Anima va animus
•
Anima — erkakdagi ayolning ichki timsoli, ya’ni ongsiz namoyon bo‘luvchi
ayollik tomoni;
•
Animus— ayollardagi erkakning ichki timsoli, uning ongsiz namoyon
bo‘luvchi ayollik timsoli. Yung anima va animus inson xulq-atvorida
uyg‘unlashagan tarzda namoyon bo‘lishi kerak, bu uning har tomonlama
muvofiqlashuvini ta’minlaydi.
O‘zlik
•
O‘zlik — shaxsning yaxlitlik arxetipi.
O‘zlik onglilik va ongsizlikni birlashtirib, boshqa barcha elementlar uyushuvini
tashkil etuvchi aynlana markazi hisoblanadi. Ruhning barcha jabhalarini
integratsiyasiga erishganda, inson uyg‘unlikni sezadi. SHu sababli, o‘zlikni
rivojlanishi inson hayotining bosh maqsadidir.
2.2. A.Adlerning Individual psixologiyasi
•
Alfred Adler (1870-1937) individual psixologiyaning asoschisi hisoblanadi.
•
Uning asosiy asarlari: «Nerv xarakteri haqida» (1912), «Individual
psixologiyaning nazariyasi va amaliyoti» (1920), « Insonshunoslik» (1927),
«Hayotning mazmuni» (1933).
Inson tabiati
•
Inson-yagona va o‘zini o‘zi muvofiqlashtiruvchi organizm; individuum (lat.)
— bo‘linmas. Inson hayotiy faolligining hech bir namoyon bo‘lishini izolyasiyada
ko‘rib bo‘lmaydi, lekin faqat shaxsga munosabatda to‘liq ko‘rib chiqish mumkin.
•
Inson hayoti — shaxs uchun ahamiyatli maqsadlar yo‘nalishidagi o‘sish va
rivojlanishga uzluksiz harakat hayot maqsadlari insonning taqdirini belgilaydi.
•
Inson xulq-atvori-irsiyat va muhit ta’siri natijasigina emas, balki insonning
o‘z hayotining arxitektori sanalgan ijod kuchidan ham iborat
•
Individ jamiyatdan tashqari ko‘rib bo‘lmaydi, uning xulq-atvori esa sotsial
kontekstdan tashqarida. Har bir insonda umumiylik va sotsial qiziqishning tabiiy
tuyg‘usi mavjud, ya’ni hamkorlikning sotsial munosabatlariga tug‘ma ravishda
intilish mavjud.
•
Inson xulq-avtori o‘zi va atrof olam haqidagi tasavvurlari bilan belgilanadi
«appersepsiya sxemasi».
•
Erishilmagan maqsad yoki vazifalar inson xulq-atvorini yo‘naltirib,
harakatlantirib turadi.
•
Insonga yagona, yaxlit, unsurlari bir-biri bilan o‘zaro muvofiq keluvchi
mavjudod sifatida qaraydi.
Individuum miya va tana, onglilik bilan ongsizlik, tafakkur, tuyg‘u, harakat,
shaxsda namoyon bo‘luvchilar yagonadir.
•
Shaxsning strukturasini hayot uslubi bilan aniqlash mumkinligini tavsiya
etadi. Shaxsiy ahamiyatga ega maqsadlarga talpinish, kamolotga intilish,
individuum organik jihatdan yaxlitlikni ifodalaydi va o‘zining hayotini boshqaradi,
ijodiy kuchini va erkinlikni tanlashini namoyon qiladi.
•
Shaxsning strukturasini hayot uslubi bilan aniqlash mumkinligini tavsiya
etadi. Shaxsiy ahamiyatga ega maqsadlarga talpinish, kamolotga intilish,
individuum organik jihatdan yaxlitlikni ifodalaydi va o‘zining hayotini boshqaradi,
ijodiy kuchini va erkinlikni tanlashini namoyon qiladi.
Individuum jamiyatdan, boshqa insonlardan xoli holda bo‘lmaydi, insonning
xulq-atvori sotsial determinantlar bilan aniqlangan sotsial mazmunda sodir bo‘ladi,
oqibatda insonda boshqa insonlar bilan hamkorlikda sotsial o‘zaro munosabatlarda
ishtirok etishga intilishni ifodalovchi sotsial qiziqishlar shakllanadi.
•
Nomukammallik kopleksi atamasini A.Adler fanga olib kirib, ushbu tuyg‘uni
barcha bolalar jismoniy o‘lchamlari, kam kuchligi va imkoniyatlarining pastligi
oqibatida boshdan kechiradilar.
•
Kelajakda juda kuchli, kompleksga aylantirish, ijobiy o‘sish va rivojlanishni
qiyinlashtirishi mumkin. Biroq o‘rtacha darajali nomukamallik bolada “kuchli
bo‘lish yoki boshqalardan kuchli bo‘lish”ga, kamolotga, ustunlikka, o‘zining
qobiliyatlarigi rivojlantirishga undash mumkin
•
Kamolotga intilish tug‘ma bo‘lib, bu hayotning bir bo‘lagi, hayotga
intilishning bo‘lmasligi ma’nosiz, deydi A.Adler.
•
Mukammalik masqad ijobiy va salbiy bo‘lishi mumkin.
•
Agar u ijtimoiy manfaatga va boshqalarning foydasiga yo‘naltirilgan bo‘lsa,
rivojlanish konstruktiv va sog‘lom yo‘nalishga ega bo‘ladi. Bu rivojlanish, ko‘nikma
va malakalarning kamol toptirish, mukammal hayot uslubiga ega bo‘lish uchun
ishlashga intilish. Biroq ayrimlar mukammallikka boshqlar ustidan humkronlik
qilish orqali erishishga urinadi. Bu hokimiyat va agressiyada namoyon bo‘ladi.
•
Har bir inson intilish va erishishiga mujassamlashuvchi o‘zining hayot
uslubini
ishlab
chiqadi.
Ularning
shakllanishi
bolalikdan
boshlanib,
nomukammallik, ishonchsizlik, kattalar olamida bo‘lishga ojizlik kompleksi sifatida
shakllanib boshlaydi. Hayot maqsadi bundan himoyalanish, qondirilmagan bugungi
hayot bilan yorqin, mukammal kelajak o‘rtasidagi ko‘prik vazifasini bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |