gifalaridan tashkil topgan gallar hosil bo’ladi. Teliosporalari 2 hujayrali, uzun
oyoqchali, namlanganida shilimshiq modda bilan o’raladigan apelsin tusli
to’dachalar hosil qiladi. Bu to’dachalar zararlangan daraxtlar poyalari va
novdalaridan mollarning uzun shoxlariga o’xshab chiqib turadi.
Bu turkum turlarining oraliq xo’jayin o’simliklardagi esiylari
Roestelia
tipli,
faqat ushbu zamburug’larga xos bo’lgan qil, tikoncha, gall va so’galchalar shakliga
ega.
Gymnosporangium juniperi-virginiana
turining asosiy xo’jayini archaning
Juniperus virginiana
turi, oraliq xo’jayinlari esa olma turlaridir, shuning uchun bu
turni archa- olma zangi, deb atashadi. Zangning bu turi Shimoliy Amerikada keng
tarqalgan va esial bosqichida olma bog’lariga katta zarar yetkazadi. Bahorda olma
barglarida va keyinroq mevalarida zamburug’ning ko’za shaklli spermogoniylari va
Roestelia
tipli esiylari rivojlanadi. Ularda hosil bo’lgan esiosporalar yozda olma
daraxtlari yaqinlaridagi archalarning ignabarglari va tinim davridagi kurtaklarini
zararlaydi. Patogen archa to’qimalarida dikariotik miseliy shaklida qishlaydi. Archa
novdalari uchlarida diametri 5 sm gacha keladigan telial gallar hosil bo’ladi,
keyinroq bu gallardan mollarning shoxlariga o’xshash, qizg’ish-apelsin shaklli
teliyalar ko’plab o’sib chiqadi. Yomg’irli havoda bu shoxlar shilimshiq modda bilan
qoplanadi va har birining uzunligi 2,5 sm ga yetishi mumkin. Har bir shoxda minglab
teliosporalar hosil bo’ladi. Teliyalar o’sganida kuch bilan otiladigan bazidiosporalar
hosil bo’ladi. Olma daraxtlariga tushgan bazidiosporalar uning to’qimalarini
zararlaydi va patogen bir avlodining rivojlanish sikli yakunlanib, keyingisi
boshlanadi. Bu kasallikka qarshi olma daraxtlari atrofidagi archalarni yo’qotish usuli
qo’llanilgan, ammo samarasi yetarli bo’lmagan. Shu sababdan olma daraxtlariga
ditiokarbamatlar va triazollar guruhlariga mansub fungisidlar purkaladi hamda
zangga chidamli olma navlari ekiladi.
O’zbekistonda
Gymnosporangium
turkumining to’rt turi: 1)
G. confusum
do’lana turlari (I) va archada (
Juniperus excelsa
) (III) Toshkent va Samarqand
viloyatlarida; 2)
G, fuscum
nokda (I) Surxondaryo viloyatida; 3)
G. fusisporum
archada (III) va
Cotoneaster
turlarida (I) Toshkent va Samarqand viloyatlarida; 4)
G. turkestanicum
qizilchetan (ryabina) (I) va archa turlarida (III) Toshkent
viloyatida qayd etilgan (Ramazanova i dr., 1986).
Do'stlaringiz bilan baham: