kelgusi harakatlarining dastlabki rejasini tuzganida va kelgusida bu harakatlarning ehtimol
tutilgan natijalari va oqibatlarini oldindan ko‘rganida ong maqsadni ko‘zlash funksiyasini
amalga oshiradi.
O‘z-o‘zini anglash yordamida, shuningdek, ongning boshqaruvchilik funksiyasi tartibga
solib turiladi, zero odamning anglangan faoliyati shaxsning o‘z-o‘zini boshqarishi hamda
o‘zining xatti-harakati, qurshab turgan dunyoga va boshqa kishilarga munosabati ustidan
nazorati bilan uzviy bog‘liqdir. O‘z-o‘zini anglash, bu – o‘z mohiyatini, odam borlig‘ining
maqsadi va ma'nosini tushunishga intilgan ongning faol ravishda, muayyan maqsadda o‘z-
o‘ziga yo‘nalishidir, o‘z imkoniyatlari va qobiliyatlarini amalga oshirish imkoniyatidir,
boshqacha aytganda, shaxsning o‘z ko‘zi oldida va butun jamiyat ko‘zi oldida o‘z-o‘zini
aktuallashtirish imkoniyatidir.
Odam ongining boshqa bir muhim funksiyasi
tushunish funksiyasidir. Asosiy tushunish
funksiyasi individning tabiiy va ijtimoiy muhitda ongli ravishda harakat qilishi va yo‘l
tutishini ta'minlash bilan bog‘liqdir.
Har qanday tushunish - qandaydir tushunmovchilikni bartaraf etish jarayonidir, ya'ni
tushunish voqyelikning biron-bir hodisasini anglab olish jarayonidir Shu anglab olish asosida
mazkur hodisa ahamiyati fahmlab olinadi va u inson tomonidan o‘zlashtiriladi. Tushunish bu
– sub'ektning o‘z dunyoqarashi, dunyoni his qilishi, o‘z hayot yo‘lini shaxsan bilishi asosida
sub'ekt hayotiy tajribasining haqiqiy aktuallashuvidir.
Tushunishni o‘rganish
germenevtika predmetiga aylandi. Uning asoschisi XVIII asrning
oxiri - XIX asrning boshida yashab o‘tgan teolog va filolog
F.Shleyermaxerdir. Uning
fikricha, germenevtikaning asosiy vazifasi klassik tarixiy matnlarni tushunish va ularni
to‘g‘ri o‘qish asosida o‘tgan zamonlardagi odamlarning ma'naviy dunyosini bilib olishdir.
Bunday bilib olish alohida sezgi -
empatiya yordamida, ya'ni biluvchi sub'ektning qadimgi
kishilar yashagan sharoitni chuqur o‘rganishi, his etishi va anglashi yordamida sodir bo‘ladi.
Hozirgi vaqtda
falsafiy germenevtika hal etayotgan vazifalar doirasi kengaydi;
germenevtik yondashuv sub'ektning anglash va tushunish jarayonidagi faol rolini ta'kidlaydi.
Nemis filosoflari V.Diltey, M.Xaydegger, X.G.Gadamer, fransuz filosofi P.Riker hozirgi
zamon germenevtikasining rivojlanishiga o‘z xissalarini qo‘shdilar. Odamning odamni
tushunish jarayoni o‘zaro munosabat bilan uzviy bog‘liqdir, tushunishning o‘zi hamisha
shaxslar o‘rtasidagi dialog natijasidir, shu bilan birga shaxsning o‘z-o‘zi bilan ichki dialogi
bunda tez-tez bo‘lib turadigan va amalda muhim hodisadir. Tushunish asosan jamiyat
taraqqiyotining muayyan bosqichida jamiyatda mavjud bilimlarning xarakteri bilan
belgilanadi. Tushunish ilgarigi mavjud bilim, mantiqiy fikrlash madaniyati, avvalgi ijtimoiy
tajriba mahsulidir. Mavjud axborotlar majmui doirasida yangi fakt, yangi axborot, yangi bilim
izohlanadi, ya'ni muayyan tarzda tushunib olinadi. Bunda yangini tushunishga noma'lumni
ma'lum orqali qisman izohlash yo‘li bilan erishiladi.
Insonning tushunish layoqati uzoq taraqqiyot yo‘llarini bosib o‘tgan. Birinchi bosqich
«
amaliy tushunish» bosqichi bo‘lgan; ibtidoiy odam shu bosqichda yashagan, uning amaliy
hayotiy faoliyati uning uchun tushunish manbai bo‘lgan. So‘ngra tushunishning
sehrgarlik
(magiya) kabi o‘ziga xos shakli - biluvchi tafakkurning o‘ziga xos refleksiyasi, «amaliy
tushunishni» anglash, u haqda o‘ziga xos o‘ylash paydo bo‘lgan. Faqat antik davrdan e'tiboran
yig‘ilgan bilimlar, mahoratlar, malaka va texnologiyalar majmui ustidan refleksiya sifatida
«
nazariy tushunish» shakllana boshlagan.
Ongning yana bir funksiyasi ijodiy funksiya bo‘lib, u maqsad qo‘yishda, prognozlashda,
kishi harakatlarining kutilayotgan natijalarini oldindan ko‘rishda
ongning faolligini nazarda
tutadi. Ongning ijodiy faolligi konstruktiv-o‘zgartiruvchi faoliyat bilan, yangini yaratish bilan
uzviy bog‘liqdir.
Ijodiyot - insoniyatning tabiiy resurslarni ongli ravishda o‘zlashtirishi,
shuningdek inson qobiliyatining rivojlanishi natijasida yangi moddiy va ma'naviy qadriyatlar
yaratish jarayonidir. Ijodiy o‘zlashtirishda sub'ekt ongining faolligi uzoq izlanishlarni,