Himoya apparatlarini ta`mirlash
.
Himoya apparatlari shunday xossalarga ega
bo‘lishi lozimki, bunda normal ish rejimi buzilganda himoya qilinayotgan
qurilmalar yuqori tok va kuchlanish ta‘siri uzoq davom etmasligini ta‘minlash
lozim. Tortuv elektr motorlarini rekuperatsiya jarayonidan himoya qilish ayniqsa
qiyin, chunki tortuv elektr motorlarida zanjirdan katta induktivlikka ega bo‘lgan
uyg‘onish chulg‘ami chiqarib tashlanganligi sababli qisqa tutashuv toki o‘sishi
tezligi keskin oshib ketadi. Avtomatik uzgichlar qisqa tutashuv tokini tortuv elektr
motor va uzgichning o‘zida ruxsat etilgan qiymatda cheklab turishi lozim va bunda
nimstansiya himoyasi va lokomativ himoyasi ishining selektivligi (tanlovchanligi)
ta‘minlanadi. O‘chirish tezligi va qisqa tutashish tokini cheklash darajasi qisqa
tutashish zanjir parametrlariga hamda uzgich konstruksiyaga bog‘liq bo‘ladi.
Avtomatik uzgichlar o‘chish vaqtiga ko‘ra oddiy va tez harakatlanuvchiga
bo‘linadi. Tez harakatlanuvchi uzgichlar komutatsiya qobilyati yoy o‘chirish
kamerasi o‘lchamlarida aniqlanadi.
Tez harakatlanuvchi uzgichlarning asosiy nosozliklarga tok tashuvchi kontakt
qismlari ifloslanishi, induktiv shunt va magnitsizlanish shoxobchalari shinalariga
yorug‘lik paydo bo‘lishi, asos ramasi qiyshayishi va egilishiga kiradi. Bundan
tashqari pnevmatik yuritma qisilgan havoning chiqib ketishi uchun, o‘rnatilgan tok
qiymati o‘zgarishi va ushlab turuvchi g‘altak chulg‘amining o‘tkazish qobilbyati
kamayishi mumkin.
O‘zgaruvchan tokli EHT bosh ulab-uzgichlarida havo o‘tkazuvchi
izolyatorlarida ko‘pincha nosozliklar paydo bo‘ladi, alohida detallar
mahkamlanishi bo‘shashadi, yoy o‘chirish kontaktlari eriydi, ajratgich pichoq
yemiriladi, ulovchi elektromagnit klaponlari yurishi buziladi. Tez harakatlanuvchi
kontaktorlardagi nosozliklar yuqoridagi nosoziklar bilan bir xil bo'ladi.
EHTga o‘rnatilgan elektr himoya relelari nazorat qilinayotgan parametrlar
(kiruvchi kattaliklar) turi va qiymatiga ko‘ra bo‘linadi.
Ularga differensial rele yoki defferensial relelar bloki, maksimal tok ximoya
relesi (o‘ta zo‘riqish relesi); kuchlanish relesi, vaqt relesi, bir joyda aylanib qolishi
relesi va dachiklari; issiqlik relelari kiradi.
Turli elektr relelar (ular konstruktiv jihatdan bir xilligi sababli) harakatli
nosozliklari yakor va harakatlanuvchi qismning sharnirli ulanishlardagi iflosliklar
yoki yod buyumlar tushganligi sababli tiqilib qolishi, purjinalar bo‘shashi,
purjinalar tavsifi o‘zgarishi natijasida o‘rnatilgan tok qiymati o‘zgarishi: g‘altak
zanjiri uzilishi va boshqalardan iborat. Saqlagichlarda qisqa tutashuv vaqtida
eruvchan kichik quvvatli qurilmalar kuyadi, g‘ilof va izolyatorlar sinishi va
yorilishi yuzaga keladi.
Maksimal tok relesi va tok transformatori.
Bosh uzgich tarkibiga maksimal
tok relesi RMT va tok transformatori TT kiradi.
BMI.5310700.09.2018
16
Do'stlaringiz bilan baham: