11
qiluvchi hodisa, partiya nizomini o‘zgartirishga bag‘ishlangan konferensiya 1995-
yilda bo‘lib o‘tdi. Nizomning yangi tahriri leyboristlar partiyasini harakatchanlik
va raqobatga asoslangan, imkoniyatlar tengligini
va qashshoqlikdan saqlanish
kafolatini bera oluvchi “adolatli jamiyatni” yaratishga asoslangan “demokratik va
sotsialistik” partiya deb ko‘rsatar edi. Nizomda ishlab chiqarish vositalariga jamoat
mulki ustunligi to‘g‘risidagi holat olib tashlandi. “Sotsializm tushunchasining o‘zi
endilikda jamiyat qurilishining loyihalaridan biri emas, balki individ va
jamiyatning o‘zaro eng maqbul (optimal) munosabatining
idealini aks ettiruvchi
axloqiy tusga ega bo‘ldi. 1995-yil konferensiyasi qarorlariga norozilik shaklida
leyboristlar partiyasi tarkibidan Sotsialistik leyboristlar partiyasini tuzgan Artur
Skargillning guruhi ajralib chiqdi. Ammo bu parchalanish leyboristlar obro‘siga
ham, ularning rahbari mavqeiga ham zarracha ta’sir etmadi.
1997-yildagi saylovoldi manifest “yangi leyborizm” g‘oyalari
ruhida
tuzilgan edi. Umuman olganda iqtisodiy sohada “Status guo”ni saqlashga harakat
qilib, leyboristlar partiyasi huquqiy islohotlar o‘tkazish va tashqi siyosatni
o‘zgartirish zarurati haqida bayon qiladi
13
. Jumladan, lordlar palatasini isloh qilish,
referendumlar institutini mustahkamlash, proporsional saylov huquqini joriy qilish,
Shotlandiya, Uels va Shimoliy Irlandiyada konstitutsiyaviy islohot o‘tkazish taklifi
kiritildi. Partiya dasturi “Tetcherdan keyingi” davrga yaqin iqtisodiy g‘oyalarni va
yetarlicha radikal bo‘lgan Yevropeistik g‘oyalarni o‘z ichiga olardi.
Bler YIning
sotsial partiyasi va Yevropa valyuta tizimiga qo‘shilishga tayyor ekanligini bayon
qildi. Saylovoldi kurash davrida “Amerika omili”dan ham foydalanildi-bosh
vazirdan farqli o‘laroq, Bler B.Klinton bilan do‘stona munosabatlar o‘rnata oldi.
1997-yil may oyidagi saylovlar natijalari oldindan ma’lum edi. Leyboristlar
olgan ovozlar ulushi (45%) ularning eng yuqori yutug‘i bo‘lmasa ham,
parlamentda qo‘lga kiritilgan o‘rinlar soni ancha ko‘p (659 dan 419 o‘rin) edi.
13
Великобритания. Эпоха реформ / Под ред. А.А. Громыко. - М., 2007.ст.233.
12
Konservatorlar esa 30,2% ovozga bo‘lib, bor-yo‘g‘i 165 ta o‘z nomzodlarini
parlamentda joylashtira oldilar. Bu oxirgi 90 yil davomida eng past ko‘rsatkich edi.
Ayniqsa, Shotlandiya va Uelsda konservatorlar tarixda ilk bor birorta ham ovozga
ega bo‘lmaganligida namoyon bo‘ldi. Saylovchilarning atigi 17%
ovoziga egalik
qilgan liberal demokratlar o‘z taktikalari tufayli 34 ta okrugda g‘alaba qozonishga
muvaffaq bo‘lishdi. Milliy partiyalar yutuqlari kutilmagan hodisa bo‘ldi.
Shotlandiyaning to‘liq mustaqilligi uchun kurashayotgan Shotlandiya Milliy
Do'stlaringiz bilan baham: