Falsafa va boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlarda «individ», «individuallik», «shaxs» singari
tushunchalar ko‘p qo‘llaniladi. Ularning o‘xshashligi va farqlari nimada? Bu
tushunchalarning har birining mohiyati nimadan iborat?
Yuqoridagi tushunchalar qatorida «
individ» tushunchasi birinchida turadi. U eng avvalo,
muayyan insonning boshqa odamlardan alohidaligiki, «chegaralanib» olganligini ifoda etadi.
Individ - bu Homo sapiens biologik turining ayrim olingan, yakka vakili. Individning asosiy
xususiyati - bu uning boshqalardan ajralganligi, alohidaligidir. Individ - bu insonning eng
oddiy va abstrak tavsifi.
Shunisi qiziqki, turli fanlar «individ» tushunchasini turlicha talqin etadilar. Masalan,
psixologiya ushbu tushunchani ikki aspektda ko‘radi: a) individ ayrim olingan tabiiy
mavjudot, tug‘ma va orttirilgan xususiyatlarning mahsuli, individual, o‘ziga xos
xususiyatlarning sohibi sifatida; b) insonlar jamoasining alohida olingan vakili; o‘zining
biologik cheklanganlik doirasidan chiquvchi qurollardan, belgilardan foydalanuvchi va ular
vositasida o‘z xulqi hamda psixik jarayonlarini kasb etuvchi ijtimoiy mavjudot.
338
Psixologiya individning asosiy qirralari deb quyidagilarni hisoblaydi: 1) psixofiziologik
tashkillashuvning yaxlitligi; 2) atrof dunyo bilan o‘zaro ta'sirdagi barqarorlik; 3) faollik
339
.
Sotsiologiya nuqtai nazaridan individ - bu inson naslining ayrim olingan vakili va
insoniyatning barcha ijtimoiy va psixologik xususiyatlarining: aql, iroda, ehtiyojlar,
manfaatlar va boshqalarning muayyan sohibi. Bu holda «Individ» tushunchasi muayyan, aniq
bir insonni
anglatadi
340
.
Va nihoyat,
falsafa uchun individ ijtimoiy atom, alohida ajralib turuvchi mohiyat, ancha
keng bo‘lgan ijtimoiy yaxlitlikning (guruhning, sinfning, millatning, insoniyatning) ayrim
olingan vakili
341
.
Individ - eng avvalo qandaydir ko‘plikni bir vakili, ko‘plarning biri. Shu ma'noda deyarli
har bir odam - individ (ba'zan individium ham deyiladi va yoziladi).
Bu o‘rinda bir narsani ta'kidlash lozim: ajralib turish, alohidalik insonning spetsifik
xususiyati emas, ob'ektiv dunyodagi barcha predmetlar va hodisalar u yoki bu tarzda ajralib
turadi. Ammo insonga nisbatan ko‘proq boshqa bir tushuncha nisbat beriladi - «
individuallik».
U muayyan insonning noyobliki, betakrorligini anglatadi. Muayyan ma'noda individuallik -
individdan shaxsga olib boruvchi pog‘onadir. Inson tug‘ilishidan individ bo‘lib tug‘iladi,
biroq shaxs sifatida u o‘z individualligining barcha imkoniyatlarini ochish orqaligina
shakllana oladi.
Individuallik individning o‘ziga xosligini, ichki dunyosining o‘ziga xosligini aks ettiradi,
bu insonga xos umumiy (universal) va ayrim (noyob, o‘ziga xos) xususiyatlarning uzviy
birligidir.
Inson falsafasidagi yana bir muhim tushuncha «
sub'ekt» tushunchasidir. Sub'ekt sifatida
ayrim olingan individ ham va qandaydir jamoa (guruh, sotsium va xatto umuman insoniyat)
namoyon bo‘lishi mumkin. Bu o‘rinda bizni individual sub'ekt qiziqtiradi. Uning asosiy
tavsiflari quyidagilardir: faollik, onglilik, maqsadning mavjudligi, o‘z-o‘zini anglash, xatti-
harakatlar erkinligi. Sub'ekt sifatida inson muayyan ijtimoiy rolni o‘ynaydi. Odam sub'ekt
bo‘lib tug‘ilmaydi, balki tarbiya jarayonida sub'ektga aylanadi.
Sub'ektivlik haqida so‘z ketganda mazkur tushunchaning ikki ma'nosi borligini esda tutish
lozim. Birinchidan, u ayrim individning tanlovi sifatidagi sub'ektivlikni anglatadi, ikkinchidan
esa ushbu individ insoniy sub'ektivlik doirasidan tamoyilan
chiqa olmasligini bildiradi
342
.
Shaxs
338
Қаранг: Психология. Словарь. М., 1990. 135-б.
339
Ѝша ерда. 136-б.
340
Қаранг: Радугин А.А. Радугин К.А. Социология. М. 1995. 85-б.
341
Қаранг: Философия. Ростов-на-Дону, 1996. 264-б.
342
Қаранг: Сартр- Ж-П. Экзистенциализм – это гуманизм // Сумерки богов. М., 1989. 323-б.
Shaxs tushunchasi falsafada va umuman insonni o‘rganuvchi fanlar majmuasida eng
murakkab tushunchadir. Inson shaxsi rivojlanishining eng muhim biologik omili inson
miyasidir. Ammo shaxs mohiyati - bu ijtimoiy xususiyatga molik hodisa. Miya esa moddiy
organ bo‘lib, u orqali shaxs o‘z-o‘zini namoyon etadi.
Inson mazkur sotsiumga xos bo‘lgan me'yorlar, bilimlar, qadriyatlarning
muayyan tizimini
o‘zlashtiradi. Muayyan jamiyatning real shart-sharoitlari shaxsning ijtimoiy mohiyatini
belgilaydi. Shaxsning shakllanishi jarayoni
sotsializatsiya deb ataladi.
Falsafada shaxs muammosi - bu eng avvalo insonning mohiyati, uning dunyodagi,
tarixdagi va jamiyatdagi o‘rni muammosidir. Muayyan ijtimoiy munosabatlar muayyan
tarixiy tipdagi shaxsning shakllanish jarayonida hal qiluvchi ahamiyatga ega. Antik davr
odami uchun eng asosiy deb yaxshi firklar, intilishlar, istaklar hisoblangan va ular ijtimoiy
amaliyotda qanchalik ro‘yobga chiqishiga umuman olganda katta ahamiyat berilmagan:
«Insonni faqat uning ishlariga qarab emas, intilishlariga qarab ham baholash lozim»
(Demokrit), «Inson
qanday fikrlasa, u hayotda shundaydir» (Sitseron), «Bizning hayotimiz biz
u haqda nima o‘ylasak ana shudir» (Mark Avreliy), «Axloqiy fazilatlar niyatlar bilan
bog‘liqlikda ko‘zga tashlanadi» (Arastu).
Antik davr mutafakkirlari nazarida chinakam shaxs deb shunday odamni aytish mumkinki,
birinchidan, u axloqli, ikkinchidan, aql-idrok egasi, uchinchidan, boshqalar bilan muloqotga
kirishadigan, to‘rtinchidan siyosiy va davlat mavjudotidir.
O‘rta asrlar bizga shaxsning boshqacha tipini ko‘rsatadi. Mazkur davr uchun jamiyatning
tabaqalanganligi, kastalarga bo‘linishi va qat'iy korporativlik xosdir. Shu sabali muayyan
tabaqaga, kastaga, sexga, gildiyaga mansublik, uning qonunlariga, odatlariga, an'analariga
bo‘ysunish shaxsning individual sifatlarining namoyon bo‘lishidan ko‘ra muhimroq va
kuchliroq edi.
Faqat yangi davrga kelib ayrim olingan inson shaxsining qimmati, avtonomligi, o‘ziga
xosligi qaror topadi. Bu ayniqsa, ijtimoiy-siyosiy fikr uchun xosdir. Ijtimoiy faollik, tadbir-
korlik, ongli va foydali faoliyat, mustaqillik, individualizm, shaxsiy mas'uliyat, o‘z qadr-
qimmatini bilish tuyg‘usi - mana bular shaxsning
g‘arb, yevropa-amerika konsepsiyalari
yuksak qadrlanadigan sifatlari hisoblanadi.
Shaxsning sharq modeli esa boshqachadir. Shaxsning
sharqqa xos modelining bir nechta
modifikatsiyalarini ajratib ko‘rsatish mumkin (islom, budda, konfutsiy va hokazo). Shunday
bo‘lsa-da, ular o‘rtasida ularni shaxsning g‘arb modelidan ajratib turuvchi muayyan
mushtarakliklar mavjud.
Shaxsning sharq tipiga xos asosiy xususiyatlar quyidagilardir: mas'uliyat va
majburiyatlarning inson huquqlari oldida ustuvorligi, xulq-atvordagi traditsionalizm, hulq-
atvorning, jamoaviy modellarining individual me'yorlardan ustunligi, sotsiumga ko‘proq
qaramlik, ijtimoiy muhit bilan aloqaning ko‘pligi.
Shuni esda tutish lozimki, shaxs tipi ijtimoiy munosabatlarning real tizimining in'ikosidir.
Shaxsning shakllanishi va rivojlanishining muhim omili sifatida uning ijtimoiy faoliyati,
sotsium hayotida muayyan rolni bajarishi namoyon bo‘ladi. Individ shaxs sifatida faqat turli
tuman ijtimoiy munosabatlardagina o‘z-o‘zini namoyon etishi mumkin. O‘z vaqtida Arastu
«insonning vazifasi uning ongli faoliyatidan iborat» deb hisoblagan edi. A.Jomiy «Qo‘llaring
baquvvat ekan, mavjud ekan kundalik mehnatga ko‘ngil qo‘y» deya da'vat etgan bo‘lsa, Ibn
Sino «Bekorchilik va ishyoqmaslik faqat nodonlikka sabab bo‘libgina qolmay, ayni paytda
kasalliklarga ham sabab bo‘ladi» deb ogohlantirgan edi.
Shaxs - bu muayyan ijtimoiylashuv jarayonining natijasigina emas, bu uzluksiz o‘sib
boruvchi jarayon.
Agar doimiy rivojlanish, kamolotga intilish, olg‘a harakat bo‘lmasa, u
holda
shaxs buzilishi, degradatsiyaga duchor bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: