13
Mavzu: Iste’mol va investitsiya funksiyalari
Masalalarni yechilishi bо‘yicha namunalar
1-masala
Jamg„arishga chegaralangan moyillik kо„rsatkichi 0,2 ga, avtonom iste‟mol hajmi 700
ga, chegaralangan soliq stavkasi 0,25 ga, daromadlar darajasi 7000ga teng bо„lsa,
topilsin:
a) iste‟mol va jamg„armalar hajmi;
b) iste‟molga va jamg„arishga chegaralangan moyillik kо„rsatkichlari.
Yechish:
Dastlab iste‟molga chegaralangan moyillik kshrsatkichini hisoblab topamiz
Ma‟lumki MPC+MPS=100 MPC=100-MPS=100-20=80%, yoki 0,8
Iste‟mol funksiyasiga kо„ra iste‟mol xarajatlari miqdorini aniqlaymiz
C=a+b (Y- tY)=700+0,8 (7000-0,25 7000)= 4900 sh.b.
Jamg„arish miqdorini tasarufdagi daromaddan iste‟mol xarajatlarini ayirib topamiz
S=Y
d
-C= (Y- tY)-C = (7000 - 0,25 7000)-4900 =5250-4900=350 sh.b.
Iste‟molga va jamg„arishga о„rtacha moyillikni topamiz
APC=S/Y
d
=4900/5250= 0,93 APS=S/Y
d
=350/5250=0,07
2-masala
Investitsiyalar (I) 50 sh.b.ni, davlat xarajatlari (G) – 200, sof eksport (X
n
) – 70, avtonom
iste‟mol xarajatlari (S) – 100 sh.b.ni, jamg„armaga chegaralangan moyillik (MRS) –
0,25 ni tashkil etsa, YAIMning muvozantli darjasini aniqlang.
Yechish:
MRS = 1 – MPS = 1- 0,25 = 0,75;
Iste‟mol xarajatlari funksiyasi: S = 100 + 0,75 Y
Y = C + I + G + X
n
.
Mavjud ma‟lumotlarni asosiy makroiqtisodiy ayniyatga qо„ygan
holda YAIMning
izlanayotgan muvozanatli miqdorini topamiz.
Y= 100 + 0,75 Y + 50 + 200 + 70
0,25 Y = 420 pul birl.
Y = 420:0,25, bundan Y = 1680 pul birl. ekanligini aniqlaymiz.
Mustaqil ishlash uchun masalalar
1.
Agarda ixtiyoridagi daromad (U) 200ga istemol (S) 180 ga teng bо„lsa, unda
istemolga bо„lgan о„rtacha moyillik (ARS) va jamg„arishga bо„lgan о„rtacha
moyillik
(ARS) nimaga teng bо„ladi?
2
.О„tgan yili uy xо„jaliklarining ite‟mol xarajatlari 800 shartli birlikni (sh.b.)
tasarrufdagi daromad miqdori esa 1000 sh.b.ni tashkil etdi.
Joriy yilda jamg„armalar hajmi 120 sh.b.ni, iste‟molga chegaralangan moyillik esa 82 %
ni tashkil qildi.
Topilsin:
14
a) о„tgan yildagi yildagi jamg„armalar, iste‟molga va jamg„arishga о„rtacha moyillik
kо„rsatkichlari;
b) joriy yildagi iste‟mol,
tasarrufdagi daromad, iste‟molga va jamg„arishga о„rtacha
moyillik kо„rsatkichlari;
v) jamg„arishga va iste‟moga chegaralangan moyillik kо„rsatkichlari
3
.Avtonom soliqlar midori 200 sh.b., daromadlarning 1 miqdoga о„zgarishi soliqlarning
0,2 miqdorga о„zgarishini va jamg„armalarning 0,25 miqdorga о„zgarishini
keltirib
chiqaradi. Avtonom iste‟mol hajmi daromadlarga nisbatan 15 %.
Daromadlar hajmi
4000.
Topilsin:
a) iste‟mol va jamg„armalar hajmi;
v) iste‟molga va jamg„arishga о„rtacha, hamda chegaralangan moyillik kо„rsatkichlari.
4.
Iste‟mol funksiyasi quyidagi kо„rinishda berilgan:
C=150+0.85 (Y-T)
Soliq funksiyasi T=t
0
+ t
1
Y
Ishlab chiqarish hajmi 5000. Agar soliq stavkasi t
1
0,3 dan 0,2 ga qadar pasaysa iste‟mol
hajmi qanchaga о„zgaradi?
5.
YAIMning muvozanatli darajasi 5000; iste‟mol funksiyasi S= 500+0,6 Y; investitsiya
funksiyasi I=2000-10000R . Muvozanatli real foiz stavkasini aniqlang.
6.
Investitsiyalar 700 sh.b.ni, tasarrufdagi daromad 3200 sh.b.ni, iste‟mol xarajatlari
2800 sh.b., davlat byudjeti ortiqchaligi 100 sh.b.ni tashkil etdi. Sof eksport miqdorini
toping.
Do'stlaringiz bilan baham: