‘’Boshlang’inch ta’lim va sport tarbiyaviy ish’’ta’lim yo’nalishi sirtqi 2-
kurs talabalari uchun ‘’O’qituvchi nutq madaniyati ‘’fanidan yakuniy
nazorat savollari.
9 variant
1. Ilmiy uslub
2. Egalik qo’shimchalaridan foydalanish normalari
3. Nutq odobi
4. Kundalik (xotira; estalik)
1. Ilmiy uslub
Fan va texnika tili ilmiy uslub deyiladi. Daliliy munosabatlar asosida chiqarilgan
ilmiy xulosalarga asoslanuvchi, har bir fan sohasining o`ziga xos atamalariga
tayanuvchi, fikrni aniq va mantiqiy izchil bayon qiluvchi uslub ilmiy uslubdir.
Ilmiy uslub tabiat va ijtimoiy hayotdagi barcha narsa hamda hodisalar to‘g‘risida
aniq, asoslangan, izchil ma’lumot berishda qo‘llanadi. Unda narsa-hodisa
mohiyatini ta’riflash, tahlil qilish, sababini aniqlab, dalillar bilan isbotlash va asosli
natijalarni bayon etish muhim hisoblanadi. Maxsus atamalar bu uslubning
leksikasini tashkil qiladi, unda adabiy me’yorga qat’iy rioya etilgani holda majhul
nisbatdagi fe’llar va murakkab qurilishli gaplar keng ishlatiladi. Ilmiy uslub
bilimning
turli sohalariga qarab
, shuningdek, kimga mo‘ljallanganligiga nisbatan
o‘zaro farqlanadi. Masalan, fan sohalari muayyan shartli belgilar, formulalar,
bayon qilish materiali bilan ajralib turadi. Ilmiy uslubdagi kitoblar ilm-fanga oid
ma’lumotlar berish bilan mutaxassislargagina mo‘ljallanishi yoki bunday ilmiy
ma’lumotlar keng ommaga qaratilgan bo‘lishi mumkin. Keng jamoatchilikka
tushunarli bo‘lgan, tasvir bayonida emotsionallik, obrazlilik mavjud bo‘lgan uslub
ilmiy-ommabop uslub sanaladi. Ko‘pchilikka mo‘ljallangan ma’ruzalar, risola va
darsliklar shu uslubning ko‘rinishlaridir.
Ilmiy-ommabop uslubda maxsus atamalar kam ishlatiladi (ishlatilganda esa izohi
beriladi), fikrlar qiziqarli tilda tushuntiriladi, bayonda obrazlilikni ta’minlovchi
badiiy tasvir usullaridan foydalaniladi.
2. Egalik qo’shimchalaridan foydalanish normalari
O‘zakka egalik qo‘shimchalari qo‘shish bilan tovush tushishi,
orttirilishi yoki o‘zgarishi mumkin:
og‘iz+im=og‘zim,
bo‘yin+im=bo‘ynim, obro‘-obro‘+y+im, parvo+y+im, o‘rtoq+im-
o‘rtog‘im, eshik+im-eshigim. Ba’zi so‘zlarga egalik affiksi qo‘shaloq
qo‘shiladi: bun+i+si, qay+si+si, singl+i+si
2. Egalik affiksining 1,2- shaxsi asosdan anglashilgan narsa va
belgini faqat kishilarga nisbatlaydi. 3-shaxs orqali esa asosdan
anglashilgan narsa va belgi kishilardan boshqa narsalarga ham
nisbatlanadi: Mening ko‘ylagim, sening ko‘ylaging, uning ko‘ylagi,
dalaning havosi, qushlar ovozi kabi.
3. Egalik qo‘shimchalari otdan boshqa so‘zlarga qo‘shilib keladi:
o‘qishing, hammang, qahramonim,qanaqasi, o‘qiganim, oqi, qorasi
kabi. Barchasi, beshovi kabi so‘zlar tarkibida ular betaraf xususiyatga
ega bo‘ladi. Kishilik olmoshlari esa egalik qo‘shimchasini qabul
qilmaydi.
4. Egalik qo‘shimchalari o‘zi qo‘shilgan so‘zning boshqa so‘z bilan
bog‘lanishida ishlatiladi. Bu vaqtda egalik qo‘shimchasi qo‘shilgan
so‘z qaratqich kelishigi bilan aloqaga kirishadi. Biroq,
egalik affiksi
o‘zi qo‘shilib kelgan so‘zning sintaktik vazifasini ko‘rsatmaydi: mening
kitobim, sening kitobing kabi. Agar qaratqich kelishigidagi so‘z
ko‘plikdagi kishilik olmoshi bilan ifodalansa, qaralmishda egalik affiksi
qo‘llanmasligi ham mumkin: bizning xonadon, bizning oila kabi.
5. Egalik affiksini olgan ot yoki otlashgan so‘z ba’zan chiqish
kelishigidagi so‘z bilan ham bog‘lanishi mumkin. Bunda egalik
shaklidagi so‘z ko‘pincha otlashgan so‘zlardan bo‘ladi: tanishlardan
bittasi, Mehmonlardan
kattasi. 6. Egalik affiksi bosh kelishikdagi so‘z bilan birikib, izohlovchi-
izohlanmishli birikma hosil qilishi mumkin: Zarafshon daryo+si, chet
tillar institut+i, sut kombinat+ii.
7. Odatda, ot va otdan boshqa so‘zlarga avval ko‘plik affiksi, keyin
egalik affiksi qo‘shiladi.Egalik affiksidan so‘ng kelishik affiksi
qo‘shilishi mumkin: kitob+lar+im+dan, yaxshi+lar+i+ga. Egalik
affikslarini olgan qarindoshlik, yaqinlik ma’nosidagi otlar hurmat
ma’nosini ifodalaganda esa, o‘zakka avval egalik keyin ko‘plik affiksi
qo‘shiladi: dada+m+lar, uka+m+lar kabi.
8.Egalik affikslari ba’zi so‘zlar tarkibida grammatik ma’nosini
yo‘qotib, o‘zi qo‘shilgan so‘z bilan birga boshqa turkumga ko‘chishi
mumkin: ertasi, kechasi (ravish) chamasi, yaxshisi (modal so‘z).
3. Nutq odobi
Nutq madaniyati va nutq odobi tushunchalari, donolar nutq odobi haqida, nutqning
shakllanishidagi
shart-sharoitlar va nutq odobi
, nutqiy vaziyat va nutq odobi
.O‘zbek millatining ko‘pming yillik tarixida keyingi o‘n yillikda erishgan
yutuqlarimiz alohida o‘rin tutadi. Mustaqillik necha asrlar davomida yaratilgan boy
ma’naviy-ma’rifiy merosimizni nafaqat o‘rganish, balki uni davr talablari asosida
qaytadan idrok etish va milliy manfaatimizga xizmat qildirish vazifasini oldimizga
qo‘ydi. Boy tajribalarimiz negizida milliy istiqlol mafkurasining yangicha
tamoyillari yaratildi. Davr barcha ziyolilar qatori tilshunoslar oldiga ham yangi va
ulkan vazifalarni qo‘ydi. Bu vazifalarni lo‘nda qilib, bir tomondan,
tilshunoslikning nazariy masalalarini jahon andozalari darajasida tadqiq
etish, ikkinchi tomondan,
uning amaliy jihatlari
, aniqrog‘i, nutqiy madaniyat
masalalari bilan shug‘ullanish tarzida tushunish to‘g‘ri bo‘ladi. Darhaqiqat, tilining
barcha qatlamlaridagi birliklarni tartibga keltirish, ya’ni adabiy tilimizning qat’iy
me’yorlarini
belgilash
, ularni imlo va talaffuz qoidalari asosida yozish va
so‘zlashni xalqimiz orasida ommalashtirish, bu qoidalarni lug‘atlar shaklida
mustahkamlash bugunning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi. Bular orasida
xalqimizning nutq madaniyatini yuksaltirish muhim bo‘lib qoladi. Chunki milliy
istiqlol g‘oyasi yurtdoshlarimizni ma’naviy yangilanish va islohotlar jarayonining
faol ishtirokchisiga aylantirish,
yoshlarimizni esa erkin
,shu bilan birga , odatdagi,
an’anaviy usullardan voz kechib, yangicha fikrlashga o‘rgatishni maqsad qilib
qo‘yar ekan, bunga til madaniyatisiz erishib bo‘lmaydi. O‘rta Osiyo madaniyati
tarixida ham nutq madaniyati bilan shug‘ullanish o‘ziga xos mavqega ega bo‘lgan.
Ulug‘ turkolog olimlar Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk»,
Yusuf
Xos Hojibning
«Qutadg‘u bilig» asarlari bu masalaning juda qadimdan o‘rtaga
qo‘yib kelinganligidan dalolat beradi. U paytlar «nutq odobi» deb yuritilgan sodda
va o‘rinli gapirish, qisqa va mazmundor so‘zlash, ezmalik va laqmalikni qoralash,
keksalar va ustozlar
oldida gapirganda odob saqlash
, to‘g‘ri, rost va dadil gapirish,
yolg‘onchilik va tilyog‘lamalikni qoralash singari
bit qator ko
‘rsatmalar bugun
biz «nutq madaniyati» deb atab kelayotgan tushunchaning aynan o‘zidir.
Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig» dostonida ham «Til fazilatlari, foyda va
zararlari haqida», «Til ardami» deb nomlangan maxsus boblar bo‘lib, ular so‘zlash
madaniyatiga bag‘ishlangan. Ayrim namunalar keltiramiz.
So‘zingni ko‘dazgil boshing bormasin,
Tilingni ko‘dazgil tishing sinmasin...
(So‘zingga ehtiyot bo‘l, boshing ketmasin,
Tilingga ehtiyot bo‘l, tishing sinmasin...)
Esanlik tilasa saning bu o‘zung,
Tilingda chiqarma yarog‘siz so‘zung.
(Sening o‘zing esonlik tilasang,
Tilingdagi yarog‘siz so‘zingni chiqarma).
Bilib so‘zla so‘z biligka sonur,
Biligsiz so‘z o‘z boshini yeyur.
4. Kundalik (xotira; estalik)
Qadimda ajdodlarimiz komil inson haqida butun bir ahloqiy talablar majmuasini
zamonaviy tilda aytsak, sharqona ahloq kodeksini ishlab chiqqanlar. SHarq
tarbiyasida islom dinining roli muhimdir. «Islom dini-bu otabobolarimiz dini, u biz
uchun ham iymon, ham ahloq, ham diyonat, ham ma‘rifat ekanligini unutmaylik.
Ana shu ma‘rifatli kishilarimiz jon-jon deb qabul qiladigan va yaxshi o‗gitlarga
amal qiladilar. Mehr-oqibatli, nomusli, oriyatli bo‗lishiga izzatehtirom
tushunchalariga rioya etishga harakat qiladilar». Islom dini har qanday davrda ham
insonlarni poklikka undagan, yaxshi xislatlarni ko‗paytirib yomon xislatlardan
xalos etishga chorlagan. Kasbiy pedagogika tarbiyalanuvchi shaxsini har
tomonlama rivojlantirish uchun zarur bo‗lgan eng samarali shart-sharoitlarini
o‗rganadi va aniqlaydi. Bu masalani hal qilish uchun avvalo «shaxs» degan
umumiy tushunchaning ma‘nosini va shaxsning rivojlanish qonuniyatlari,
rivojlanishning ko‗rsatkichlarini shaxsning shakllanishida ayrim muhim omillar
rolini bilish, individning rivojlanish jarayoni bosqichlarini aniqlash, shaxsni
shakllantirishda ta‘lim-tarbiyaning shaxs aktivligi rolini o‗rganish kerak bo‗ladi.
Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq mamlakatimizda ma‘naviyatni
rivojlantirishga alohida e‘tibor qaratilmoqda. Mamlakatimiz birinchi Prezidenti
Islom Karimovning har bir ma‘ruza va asarlarida yuksak ma‘naviyat kelajak
poydevori ekanligi qayta-qayta ta‘kidlanmoqda. Haqiqatan ham inson
ma‘naviyatini yuksaltirmasdan turib, jamiyatimiz turmush tarzida, mamlakatimiz
taraqqiyotida muvaffaqiyatlarga erishib bo‗lmaydi. Islohotlarning birinchi
bosqichida milliy ma‘naviyatni izga tushirib olish yo‗lida ko‗zlangan maqsad
asosan amalga oshirildi va ikkinchi bosqichda amalga oshirilishi lozim bo‗lgan
vazifalarga zamin hozirlandi. Ma‘naviy parokandalik davriga barham berildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |