Idealizm ruh va ong birlamchiligidan, shaxsiy ong (
sub'ektiv idealizm) yoki shaxsdan
tashqari ruhning mutlaq g‘oyaligi (
ob'ektiv idealizm)dan kelib chiqadi. Xitoy faylasufi
Van
Yan-Min (1472-1528), ingliz yepiskopi
D. Berkli (1685-1753), «esse-percipl» (lat.mavjud
bo‘lmoq - demak idrok qilinadi) prinsipini ilgari surgan nemis faylasufi
I.Fixte (1762-1814)
sub'ektiv idealizmning yirik namoyandalari edilar. Empiriokrititsizm, neopozitivizm,
neokantchilik va boshqa qator falsafiy maktablar sub'ektiv idealizm prinsiplariga asoslangan.
Qadimgi hind falsafasidagi
braxmanizm va
vedantizm, yunon faylasufi Aflotun (er.av.427-347
yillar), xitoy faylasufi
Chju Si (1130-1200), nemis faylasuflari
Shelling (1775-1854),
Xegel
(1770-1831), neotomizm kabilarning
falsafiy tizimlari ob'ektiv idealizmga mansubdir.
Agar dunyoni bilish mumkinligi to‘g‘risidagi masalani oladigan bo‘lsak, undagi
faylasuflar haqiqiy bilimga erishish mumkinligini e'tirof etuvchi va uni inkor qiluvchilarga
bo‘linadi. Uni inkor qiluvchilar yo‘nalishi
agnostitsizm degan nom oldi va D.Yum (1711-
1776) hamda I.Kant(1724-1804) bu yo‘nalishning taniqli vakillaridir. Agnostitsizm
elementlari hozirgi tizimlar (neopozitivizm, kritik realizm)da ham uchraydi. Haqiqatga
erishish mumkinligini e'tirof etuvchilar orasida bilish (
sensualizm), idrok (
ratsionalizm), diniy
vahiy yoki so‘fiy his qilish (
irratsionalizm) kabi yo‘nalishlarni ham ajratish mumkin.
Sensualizm va ratsionalizmning
ham materialistik, ham idealistik shakllari mavjud.
Falsafiy yo‘nalishlarni bilish usullariga ko‘ra,
empirizm,
ratsionalizm va
irratsionalizmga
bo‘lish mumkin.
Dialektika (tafakkur metodini narsa va hodisalarni o‘zaro bog‘liqlikda va rivojlanishda
deb qarovchi)yoki
metafizika (tafakkur metodini narsa va hodisalar umumiy bog‘liqlikdan
tashqarida, o‘z-o‘zidan sifat jihatidan rivojlanmaydi deb qarovchi) mavqyeiga ega faylasuflar
ham farqlanadi.
Falsafiy yo‘nalishlar asosiy mavzusi bo‘yicha nisbatan tor ixtisoslashishga, masalan,
gnoseologiya, antropologiya, aksiologiya, ontologiya muammolari kabilarga mo‘ljallangan
oqim va maktablarga bo‘linadi. Masalan, «lingvistik falsafa» tabiiy tilni tahlil qilishga
(J.Ostin, J.Uizdom, P.Stroson), «texnika falsafasi» hozirgi dunyodagi texnika fenomeniga
(A.Xuning, F.Rapp), «istorisizm» maktabi esa (V. Diltey, R. Kollingvud) tarixiy bilim
muammolariga yo‘naltirilgan va hokazolar.
Falsafiy yo‘nalishlar klassik merosga munosabat bo‘yicha ilgarigi klassik tizim g‘oyalarini
tiklab, rivojlantirishga yo‘naltirilgan
neoklassik oqim (neokantchilik, neotomizm,
neoxegelchilik va boshqalar), ularni to‘liq qaytadan ko‘rib chiqish va ularni rad etishga
asoslangan
antiklassik oqim (pozitivizm, nitssheanchilik, tasavvuf) va tanqidni sintezlash va
klassik meros an'analarini davom ettirishga yo‘naltirilgan
neoklassik oqim (marksizm,
ekzistensializm va boshqalar)ga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: