.
Masalan, globus Yerning kichiklashtirilgan modeli hisoblanadi, shuning uchun 
unda geografik borliq xatosiz tasvirlanadi, karta esa globusning tekislikka yoyish 
natijasida hosil bo‘lgan shuning uchun uning chekka qismlarida xatoliklar katta 
bo‘lishi tushuntiriladi. 
Kartalarning daraja to‘ri, meridianlar va paralellar o‘rganib bo‘lingandan 
so‘ng o‘quvchilar geografik kordinatalar bilan mashq qilishadi. Buning natijasida 
ular har qanday nuqtani geografik o‘rnini topishni o‘rganishadi va daraja to‘rini 
ahamiyatini anglashadi, bundan tashqari ular daraja to‘ri meridian va parallelarga 
qarab yo‘nalishi va masofani aniqlashni o‘rganadi. 



O‘quvchilar nuqtani geografik koordinatasini aniqlashni yaxshi o‘zlashtirib 
olishlari uchun hayotdan misollar keltirish lozim. Masalan, o‘z shahrini, yoki tumani 
markazini koordinatalarini aniqlash, O‘zbekistonni chekka nuqtalarini, eng baland 
va eng past nuqtalarini koordinatalarini aniqlash. 
Geografik kartalar bilan ishlashning eng ma’suliyatli qismi bo‘lib ularning 
o‘qish va ular asosida tegishli xulosalar chiqarishdir.

Download 117,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish