4.3 Dizaynda innovatsion texnologiyalar
Dizayn barcha innovatsiyalami o ‘z ichiga oluvchi va aks
ettiruvchi, ba’zan uning strategiyasini aniqlovchi, kostyum dizayni
da konseptual yo'nalishlar, uslublar, usullar, yangi texnologiyalami
istiqbolli rivojlanishiga yo‘naltirilgan iqtisodiyotni rivojlanishining
o‘zgaruvchan omilidir. Ko‘p dizaynerlar o ‘zlarining loyihalarida
innovatsion texnologiyalarini qo‘llashga katta ahamiyat bermoq-
dalar, ayniqsa libos dizaynida bu ifodali ko‘rinmoqda. Innovatsion
texnologiyalaming
muntazam
rivojlanib
borishi
dizaynerlar
tomonidan innovatsion shakl yaratish, to‘plamlami loyihalashda va
modellashtirishda yangi usullarni qoMlash, ko‘proq talabalar bo‘lgan
yangi mahsulotlarni o‘z vaqtida yaratishga zamin yaratmoqda.
Modellashtirish va loyihalashda qo‘llaniladigan innovatsion usullar,
bular an’anaviy bo‘lmagan silikon, polimerlar, optotolalar, hamda
dizaynerlaming keng faoliyati uchun keng chegaralanmagan uslubiy
imkoniyatlari, hayratomuz fantaziyalari taqdim etiladi, shu sababli
dunyoning yetakchi dizaynerlari Xusseyn Chalayan, Syuzan Lii,
Mari Katranzoy, Iris Van Xerpenlar tomonidan ko‘p qo‘llaniladi. [3]
Shunday qilib, dizayn sanoat, grafik, atrof-muhit yoki kostyum
dizayni bo‘lishidan qat’iy nazar, texnik progress bilan to ‘g‘ridan
to ‘g‘ri bog‘langan va dizayn ko‘rinishiga, hamda turli ijtimoiy
madaniy tizimga turlicha ta ’sir ko‘rsatadi. Faylasuf G.N. Lola
fikricha, dizayn tarkibida ikkita muhim komponent bor. mavjudlik
va harakat, ya’ni hozirda unda nimanidir borligi va undan nimadir
hosil bo‘lish jarayoni. Dizayn - uyg‘unlik qonunlari bo‘yicha
dunyoni qurishga urinish, faoliyat va bu faoliyat muhsuli. Fayla-
sufning ushbu gaplarini asoslamasdan, asosiy so‘zda fikrimizni
jamlaymiz. Dizaynerni ayrim hollarda faoliyati kiyimni ishlab
164
chiqaruvchi firma va korxonalarning savdo-sotiq maqsadlariga
qarama-qarshi bo‘lib, kreativ faoliyatni faollashtirishga yo‘naltiril-
gan bo‘lishi mumkin. Agarda dizayner tomonidan sanoat dunyosini
shakllantirish
majmui
usullari
sifatida
unifikatsiyalashtirish,
tipiklashtirish, mujassamlashtirish muhitida tabiiy ish olib borilsa,
shubhasiz ta’kidlash mumkinki, iste’molchini erkin tanlash
huquqidan mahrum etib, ommaviy didni standartlashtirishga olib
keladi. Biroq aynan rassom-ioyihalovchi rolida namoyon boMadigan
innovatsiya va dizayneming ijodiy faoliyati takomillashgan
texnologik dizayn - mahsulotni paydo bo‘lishiga olib keladi. Shu
bilan birga sotsium va shaxsning m a’naviy-madaniy doirasini
kengaytirishda kiyim loyihalash jarayonidagi ‘4exnologiyalashti-
rish”ni oqilona tashkil etish muhimligini ta’kidlash mumkin.
E.Yu. Amosova, A.M. Andrievskiy, T.S. Vasileva, I.N. Save-
leva, V.V. Semyonova, M.V. Morozova, M.V. Jogova, I.A. Shero-
mova, E.V. Ustinchenkolaming ilmiy izlanishlarida kombinatori-
kada turlanadigan tizim odam-texnika-muhit, ya’ni «tech-couture»
yoki «texnomoda» fenomenini paydo bo'lishi, kostyum dizayni
sohasini rivojlanishida innovatsion texnologiyalaming ahamiyati
ko‘rib chiqilgan. Ushbu muammo bo‘yicha xorijda Bredli Kuinn
«Kelajak matolari: moda, dizayn va texnologiya» (Textile Futures:
Fashion, Design and Technology), «Texno-moda» (Techno Fa
shion), Xloe Kolchester «Bugungi kunda tekstil: an’analar va ten-
densiyalami global tadqiq etish» («Textiles Today: A Global Survey
o f Trendsand Traditions») va boshqalar ish olib borishgan [17-18].
K o‘pgina ilmiy manbalami o ‘rganish quyidagilami tasdiqlash-
ga imkon beradi: libos dizaynida innovatsion texnologiyalami
rivojlantirish va uiami to‘qimachilik va yengil sanoatga tadbiq etish.
Kostyum dizaynida innovatsiyani qo‘llanilishi moda industriyasi
uchun yangi imkoniyatlarni ochadi, hamda yangi tarkibli materiallar
bilan ta’minlaydi. Bugungi kunda kiyim organizm holatini nazorat
qilishdan boshlab atrof muhit monitoringigacha turli funksiyalami
bajaruvchi - gadjet, ya’ni moslashuvchi bo'lib qolmoqda. Yaqin
kelajakda kiyim ob-havo, xona sharoitiga qarab transformatsiya-
lanishni boshlaydi. Bugungi kunda o‘zbek dizaynerlari ham po-
diumda o‘ziga maftun etadigan, zamonaviy texnologiyalami qo‘l-
lagan katta miqdordagi liboslar to‘plamini taqdim etishmoqda.
165
Masalan, metall changlatish, geometrik shakldagi perforatsiyali
mato, choksiz trikotaj, 3D - printlar, poliamid tolali nanogaz-
lamalar, svetodiodli kiyimlar va h.k.
Xorijning yetakchi dizaynerlari esa, bugungi kunda libos
dizayniga katta o ‘zgartirishlar va yangiliklar olib kirmoqdalar.
Masalan, Iris vann Xarpen o ‘zining 3D ko‘ylaklarini namoyish
etishi yosh dizaynerlaming ijodlari uchun kreativ manba sifatida
xizmat qilishi mumkin.
Dizaynerlar va iste’molchilar tomonidan innovatsion ki-
yimlarga bir necha talablar qo‘yilmoqda. Bulardan biri, hayotni
engillashtirish. Bunda yomg'irli kunlarda odamlar uchun qulay
sharoit yaratish, shuning uchun ham parafin kapsulali materiallar
o‘ylab topilgan. Albatta bu loyiha hali oxirigacha yetkazilmagan,
lekin nazariy jihatdan bu mikroshariklami gazlama tolasi ichiga
joylashtiriladi, kun issiq bo'lganda ular erib qoladi, sovuganda esa
aksincha qotib o ‘zidan issiqlik chiqaradi, ammo yuqorida aytil-
ganidek, bu loyihani oxirigacha yetkazish kerak. Yana bir shunaqa
kashfiyotlardan biri Avstraliya kompaniyasi “Arctic Hit” xodimlari
sovutilgan gel bilan to ‘ldirilgan jilet o‘ylab topishgan, bunda
jaziram a yoz issig‘ida ushbu jiletni xolodilnikka biroz qo‘yib so‘ng
kiyib ko ‘chaga chiqish mumkin. Sovuqdan saqlanish uchun
isituvchi simlar bilan to ‘qilgan kurtka yoki jilet yaratilgan. Kiyim-
dagi maxsus tugma bosiladi va harorat moslashtiriladi, shuningdek
bu kiyimni bemalol yuvish ham mumkinligi ta’kidlab o ‘tilgan.
Bugungi kunda hayotimizni intemetsiz tasavvur etib bo‘l-
maydi, mana shu ehtiyojdan kelib chiqqan holda dizaynerlar
modaga yangilik olib kelishmoqda, bulardan tekin wi-fi tarmog‘ini
izlash uchun yaratilgan futbolka bo‘lib, undagi maxsus indikator
signalni borligini va uning tezligini aniqlab beradi. Yana bir qiziq
mahsulotlardan Adidas va Google - “Google Talking Shoes”
krassovkalari, unda intemetga chiqish uchun akselerometr, giroskop
va interfeys joylashtirilgan, bu krassovkalar sport bilan shu-
g‘ullanuvchilami ruxlantirib, ulaming yutuqlari haqida ijtimoiy
tarmoqqa m a’lumot beradi. Shuningdek, Adidas yana boshqa model
taklif etgan, unda MiCoach - bu ham krassovka ham shaxsiy
trenerdir, u egasini mashg‘ulot bilan shug‘ullanayotgan jarayonni
nazorat qilib turadi.
166
Little slide Dress - nomli kechki ko‘ylak kunduzi oddiy
ko‘ylak bo‘lib tuyulsa-da kechasi esa svetodiodlar orqali yorqin
yonib turadi yoki bo‘lmasa qo‘ng‘iroq qilinayotgan vaqtda uni
sezish uchun ko'ylakni yonib o‘chishi, ya’ni telefonli ko‘ylak u
telefonga Bluetooth orqali yoqilgan b o iib , hech bir qo‘ng‘iroqni
javobsiz qolishini ta’minlaydi. Fabrican- sprey kiyimi, ballonchik
orqali tanaga bo‘yoq emas, balki suyuq mato sepiladi va qomatga
mos kiyim turi yaratiladi. Bu g‘oya Afrikaning Ximba qabilasi
ayollarini kiyim o‘miga ustiga faqatgina oxra rangli bo‘yoqni
bo‘yab yurishidan olingan bo‘lishi mumkin.
Yuqorida keltirilgan innovatsion texnologiyalar dizayner-
laming g‘oyalarini yanada rivojlantirishga, ulardan ijodiy manbaa
sifatida qo‘llanilishiga, yangi kreativ g‘oyalar asosida insonlarning
turmush tarzini yengillashtirishga, hamda moda industriyasida
bo‘lib o'tadigan o‘zgarishlarga turtki bo‘lishiga zamin yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |